2-Amaliy mashg‘ulot. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish



Download 400,85 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi400,85 Kb.
#625276
Bog'liq
2 5388983238242865210


O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI KAFEDRASI

Yosh davrlari fiziologiyasi va gigienasi fanidan

2-Amaliy mashg‘ulot. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish.




Tuzuvchilar: PhD, Karimova I.I.,
PhD, YUsupova U.R.

2- Amaliy mashg‘ulot. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish.

Ishning maqsadi: Bosh va orqa miyaning ayrim shartsiz reflekslarini kuzatish.


Ishning ajarilishi: 1. Odam bosh va orqa miyasining quyidagi shartsiz reflekslari bilan tanishish.
Odamda propriotseptiv reflekslarni kuzatish
Tizza refleksi tizza kosasi tagidagi to‘rt boshli mushak payiga sekingina bolg‘acha bilan urilganda kuzatiladi va tizza bukilishida aks etadi. Tizza refleksining markazi orqa miya bel bo‘limining 3- va 4-segmentlarida joylashgan (18-rasm).

18-rasm. Tizza refleksi
Axill refleksii axill payiga urilganda kuzatiladi. Bunda tovon ko‘tariladi. Ushbu refleksning markazi orqamiya dumg‘aza bo‘limining 1- va 2-segmentlarida joylashgan (19-rasm).

19-rasm. Axill refleksi
Uzunchoq miya reflekslari.
YUtinish refleksi. Ushbu refleksning retseptorlari tilning ildizida – markaziy qismi esa – uzunchoq miyada joylashgan. U refleksning shartsiz ekanligini isbotlash uchun ketma-ket bir necha marta yutinish akti bajariladi. Qo‘zg‘atuvchi (so‘lak) bo‘lmasa yutinish harakatini qilib bo‘lmaydi. Til ildizi qo‘zg‘atilsa (eyilmaydigan ovqat bo‘lsa ham) yutinish akti beixtiyor amalga oshadi.
Nafas refleksi. Navbatma-navbat nafas olish va nafas chiqarishning va nafasning chuqurligini uzunchoq miya boshqaradi. Tekshiriluvchi ketma-ket va birnecha marta tez nafas olib nafas chiqaradi. SHundan so‘ng u bir muncha vaqt nafas ololmaydi (nafasni beixtiyor ushlab turilishi – apnoe ro‘y beradi).
Miyacha reflekslari
Romberg sinovi (harakatlar koordinatsiyasini baholash yoki ataksiyani sinash):

  1. Tekshiriluvchi oyoqlarini jipslab, boshini birozgina ko‘tarib, qo‘llarini yoniga tushirib turadi (odam yiqilib tushishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo‘lish talab qilinadi);

  2. Qo‘llarini oldinga cho‘zadi (avval ko‘zni ochib, so‘ngra yumib);

  • Muvozanat ushlab turganligini kuzating. Odam normada muvozanatni ushlay oladi (ataksiya sinovi – manfiy).

Murakkablashgan Romberg sinovi:

  1. Tekshiriluvchi oyoqlarini jipslab, boshini birozgina ko‘tarib, qo‘llarini oldinga cho‘zib, barmoqlarini yozadi; so‘ng ko‘zini yumadi;

2)Tana holatining barqarorligi va uni qancha ushlab tura olishini aniqlang;

  1. Tekshiriluvchi ko‘zini ochmasdan bir oyog‘ini ko‘taradi;

  2. Tana holatining barqarorligi va uni qancha ushlab tura olishini aniqlang;

  3. Agar tekshiriluvchi 15 sek davomida har bir pozada muvozanatni ushlab tura olsa va gavdasi chayqalmasa, qo‘li yoki qovoqlari titramasa juda yaxshi. CHayqalganda “qoniqarli” baho qo‘yiladi, agar 15 sek davomida muvozanatni yo‘qotsa – “qoniqarsiz”.

YUrishni tekshirish (harakatlar koordinatsiyasini baholash yoki ataksini tekshirish):
Tekshiriluvchining xonada bir chiziq bo‘ylab ochiq va yumuq ko‘z bilan yurishi so‘raladi. Oyoqlarni tovoni va uchi bir-biriga tegishi kerak. Qadam tashlashi kuzatiladi. Normada odatdagicha, ikki tomonga chayqalmasdan va oyog‘ini ochmasdan yuriladi(ataksiya - manfiy).
Dismetriyani sinash
Tekshiriluvchi stoldan qandaydir buyumni (kitob, stakan, telefon) olishi va so‘ngra uni o‘z joyiga qo‘yishi so‘raladi. Predmet avval qaerda turganligi va tekshiriluvchi uni qaerga qo‘yganligi tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, oradagi farq chizg‘ich bilan o‘lchanadi. Normada odam predmetni avvalgi joyiga ± 2 sm xatolik bilan qo‘yadi (dismetriyayo‘q).
Nutq (dizartriyani tekshirish):
Tekshiriluvchidan talaffuzi qiyin bo‘lgan so‘zlarni aytish so‘raladi. Masalan, standartlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, byurokratlarcha va b. CHo‘zib, sekin yoki uzuq-yuluq qaytarganligini kuzating.
Barmoq bilan burunni ushlash (dismetriya vatitrashni tekshirish):
Tekshiriluvchi to‘g‘ri turadi, qo‘lini elka balandligida yoniga ochadi va ko‘zi ochiq va yumuq holatda ko‘rsatkich barmog‘i bilan burunni uchiga tekkazish uchun uni asta sekin joyiga tushiradi (avval chap, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan).
Odamnormadaqo‘liniburniuchigabirtekisdabarmoqlariqaltiramasdan (± 1 smaniqlikda) (ya’nidismetriyava tremor – manfiy). O‘tacharchaganda, nevrozlarda, boshmiyajarahatlanganidavaboshqafunksionalholatlardaburunniuchitopolmaydi, ko‘rsatkichbarmoqyokiqo‘lpanjasititraydi(ya’nidismetriyavatremor – musbat).
O‘rta miya reflekslari
Konvergensiya refleksi:

  1. O‘qituvchi qo‘liga qalam olib tekshiriluvchining ko‘zidan 20 sm uzoqlikda ushlab turadi;

  2. Tekshiriluvchidan diqqatini jamlab qalamdan ko‘z uzmasligi so‘raladi;

  3. Qalamasta-sekin ko‘zga yaqinlashtiriladi va tekshiriluvchining ko‘zi kuzatilib boriladi. Konvergensiya jarayoni – ko‘z o‘qlari birlashishi kuzatiladi; agar tekshiriluvchi uzoqqa qarasa qalam ikkita bo‘lib ko‘rinadi.

Akkomodatsiya refleksi
Tekshiriluvchi uzoqdagi biror narsaga qaraydi, so‘ngra tezlik bilan ko‘zini oldidagi narsaga qaraydi, masalan daftariga.
Download 400,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish