Umum va tib psix p65


bet44/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

disforiya, depressiya
va 
eyforiya
tafovut qilinadi.
Disforiyada
odam injiq, o ‘zidan va atrofdagilardan ko‘ngli 
to‘lmaydigan, asabiylashgan bo‘ladi. Bu alomatlarga tundlik, 
adovat va jahldorlik qo‘shilishi mumkin.
Depressiya
— doimo g‘amgin, yomon kayfiyatda yurishdir. 
Bunda bemorlar boshqalarga aralashib ketolmaydi, kam gapi- 
radi, ko‘pincha ko‘ziga yosh oladi. Uning dili ma’yus, yomon 
fikrlar va xayollar bilan band bo‘ladi. Hozirgi ahvoli, o‘tgan 
kunlari va kelajagi unga qorong‘i bo‘lib tuyuladi. Dunyoga 
qora ko‘zoynakdan qaraganday qaraydi. Depressiv kayfiyat 
turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida 
kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Ularning sababi bo‘lganda 
va bu holat unchalik yaqqol bo‘lmaganda uni normal reaksiya 
deb qaralsa bo‘ladi.
Ruhiy kasalliklarda bemorda ovqatdan yuz o‘giradigan, 
o‘zini qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq davom 
etadigan og‘ir depressiyalar kuzatiladi.
Eyforiya
deganda, biz vaqtichog‘lik, beg‘amlik, biroz ko‘- 
tarinki kayfiyatni tushunamiz. Eyforiyada odam tetik, hara- 
katchan, sergap, imo-ishoralari jonli, gapirganda qo‘llari hara- 
katda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chiqaradi. Olam ular- 
ning ko‘ziga g‘oyat chiroyli rangli bo‘yoqlarda gavdalanadi. 
Inson xursand bo‘lganida, muvaffaqiyat qozonganida va 
shunga o ‘xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaksiya 
hisoblanadi. Bordi-yu, eyforiya uchun psixologik asoslar bo‘l- 
masa yoki u hatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo 
bo‘lsa, uni patologik holat deb ko‘zdan kechirish kerak.
76


Iroda deb, shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq- 
atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishiga 
aytiladi.
Iroda
— bu shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq- 
atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan 
belgilanadigan alohida turi bo‘lib, u tabiat qonunlarini egallab 
oladigan va shu tariqa uni o ‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo 
bo‘ladi.
Iroda o‘zaro bog‘liq ikki — undovchi va tormozlash (to‘x- 
tatish) vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularda o‘zini 
namoyon qiladi.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. 
Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib 
qaraydi, o‘yinda tashlangan to ‘pni qaytaradi, qo‘pol so‘zdan 
xafa bo‘ladi va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lgan paytdagi faollik 
harakatning ayni o ‘zida namoyon b o‘ladigan ichki holatiga 
nisbatan subyektning o ‘ziga xos xususiyatini kuchga kiritish 
harakatini chiqaradi (zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayot- 
gan kishi o‘rtog‘ini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yonidagi- 
lariga qo‘pollik qilishga yo‘l qo‘yadi va h.k.).
Irodaning undovchi vazifasi bilan birgalikda harakat 
qiluvchi to‘xtatish vazifasi faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini 
jilovlashda namoyon bo‘ladi. Shaxs o‘zining dunyoqarashida 
eng yuksak maqsadlariga javob bermaydigan motivlarning 
uyg‘onishini va harakatlarning bajarilishini to‘xtatishga qodirdir. 
T o‘xtatish bo‘lmasa, xulq-atvorni boshqarib bo‘lmas edi.
Odamlar o‘zlarining qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga 
yuklashga moyil bo‘lishiga qarab, sezilarli ravishda farqlanadilar. 
Kishining o ‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi 
kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib qo‘yish yoki, aksincha, 
ularni shaxsiy kuch-g‘ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini 
belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish («nazorat 
lokusi» degan atama qo‘llaniladi, lotin. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish