Umum va tib psix p65


bet41/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

Ikkinchi usul
ayrim 
shaxs darajasidagi usul bo‘lib, u stresslarni bartaraf qilish 
bo‘yicha maxsus dasturlardan foydalanib, ularni boshqara 
bilishdir. Bunday dasturlar meditatsiya, trening, mashqlar, 
parhez va ba’zan ibodat qilishni ham o‘z ichiga oladi.
71


Taxminiy hisoblarga qaraganda, hozir yer sharida 40 mln 
dan ortiq odam turli darajada rivojlangan depressiyaga mubtalo 
bo‘lgan. Xo‘sh, depressiya nima o‘zi? Depressiya — bu hozirgi 
kunga va kelajakka ishonchsizlik bilan qarash, doimo past 
kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, hech narsa qilishga intilmaslik va 
fikrlashning sustlashuvidir. Depressiya (tushkunlik) — bu siqi- 
lish, m a’yuslik va g‘amgin kayfiyatdir. Albatta, fikrlashning 
sustlashuvi og‘ir depressiv holatlar uchun xosdir. Ko‘rib turga- 
ningizdek, depressiya inson uchun xos bo‘lgan barcha ijobiy fao- 
liyatni yo‘qqa chiqaradi. Bunda bemorlar atrofdagilarga befarq 
bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha ko‘zyoshi qiladilar. 
Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga to‘lib ketadi. 
Hozirgi, o‘tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib tuyuladi. 
Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar. 
Depressiv kayfiyat hayotdan qoniqmaslik va ruhiy xastala- 
nishlar oqibati bo‘lishi mumkin. Sabablari aniq bo‘lsa-da, 
lekin unchalik ifodalanmagan bunday holatga odatdagi reaksiya 
deb qarash mumkin.
Ruhiy kasalliklarda, bemorlar juda og‘ir va uzoq vaqt davom 
etadigan tushkunlikka tushib, ovqat yeyishdan bosh tortishadi, 
o‘z joniga suiqasd qilishga urinadilar. Aynan depressiv holatlarda 
o ‘z joniga qasd qilish ko‘p uchraydi, ayniqsa, o ‘smirlar 
orasida. Ba’zan depressiyaga chalingan o ‘smirlar o ‘zlarining 
joniga qasd qilishlari uchun arzimagan sababning ham o ‘zi 
yetarlidir. Masalan, ota-onasi qimmatbaho palto olib bermaydi 
yoki diskotekaga yubormaydi, sevgan kishisi bilan uchrashgani 
qo‘ymaydi va h.k. Bular, ayniqsa, 15—17 yashar bolalarga 
yomon ta’sir qiladi. Bir o ‘spirin ruhiy iztirob tufayli o ‘zi 
yashaydigan uyning 6-qavatidan sakrab o ‘ladi. U o ‘lim oldi 
xatida «Hammangizni mening ortimdan yulduzlarga ravona 
bo‘lishga chorlayman» deb yozgan edi. Biroz vaqt o ‘tgach 15 
yoshga hali to ‘lmagan qiz dugonasi bilan birga 9-qavatning 
tomiga chiqib, yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon 
daftarlarida shunday misralar bitilgan edi. «Igor! Menga sensiz 
hayotning ne keragi bor? M en ham sening izingdan, sening 
bag‘ringga, yulduzlarga ravona bo‘laman! Meni kechiringlar». 
Nima uchun o‘z joniga suiqasd qilishadi? Buning psixologik 
mexanizmlari nimalardan iborat?
Barcha o‘z joniga suiqasdlarni uch turga bo‘lish mumkin: 
haqiqiy, yashirin va tantanavor. Haqiqiy suiqasd hech qachon
72


to‘satdan bo‘lmaydi. Unga doimo yomon kayfiyat, depressiya 
hamroh bo‘ladi. Ular tez-tez hayotning mantig‘iga murojaat 
qilib turishadi. O ‘smirlar suiqasdning bu turiga javobsiz 
sevgidan, yorining bevafoligidan murojaat qilishsa, qariyalar 
farzandlaridan keskin xafa bo‘lgan paytlarida o‘limning ushbu 
turini tanlashadi. Odam o‘zining muammolariga boshqalarning 
e’tiborini qaratmoqchi bo‘lsa, o ‘z joniga suiqasd qilishning 
yashirin turini tanlaydi. Bunday odamlar, ba’zan o‘z joniga 
qasd qilajagini eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Lekin 
bunga e’tibor berilmaydi yoki kulib javob berishadi. Suiqasd­
ning bu turi ko‘pincha iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida 
uchraydi. Tantanavor tarzda hayotdan ko‘z yumuvchilar o ‘s- 
mirlar orasida ko‘p uchraydi. Bunga misol, yuqorida keltirga- 
nimizdek, sevimli qo‘shiqchisi o‘lganidan keyin o ‘z joniga 
suiqasd qilgan qizlardir. Keltirgan misollarimizning barchasi, 
eng avvalo, hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga tegishlidir. Bu 
daraja individual ravishda xilma-xil bo‘ladi.
Ehtiros
ham uzoq davom etadigan va barqaror bo‘lgan 
emotsional holatdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, 
ehtiros muayyan harakatga, muayyan obyektiv muttasil inti- 
lishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular ijobiy ehti- 
roslarga misol bo‘lib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo‘liga 
yetaklovchi kuchdir. Ehtiros, tor m a’nodagi so‘z bilan ayt- 
ganda, shaxsning emotsional sohasini tashkil etib, ular kishi 
xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbayi, 
odamlar o ‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali munosabatlar- 
ning ifodasi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy mavqeyi jihatidan yuksak va past ehtiroslar farq 
qilinadi. Ilm-fanga, san’atga beriluvchanlik yuksak ehtirosga 
misol bo‘lib xizmat qiladi. Past ehtiroslarga ichkilikka va 
giyohvandlikka, qimor o‘yinlariga ruju qo‘yishni misol qilish 
mumkin. Patologik ehtiroslar psixopatik shaxslarda osongina 
paydo bo‘ladi. Biron narsaga berilish odam hislari orasida katta 
o ‘rin tutadi. Ularni shunday deyishga sabab ular muayyan 
bir obyekt, narsaga qaratilgan bo‘lib, unga bevosita aloqadordir. 
Masalan, biz kimdandir xafa bo‘lamiz, kimgadir hasadgo‘ylik 
qilamiz. Narsa va hodisalarga nisbatan bo‘lgan hislar turli xil 
hissiy o‘zgarishlarga mansubdir va ular orasida nozik farqlar
73


bo‘ladi. Achinish, afsuslanish, hamdardlik hislari bunga misol 
bo‘la oladi. Bu hislarning qay darajada rivojlangan bo‘lishi, 
obyektning sifatlari va xossalariga, his etayotgan odam shaxsiya- 
ti xususiyatlariga (fazilatlari) va ijtimoiy kelib chiqishiga, 
dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Ruhlanish muayyan maqsadga, faoliyatga katta kuch va 
istak bilan intilishdan iboratdir. Ruhlanish ba’zan qisqa mud- 
dat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy 
emotsional holat bo‘lib, jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun 
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan hollarida ham, faoliyat natijalari 
g‘oyat maroqli bo‘lgan hollarda ham, odamlarda ruhlanish 
paydo bo‘ladi.
Frustratsiya doimiy stress oqibatida maqsadning yo‘q bo‘lib 
qolishi, rejaning izdan chiqish holatidir. Yuqorida qayd etilgan 
his-tuyg‘ulardan tashqari quvonch, g‘azab, g‘am-g‘ussa, vahima 
va shuningdek, organizmda kuchli vegetativ o‘zgarishlar bilan 
kechadigan ochlik, chanqash, og‘riq va jinsiy hissiyotlar 
mavjud. Ular ayni paytda organizmdagi biologik jarayonlar 
bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish