Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Matn.  Eng yirik nutq birligi matndir



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

Matn. 
Eng yirik nutq birligi matndir.
 
Matnning nutq birligi ekanligi 
masalasi bevosita nutqiy faoliyat mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
Gap matnning qurilish materiali tarzida talqin etilganda masala 
mohiyatini nisbiy tushunish kerak, chunki, bu o‘rinda mustaqil so‘z va 
so‘z birikmasining matn tarzida maxsus qo‘llanishi e’tiborga olinmaydi. 
Ayni paytda bog‘lanishli nutq materiali nazarda tutilmoqda.
Kommunikativ birlik deganda, muloqot birligini tushunamiz
muloqot esa, o‘z navbatida, nutqda shakllanadi.
Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini 
semantik va 
pragmatik komponent
tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi. Bunda u 
semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi 
ma’no ba’zasi hamda uning voqelanishini ta’minlovchi vositalarni 
taqozo etishini ta’kidlaydi. Olim semantik komponent jumlasiga 
so‘zlovchini, ya’ni inson omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent 
deganda esa, ma’no ifodasi sistemasida ahamiyat kasb etuvchi 
munosabatlarni tushunadi. Masalan, 
men, sen, u, biz, siz, ular 
kabi 
kishilik olmoshlarini pragmatik unsurlar jumlasiga kiritish mumkin. 
Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari esa, kishilik olmoshlaridan farqli 
ravishda, semantik, yoxud matn komponentlari sirasiga kiradi. Chunki 
ular aktantlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Kishilik olmoshlari 
esa aktant vazifasida keladi.
Matn tarkibida mavjud bo‘lgan morfologik vositalarning ham birini 
matn komponenti deb, ikkinchisini semantik komponent deb ajratib 
o‘rganish uchun ham, bizningcha, ehtiyoj sezilmaydi. Zotan, ularning 
barchasi matn komponentlaridir. Matn komponentlarining semantik yoki 
sintaktik jihatlari haqida so‘z yuritilganda, ularning har birini yo 
semantik, yoxud sintaktik rejaga ko‘ra o‘rganish o‘z-o‘zidan talab 
qilinishi shubhasizdir [N.Turniyozov, 2012: 65].
M.V.Lyapon ham matn lingvistikasi muammolarini murakkab 
sintaktik qurilmalar asosida talqin etadi. U matn tavsifi quyidagi to‘rt 
konsepsiyaga asoslanishi mumkinligini ko‘rsatadi: 
1.Matn – bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi 
xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini o‘rganishda birdan-bir 
manbadir. 


65 
2.Matn – bu so‘zlovchining nutqiy qobiliyatini ro‘yobga 
chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real 
qo‘llanilishini ta’minlovchi makon vazifasini ham bajaradi.
3.Matn – bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyati mahsulidir.
4.Matn – bu til sistemasining kommunikativ jarayonda muhim 
funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish