25-§.
Tilning fonetik tuzilishi, morfologik qurilishi, so‘z yasalishi
va lug‘at tarkibi.
Til strukturasi (qurilishi)ga ko‘ra, tilshunoslik, asosan,
fonetika-fonologiya, leksikologiya va morfologiya, sintaksis deb
nomlanuvchi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi. Uning ichki sistemasi va
taraqqiyoti bilan bog‘liq barcha muammolar ana shular bilan uzviy
tutashadi. Fonetika tilshunoslik fanining mustaqil bo‘limlaridan biri bo‘lib,
unda nutq tovushlari o‘rganiladi. Nutq tovushlari tilimizning xomashyosi,
uning moddiy boyligi hisoblanadi, zotan, inson tili tovushlar orqali
mavjuddir. Tilning barcha birliklari oddiy fonema (bir-biridan farqlanuvchi
tovush)lardan boshlab matngacha ana shu tovushlar yordamida o‘z
ifodasini topadi.
73
Fonetikaning asosiy predmetini tovushlarning akustik va artikulyasion
xarakteristikasi tashkil etadi. Artikulyasiya deganda nutq a’zolarining
tovush hosil qilish vaqtidagi harakati va holatini tushunamiz. Tovush hosil
qilishda hamma nutq organlari bir xil qatnashmaydi. Ba’zi organlar faol
qatnashsa, ba’zilari passiv ishtirok etadi. Shu sabab ham undoshlarni ikki
xil artikulyasiya o‘rniga ko‘ra va artikulyasiya usuliga ko‘ra tasnif qilamiz.
Hosil bo‘lish o‘rnidan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishi
artikulyasiya usuli deb ataladi.
Ammo nutq tovushlari sof lingvistik jihatdan ham o‘rganiladi. Bunda
tovushlarning fuksional jihatlari fonologiyaning predmetini tashkil etadi.
Fonologiya - fonetik ma’lumotlarga asoslanuvchi va fonetikaning eng
yuqori pog‘onasini tashkil etuvchi, fonemalarning fuksional qimmatini
o‘rganuvchi sohadir.
Fonema tildagi o‘zidan yuqori bo‘lgan birliklarni, ya’ni morfemalar,
so‘z, so‘z formalarini va morfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlashga
xizmat qiluvchi tilning eng kichik birligidir. Demak, fonetikani inson
nutqining material tomonini, ya’ni artikulatsiyasi va akustikasi haqidagi fan
deb, fonologiyani esa tildagi tovushlarning ma’nosini farqlashga xizmat
qiluvchi, ularning fuksional jihatlarini o‘rganuvchi fan deb atash mumkin.
Fonetika tovushlarni akustik va artikulyasion jihatdan o‘rganadi.
Tovushlarning funksional tomonini fonologiya o‘rganadi. Fonema tilda eng
katta vazifa bajaruvchi eng kichik birlikdir. Chunki fonemadan kichik birlik
mavjud emas. Boshqa birliklar kabi u mayda birliklarga bo‘linmaydi. Eng
katta vazifa bajarishiga sabab barcha birliklar tarkibida fonema mavjud
bo‘ladi.
O‘pkadan kelayotgan havo oqimi turli xil to‘siqqa uchrab, tovush hosil
qiladi va buni biz eshitamiz. Har bir tovushning tembri bo‘lib, akustika ana
shu narsa bilan bog‘liqdir. Tovushni talaffuz qilganimizda tembrining
balandligi, kuchi, qisqa yoki cho‘ziqligi bir-biridan farq qiladi. Bu narsa
tebranishning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa,
tovush tembri shuncha baland bo‘ladi. Tebranish shiddati nutq tovushining
kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Tebranish darajasi qanchalik katta bo‘lsa, shiddatli
bo‘lsa, tovush ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Tovushning kuchi havoning
nutq a’zolarimizga qanday zarb bilan urilishiga qarab har xil bo‘ladi. Shu
asosda undosh tovushlarni tasnif qilamiz.
74
Nutq tovushlari nutq apparati ishtirokida hosil qilinadi. Nutq
apparatiga, o‘z navbatida, quyidagilar kiradi:
a) bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi organlari o‘pkadan
kelayotgan havo oqimini bo‘g‘iz, og‘iz, burun bo‘shliqlariga etkazib berish
vazifasini o‘taydi;
b) bo‘g‘izdagi halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar va
un paychalari organlari, bu apparatlar bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan.
Ovoz bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘ladi;
v) til, kichik til, tanglay, lablar va tishlar og‘izda joylashgani sababli,
og‘iz bo‘shlig‘i apparatlari deyiladi. O‘pkadan kelayotgan havo oqimi turli
xil to‘siqlarga uchrashi natijasida portlashi yoki sirg‘alishi sodir bo‘lib
portlaydi yoki sirg‘aladi va shovqin hosil qilinadi. Shovqin og‘iz
bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi;
g) burun bo‘shlig‘i apparati. m, n, ng tovushlarini hosil qilishda
o‘pkadan kelayotgan havo oqimining ma’lum bir qismi burun bo‘shlig‘i
devorchalariga urilib, qo‘shimcha jilo, ton hosil qiladi.
Nutq a’zolarining tovush hosil qilishda o‘rinlari turlicha bo‘lib, til,
kichik til, lablar, yumshoq tanglay va un paychalari aktiv a’zolar
hisoblanadi. Tishlar, qattiq tanglay va burun bo‘shlig‘i passiv a’zolar
sanaladi.
Undosh tovushlar tasnifi. Undosh tovushlarni uch tomondan tasnif
qilish orqali o‘rganamiz. 1. Artikulyasiya (hosil bo‘lish) o‘rniga ko‘ra. 2.
Artikulyasiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra. 3. Ovoz va shovqinning
ishtirokiga ko‘ra.
1. Artikulyasiya o‘rniga ko‘ra har bir tovushning qaysi nutq organida
paydo bo‘lishi o‘rganiladi. Bunda ham o‘z navbatida undoshlarni uch
guruhga bo‘lib o‘rganamiz. a) lab undoshlari; b) til undoshlari; v) bo‘g‘iz
undoshi.
Bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar lab undoshlaridir.
Bularga:
b,p,m,v,f
tovushlari kiradi. Bular ham o‘z navbatida yana ikkiga
bo‘linadi: a)
b,p,m
undoshlari lab-lab; b)
v,f
undoshlari pastki lab va yuqori
tishlar orasida hosil bo‘ladi. Shu tufayli ham
v,f
tovushlari esa lib-tish
undoshlari hisoblanadi.
Bevosita til ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar til undoshlaridir. Til
undoshlari ham o‘z navbatida quyidagi uch guruhga bo‘linadi. a) til oldi
75
undoshlari:
d,j, dj, z, y, k, l, n, ng, r, s, t, x, s, ch, sh, q, g‘.
b) til o‘rta
undoshi: y. Bu tovush tilning o‘rta qismida hosil bo‘luvchi birgina
undoshdir. v) til orqa undoshlari til va tanglayning orqa qismida hosil
bo‘luvchi undoshlardir. Ularga:
k, g, ng, q, g‘, x
tovushlari kiradi. Bular
ham o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: k, g,ng sayoz til orqa,
q, g‘, x
chuqur til orqa undoshlaridir.
Bo‘g‘izdagi un paychalari hosil qilgan oraliqdan o‘tishi orqali paydo
bo‘luvchi birgina h undosh tovushi bo‘g‘iz undoshi deyiladi.
2.Artikulyasiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra tasnifda nutq organlari
hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishi nazarga
olinadi. Bu tasnifga ko‘ra undosh tovushlar uch guruhga bo‘linadi. a)
portlovchi undoshlar:
b, g, d, dj, k, p, t, s, ch, q
. Bu undoshlarni talaffuz
qilganimizda nutq organlari hosil qilgan to‘siqdan chiqishda portlaydi. Shu
sabab ham portlovchi undosh tovushlar deyiladi. b) sirg‘aluvchi undoshlar:
v, j, z, y, s, f, x, sh, g‘, h.
Bu tovushlarni talaffuz qilganimizda nutq organlari
hosil qilgan to‘siqlardan sirg‘alib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. v)
portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar:
m, n, ng, l, r.
Bu tovushlarni hosil
qilishda bir paytning o‘zida ham portlash ham sirg‘alish sodir etiladi. Shu
sabab ham bu tovushlarni portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar deb
nomlaymiz. Bulardan
l
undoshi tilning ikki yonida ochilib qolgan oraliqdan
sirg‘ilib o‘tganligi uchun yon tovushi ham deyiladi.
r
undoshini hosil
qilishda ham portlash ham sirg‘alishdan tashqari til titraganligi sababli
titroq undoshi ham deyiladi. m, n, ng undoshlari talaffuzida ham portlash
ham sirg‘alishdan tashqari havo oqimining bir qismi burundan chiqqanligi
tufayli burun tovushlari deyiladi.
3.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar yana ikki
turga bo‘linadi: a) sonorlar:
m, n, ng, l, r.
Bu tovushlar tarkibida ovozning
miqdori shovqinga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu tovushlarni ovozdor
undoshlar ham deyish mumkin. b) shovqinlilar:
b, v, g, d, j, dj, z, y, k, p, s, t,
f, x, s, sh, q, g‘, h.
Bu tovushlar tarkibida shovqin ko‘proq bo‘ladi, ba’zilari
tarkibida esa ovoz mutloqa qatnashmaydi. Shu sabab ham shovqinlilar
deyiladi. Shovqinlilar ham o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: a) jarangli
undoshlar:
b, v, g, d, j, dj, z, y, g‘.
Bu undoshlar tarkibida oz bo‘lsada ovoz
qatnashadi. Ovoz va shovqindan hosil bo‘ladi. b) jarangsiz undoshlar:
k, p,
76
s, t, f, x, s, sh, q, h.
Bu undoshlar tarkibida ovoz mutloqa qatnashmaydi.
To‘liq shovqindan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |