Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

23-§.
 
Til strukturasi elementlari – til sathlari.
Shunga e’tibor berish 
kerakki, til belgilari o‘ziga xos semiologik sistemani (ishoralar sistemasini) 
tashkil etadi. Ammo bu ishoralar yoki belgilar boshqa shunga o‘xshash 
belgilardan farq qiladi. Masalan, yo‘l qoidalari belgilari. Albatta, bu 
belgilar ham o‘ziga xos tildir. Biroq ularni mashina haydovchilar ko‘proq 
tushunadilar va bu belgilar shu doirada faol xizmat qiladi. Demak, bunday 
belgilarni ijtimoiy hodisa deb bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, ular ruhiy 
holat bilan bog‘lana olmaydi. 
Semiotika lingvistikaga ham judayam yaqin bo‘lib, eng to‘la va aniq 
aloqa tizimi bo‘lgan – odamzod tilini o‘rganadi [I.Yo‘ldoshev, 
O‘.Sharipova, 2007: 185]. 
Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 
yetkazmasdan gapiruvchining unga munosabatini, uning xohish - istagi va 
bahosi, ruhiy holatini ham aks ettiradi. Tildan boshqa barcha signal 
sistemalari o‘zgaruvchan xarakterga ega. Masalan, yo‘l qoidalarini 
bildiruvchi biror belgini yaxshirog‘i bilan almashtirish mumkin. Lekin tilda 
bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Til unsurlari ma’lum bir shaxsning xohishiga ko‘ra 
o‘zgarib ketavermaydi. Til o‘zining ichki qonunlariga ko‘ra jamiyat 
ta’sirida rivojlanadi va o‘zgaradi. Ma’lum kishilar kelishib tilda o‘zgarish 
qilsa ham til sistemasi qabul qilmaydi. Bu belgilar o‘sha kishilar uchun 
tushunarli bo‘ladi, xolos. Biror bir belgi til sistemasiga kirdimi, uni chiqarib 
tashlay olmaysiz.
Til amalda qo‘llanilganda, uning sistemasi tarkibidagi belgilar nutqqa 
ko‘chiriladi va nisbatan kichikroq belgining har biri o‘zidan katta belgi 
tarkibida faollik oladi. Bundan tashqari, ma’lum bir belgi ikkinchisining 
o‘rnida qo‘llanilishi ham mumkin. Masalan :


70 
mofema 
u =morfema, u=so‘z, u=gap. U so‘z 
gap 
Belgi strukturasi haqida ikkita qarama-qarshi fikr bor. Birinchi fikr 
tarafdorlari belgini ham ifoda planiga, ham material va mazmun planiga 
ega, deydilar. Bu nuqtai nazarga qarama-qarshi turgan ko‘p sonli olimlar 
belgi bir tomonlama hodisa, u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt 
mazmun bilan alohida, deb hisoblaydilar. Birinchi nuqtai nazar 
tarafdorlari uchun ma’no bu belgi munosabatining predmet yoki 
tushuncha turlarida ifodalanishidir, bilim fakti haqiqatni real aks 
ettirishdir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyat bo‘lmas ekan, til ham 
bo‘lmaydi. Jamiyat undan kundalik muomala ehtiyojlarida foydalanmas 
ekan, u rivojlanishdan to‘xtaydi. Demak, til va jamiyat bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqdir. Boshqa signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchidir. Ular tilda 
qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi, uni to‘ldiradi. 
Ma’noga bunday yondashuv ishorada aks etilmasligi mumkin emas. 
Chunki, 1) tovush qatori faqat predmetni ko‘rsatmaydi; 2) belgi shartli, 
ixtiyoriy, mazmun esa shartli emas, u haqiqatni aks ettirishda aniqlanadi; 
3) ma’no bilim fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt undan 
tashqaridadir. 
Belgilar sistemasini o‘rganish, uni sistemalashtirish bilan bog‘liq 
ko‘plab muammolarning paydo bo‘lishi tilshunoslikka yaqin bo‘lgan 
maxsus semiotika fanini yuzaga keltirdi. Bu fan miloddan avvalgi 
davrga borib taqaladi. Antik davr olimi Demokritning so‘z va predmet 
haqidagi munozaralari fikrimizning dalilidir.
Semiotikaning beshta yo‘nalishi bor: 
1.Mavjud tabiiy va biologik belgilarni o‘rganuvchi biosemiotik 
yo‘nalish. 
2.Insonning madaniyati darajasi, urf-odati va holatini tasvirlovchi 
etnosemantik yo‘nalish. 
3.Tabiiy tillarni, ularning stilistik va bir-biridan ajralmaydigan 
belgilar sistemasini o‘rganadigan lingvosemiotik yo‘nalish. 
4.Belgilangan material bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘ziga xos 
umumiy xususiyatlarni belgilovchi abstrakt semiotik yo‘nalish. 


71 
5.Mazkur yo‘nalishlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan 
masalalarni o‘rganuvchi umumiy semiotik yo‘nalish. 
Bilim – sub’ektning tevarak-atrofdagi olamni idrok ettirishga 
qaratilgan faoliyatdir. Bilim buyumlarni, voqealarni, harakatlarni va shu 
kabilarni ko‘rsatuvchi belgilar sistemasi shaklida yuzaga chiqadi. Belgi 
bilan ma’no ajralmasdir: ma’nosiz belgi, belgisiz ma’no bo‘lishi 
mumkin emas. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish