Dissimilyasiya hodisasi.
Dissimilyasiya ikkita o‘xshash tovushning
noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir. Dissimilyasiya hodisasi
ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv dissimlyasiya: zarur – zaril, birorta -
bironta. b) regressiv dissimliyasiya: koridor- kolidor, ittifoq – intifoq kabi.
Assimilyasiya hodisasi.
Assimilyasiya qator kelgan tovushlar bir-
biriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib ketishidir. Bu hodisa ikki xil
bo‘ladi. a) oldingi tovushning keyingi tovushgi o‘ziga moslashtirishi
progressiv assimlyasiya deyiladi: aytdi –aytti, yurakga – yurakka. b)
keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv
assimlyasiya deyiladi: tuz+siz –tussiz, bir+ta – bitta kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |