Metateza hodisasi.
Metateza undosh tovushlarning talaffuzga qulay
bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir – yomg‘ir, tuproq – turpoq,
aylanmoq – aynalmoq kabi.
Tovush orttirilishi hodisasi.
Tovush orttirilishi hodisasi so‘zning
barcha o‘rinlarida, ya’ni boshida, o‘rtasida, oxirida kuzatiladi: stadion –
istadion, spravka – ispravka, fikr – fikir, tank – tanka kabi.
Tovush moslashuvi hodisasi.
Bu hodisa bo‘yicha so‘zlarni talaffuz
qilish paytida ikki jarangsiz tovushdan biri ikkinchisini o‘ziga qisman
o‘xshatib oladi: to‘qson – to‘xson, taqsim – taxsim, maqsad – maxsad
kabi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |