Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

Gaplologiya hodisasi. 
Gaplologiya hodisasi ko‘ra so‘z tarkibidagi 
ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi nazarda tutiladi: qayin og‘a – 
qaynog‘a, qayin ona – qaynona kabi. 
Diareza hodisasi. 
Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida biror 
tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi. Bu hodisa faqat talaffuz 
shakliga xos. Yozma shaklida asliga muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan: 
Samarqand – Samarqan, go‘sht –go‘sh, past – pas kabi. 
Epenteza hodisasi. 
Epenteza hodisasida so‘z o‘zagiga qo‘shimcha 
qo‘shilganda yangi tovush qo‘shilishi kuzatiladi. Masalan: bu + ga – bunga, 
u+da – unda, shu+ dan – shundan kabi . 
Tilning morfologik qurilishi. 
O‘zak va negiz. Sintaktik munosabat 
orqali nutqda qo‘shimchalar asosida so‘zlarni shakllantiramiz. Shunday 
ekan o‘z-o‘zidan ularni tahlil qilishda qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. 
Masalan: gul-chi, o‘qi-t-uvchi-lik, ish-chi-lar-i-miz. Bu erda sanalgan 
misollardagi qismlardan faqat uchtasigina ya’ni gul, o‘qi, ish mustaqil 
holda leksik ma’no ifodalaydi. Qolganlari mana shu uchta so‘zni 
shakllantirishga hissa qo‘shadi, xolos. Ammo, o‘zicha leksik ma’no 
anglatmaydi. So‘zning o‘zicha leksik ma’no ifodalab boshqa lug‘aviy 
qismlarga ajratilmaydigan shakli o‘zak deyiladi. Masalan: gul, suv, ish, 
o‘qi kabi.
O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi natijasida 
negiz hosil qilinadi. Demak, negiz faqat yasama so‘zlardagina mavjud 
bo‘ladi. Barcha so‘zlarda negiz bo‘lavermaydi, ba’zan bir so‘zda birdan 
ortiq yasovchi qo‘shimcha bo‘lsa, birdan ortiq negiz bo‘laveradi. 
Masalan: temir+chi+lik, chorva+chi+lik kabi. Negizga ham o‘z 
navbatida shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. 
Masalan: gul+chi+ga, kitob+xon+lar va hakozo. Bundan ko‘rinadiki, 
negiz turli xil tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Bu tarkibiy qismlar ma’no 
bildiruvchi o‘zak va leksik ma’no anglatmovchi qo‘shimchalardan iborat 
bo‘ladi. Morf va morfemalar ham bir – birdan farqlanadi. Bularni 
bo‘g‘inlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan: suv+chi so‘zi ikki 
bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu so‘zning bo‘g‘inga va morfemalarga 
bo‘linishi mos keladi. Ammo, u+kam so‘zi ikki bo‘g‘inga shu tarzda 
bo‘linadi. Morfemaga esa u+kam tarzida emas uka+m tarzida ajratiladi.


78 
Ba’zan bir morfemani 2 ta 3 ta morf bilan ifodalash mumkin. Bunda 
bu morflarni allamorf deb ataymiz. Bir qo‘shimchaning turli xil yozilishi 
allamorfdir. Masalan: kelguncha, chiqquncha so‘zlaridagi –guncha, -
quncha yoki uyga, boqqa so‘zlaridagi -ga va –qa lar allamorflardir. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish