Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Orius niger, O. minutus
turlari uchraydi, lekin 
ularning biologiyasi hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan.
Kolorado qo‘ng‘izi, Amerika oq kapalagi qurtining kushandasi sifatida 
podizus 
hamda perillyus qandalalarining ahamiyati katta. O‘zining rivojlanish davrida 
perillyusning
bitta lichinkasi kolorado qo‘ng‘izining 240-250 ta tuxumini quritadi. 
Beshiktervatarlar turkumi vakillari o‘simlik bitlari, to‘g‘ri qanotlilar, 
pashshalar, kapalaklar qurtlarini qirib foyda keltiradi. 
Quloqkovlagichlar turkumi vakillaridan-oddiy quloqqazg‘ich 
(Forficula 
auricularia)
va qirg‘oq (sohil bo‘yi) quloqqazg‘ichi 
(Labidura riparia)
bog‘ va 
g‘o‘za zararkunandalarining faol yirtqichlari hisoblanib foyda keltiradi.
Qo‘ng‘izlar turkumiga kiruvchi hasharotlar orasida ko‘pchilik turlari mevali 
daraxtlarga, g‘alla, poliz va sabzavot ekinlariga zarar keltirishi bilan bir qatorda 
foydali turlari ham ma’lum. Ko‘pchilik yirtqich qo‘ng‘izlar zararkunanda hasharotlar 


277 
va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Bular qatoriga vizildoqlar 
(Carabidae)
oilasiga mansub bo‘lgan qo‘ng‘izlar va ularning lichinkalari, ayrim tur badbo‘y suluv 
qo‘ng‘izlar 
(Colosoma),
malhamchi qo‘ng‘izlar 
(Meloidae) 
lichinkalari va boshqa 
turlari kiradi. Bu qo‘ng‘izlar zararkunanda hasharotlarni va ularning lichinkalarini 
qirib insonga katta foyda keltiradi. 
95-rasm. Yirtqich hasharotlar:
1-jildirama, ya’ni sirfid pashshasi imagosi, 2-o‘simlik biti bilan 
oziqlanayotgan sirfid pashshasi lichinkasi, 3-tuxumi, 4-g‘umbagi, 5-oltinko‘zning imagosi, 6-
tuxumlari,7-tuxumlaridan chiqayotgan lichinkalari, 8-o‘simlik bitlarini quritayotgan oltinko‘z 
lichinkasi, 9-g‘umbagi, 10-may qo‘ng‘iziga hujum qilayotgan voyaga yetgan vizildoqqo‘ng‘iz, 11-
o‘rmon vizildoq qo‘ng‘izi, 12-qora vizildoq qo‘ng‘iz, 13-kapalakg‘umbagini quritayotgan hidli 
suluv qo‘ng‘iz, 14-tengsiz ipak qurtini quritayotgan vizildoq qo‘ng‘iz lichinkasi, 15-kapalak qurtiga 
hujum qilayotgan bog‘ vizildoq qo‘ng‘izi.
To‘rqanotlilar turkumidan, ayniqsa oltinko‘zlar va gemerobidlar oilalarining 
vakillari madaniy landshaftlarda (bog‘ va o‘rmonlarda) uchrab, katta amaliy ahamiyatga 


278 
ega. Masalan, yetti nuqtali oltinko‘z lichinkasi to‘liq rivojlanish (7-10 kun) davrida 
o‘simlik bitlarining 350 tagacha voyaga yetgan va 650 tagacha lichinkalarini 
yo‘qotadi. Оddiy оltinko‘z lichinkаsi hаm judа хo‘rа, ya’ni bir sutkаdа 50-60 tаdаn 
оrtiq o‘simlik bitlаrini, 200 tаgаchа o‘rgimchаkkаnа lichinkаlаri vа vоyagа 
yеtgаnlаrini hаmdа 800 tаgаchа tuхumlаrini yеb quritаdi.
Оltinko‘z lichinkаlаri o‘simlik bitlаri vа o‘rgimchаkkаnаlаrdаn tаshqаri yanа 
70 gа yaqin tur bo‘g‘imоyoqlilаr vаkillаri bilаn оziqlаnаdi. 
Parda qanotlilar turkumiga kiruvchi qazuvchi arilar 
(Sphecidae),
taxlama qanotli arilar 
(Vespidae)
va skoliya arilari 
(Scoliidae)
oilalari vakillari zararkunanda hasharotlardan tunlam 
kapalaklari qurtlarini, pashsha, so‘na, bargxo‘r qo‘ng‘izlar lichinkalari va g‘umbaklarini, shoxli 
va plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlar lichinkalarini qirib foyda keltiradi.
Yaydoqchilardan afidiylar 
(Aphididae)
oilasining vakillari ham o‘simlik 
bitlarining asosiy kushandalaridan hisoblanadi. Afidiyusning 
(Aphidius testaceips)
urg‘ochisi tuxumlarini o‘simlik bitlari ichiga qo‘yadi. O‘simlik bitlari ichida 
yaydoqchi tuxumlari ichidan lichinkalar chiqib, zararkunandani ichki organlarini yeb, 
shira bitlarining qobig‘i ichida g‘umbakka aylanadi. 
Ikki qanotlilar turkumi ichida ham zararli turlari bilan bir qatorda zararkunanda 
hasharotlarga qarshi kurashda foydali vakillari ham uchraydi. Bunday foydali ikki 
qanotlilarga qitr pashshalari, taxin pashshalari, vizildoq pahshalar va sipfid 
pashshalar oilalari kiradi. Ular zararli pashshalar, qandalalar, qo‘ng‘izlar, chigirtkalar, 
chirildoqlar, kapalaklar qurtlari, o‘simlik bitlari va boshqa zararkunandalarni qirib 
foyda keltiradi. 
Entomofaglardan zararli hasharotlarga qarshi kurashish uchun qator usullardan 
foydalaniladi. Masalan, introduktsiya va akklimatizatsiya; areal ichra tarqatish; 
ilgaridan ko‘paytirib tabiiy sharoitga qo‘yib yuborish (faslga moslashtirib 
kolonizatsiya barpo etish); entomofaglarning tabiiy sharoitda ko‘proq bo‘lishi uchun 
qulaylik tug‘dirish va hokazolar shular jumlasidandir. 
Introduktsiya va akklimatizatsiyalashda zararkunandalarning ko‘payib ketishi 
oldini oluvchi tabiiy dushmanlar chetdan keltirilib yangi muhitga moslashtiriladi. 
Zararkunandalar yangi hududlarda kushandalari bo‘lmagandagina ko‘payib ketadi. 
Shu sababli zararkunandaning vatanidagi effektiv entomofagini uning yangi tarqalgan 
arealiga 
keltirib 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Introduktsiya 
va 
akklimatizatsiyalashda aniq bir tur zararkunandaga yaqindan moslashgan 
entomofaglardan foydalanish ko‘zda tutilgan taqdirdagina yaxshi natija beradi.
Introduktsiya va akklimatizatsiyalash MDH da katta o‘rinda turadi, chunki 
chetdan tarqalgan o‘simlik zararkunandalari anchagina bor. Biologik kurash 
metodining 
bu 
yo‘nalishi 
ayniqsa 
karantin 
ahamiyatiga 
ega 
bo‘lgan 
zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi. Masalan, qonli o‘simlik shira bitiga qarshi 
parazit 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish