Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   348
Bog'liq
entomologiya

afelinus,
komstok qurtiga qarshi parazit 
psevdofikus
, Avstraliya 


279 
tarnovchasimon qurtiga qarshi yirtqich 
rodoliya
xonqizi qo‘ng‘izidan foydalaniladi. 
Bular 
zararkunandalar 
tarqalgan 
arealda 
yaxshi 
natija 
bermoqda. 
Interoduktsiyalangan entomofaglar mahalliy zararkunandalarga qarshi muvaffaqiyatli 
qo‘llanilmoqda. Bizda introduktsinlangan, lekin akklimatizatsiya etilmagan 
entomofaglar uchraydi, ulardan mavsum bo‘yicha koloniyalash yo‘li orqali 
foydalaniladi, g‘uborli chervitsga qarshi 
kriptolemus, 
o‘rgimchakkanalarga qarshi 
fitoseylyusni 
qo‘llash shular jumlasidandir. 
Areal ichra tarqatish usuli moslashgan parazit va yirtqich kushandalarning 
(oligofaglarning) o‘ljasini (zararkunandani) yangitdan ko‘paygan hududlariga 
keltirib, yangi hudud bo‘yicha ular to‘plamini (zichligini) barpo qilishdan iboratdir. 
Olma daraxti kuyasi paraziti 
agneaspis
Qozog‘istonning tog‘lik mintaqalaridan 
O‘zbekistonning tog‘oldi mintaqalariga keltirilib foydalanilayotgani yoki MDH ning 
Yevropa qismi (Belorussiya, Ukraina) o‘rmonlari parazit tuxumxo‘rlarni zararli 
kapalak qurtlariga qo‘llanilayotganligi buning yaqqol isboti bo‘la oladi. 
Mavsum kolonizatsiya entomofaglarni ilgaridan ko‘paytirish, so‘ngra ular 
hisobiga tabiiy sharoitni boyitish usuli o‘simliklardagi entomofaglarning ko‘proq 
bo‘lishiga qaratilgan. 
Agrobiotsenozlarda qo‘shimcha xo‘jayinlarning yetarli bo‘lishi o‘z navbatida 
yana boshqa ko‘pgina shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Shuning uchun ilgaridan 
tayyorlab qo‘yilgan entomofaglardan zararkunandalarning ular uchun o‘lja 
bo‘ladigan davri paydo bo‘lishini hisobga olib turib foydalanish lozim bo‘ladi. Bunda 
entomofag chiqarilib yuborilgandan keyin ular tabiatda mustaqil hayot kechirishlari 
ham ko‘zda tutiladi. 
Ko‘pgina zararkunanda tangacha qanotlilar qurtlariga qarshi parda 
qanotlilardan-parazit tuxumxo‘r trixogramma, yirtqichlardan yuqorida eslatilgan 
kriptolemus
va 
kana
fitoseylyusi, 
Qora dengiz subtropik hududlarida qalqondorlarga 
qarshi 
landorus 
qo‘ng‘izi ko‘paytirilib tarqatib turiladi. 
Kolonizatsiya usuli zararli xasvaga qarshi kurashda qo‘llanib ko‘rilgan. 
Telenomuslarni ko‘plab ko‘paytirish va qo‘llash qanoatlanarli natija bersa ham 
foydalanish metodikasi anchagina murakkab va qiyindir. 
Keyingi yillarda zararkunanda hasharotlarning erkagini urg‘ochisining jinsiy 
gormonlari-
feromonlari 
yordamida jalb qilish yo‘li bilan yo‘qotish ishlari ayniqsa keng 
ko‘lamda olib borilmoqda. Feromonlar tunlam kapalaklari (masalan, g‘o‘za, olma 
tunlamlari)ga qarshi kurashda ayniqsa samaralidir. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga 
qarshi kurashning mikrobiologik va genetik usullari ham qo‘llaniladi.
Zararkunanda tunlamlarga qarshi kurashda sun’iy sintеz qilingan hidli 
moddalar-
fеromonlar 
ayniqsa yaxshi samara bеrmoqda. Fеromon urg‘ochi hasharot 
hid bеzi moddasi bo‘lib, erkak hasharotni uzoqdan jalb qilish xususiyatiga ega 
(yunoncha 
fеroh- 
uzoqdan, 
mons
- jalb qilish). Bu usul erkak hasharotni qirib tashlab, 


280 
urg‘ochi hasharotlarni pushtsiz qoldirishdan iborat. Hozir fеromonli tuzoqlar g‘o‘za 
tunlami, karadrina, olma qurti, tеngsiz ipak qurtiga qarshi foydalanilmoqda. Har 
qaysi fеromonlar faqat bir tur hasharotni jalb qiladi, boshqasi uchun zararsiz 
hisoblanadi.
Patogen mikroorganizmlardan-zamburg‘ va virusli kasallik qo‘zg‘atuvchilari ham 
zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda samarali qo‘lanilmoqda.
Hasharotlarning 
tabiiy 
kushandalari 
va 
kasalliklariga 
patogen 
mikroorganizmlar va parazit chuvalchanglar ham kiradi. Bular zararkunanda 
hasharotlarning ko‘payishi va tarqalishini chegaralashda muhim rol uynaydi, shuning 
uchun insonga katta foyda keltiradi va
 
ularning bazilari zararkunanda hasharotlarga 
qarshi biologik ko‘rash choralarida qo‘llaniladi. Lekin bu organizmlar foydali 
hasharotlarni (asalarilar, tut ipak qurtlarini ) yeb yoki kasallantirib, insonga sezilarli 
darajada zarar ham yetakazadi. 
Patogen mikroorganizmlarga zamburug‘larning 530 turi, bakteriyalarning 100 
dan ortiq turi, viruslarning 400 dan ortiq turi va bir hujayrali hayvonlarning 1200 turi 
kirib, hasharotlarda turli kasalliklarni tug‘diradi.
Zamburug‘ kasalliklari yoki mikozalarni fikomitsetlar va takomillashmagan 
zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Uy pashshalari, chigirtkalar va boshqa to‘g‘ri qanotlilarda 
zamburug‘ sporalari terisi orqali kirib, tezda ko‘payib, hasharotlarni o‘ldiradi. 
Ayniqsa muskardina zamburug‘i (oq muskardina) tut ipak qurtlarida uchrab 
ipakchilikka katta zarar yetkazadi. Belgilari unsimon mog‘or hosil qiladi.
Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar hasharotlar o‘rtasida keng tarqalgan 
kasalliklardandir. Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar, kokklar va boshqalar 
tug‘diradi. Bular oziq bilan birga ichakka kirib, hasharotlarni kasallantiradi. Belgilari: 
kasallangan hasharotlar kam harakat, ishtahasiz bo‘lib, og‘iz va orqa chiqarish 
teshigidan ichak suyuqligini ajratadi. O‘lgandan keyin tanasi qorayib chiriydi. 
Bularni bir necha xili bo‘ladi. Agarda bakteriya ichakda yoki uning o‘simtalarida 
bo‘lsa dizenteriya tipidagi infeksiya, agar tana bo‘shlig‘idan gemolimfaga o‘tib 
bakteriya ko‘paysa septitsemiya tipidagi infekiya deyiladi. Ipak qurtlarida, 
chigirtkasimonlarda dizenteriya tipidagi, kolorado qo‘ng‘izining lichinkalarida, 
asalarilarda septitsimiya tipidagi infeksiya keng tarqalgan. 
Virusli kasalliklar ham hasharotlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, 
mikroorganizmlardan farqi, sun’iy muhitda yashay olmaydi, faqat tirik hujayralarda, 
kristall struktura shaklida yashaydigan va rivojlanadigan parazitlardir. Bularga tut 
ipak qurtlarida sariq kasallik tug‘diruvchi, keng tanilgan, yaltiroq kristall tanacha - 
poliedlar virusi misol bo‘ladi. Bu viruslar boshqa kapalaklar turlarida, arrakashlarda 
va boshqa hasharotlarda ham uchrashi aniqlangan. Kasallanish tuxum orqali hamda 
ovqat bilan ichak va gavda bo‘shlig‘i orqali bo‘lishi mumkin, 
Bir hujayrali hayvonlardan mikrosporidiyalar tipi vakillari nozemalar 


281 
hasharotlarda, jumladan asalari va tut ipak qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini 
tug‘diradi. 
Asalari nozematozi o‘rta ichak epiteliysida parazitlik qilib, ovqat hazm qilish 
jarayonini buzadi va hasharotni o‘ldiradi. Ba’zan butun oilalarni nobud qilib, 
asalarichilikka katta zarar yetakazadi. 
Tut ipak qurti pebrinasi, hasharotning hamma rivojlanish davrlarida 
to‘qimalarni jarohatlab, ularni nobud qiladi. Parazit oziq bilan birgalikda va uxumi 
orqali yuqishi mumkin. Natijada ipakchilikka katta zarar yetkazadi. Mikrosporidiya 
kasalliklari boshka tur hasharotlarda ham uchraydi. 
Parazit chuvalchanglar ham turlicha bo‘ladi: ba’zi bir chuvalchanglar 
hasharotlarda uzoq muddatda yoki doimiy (statsionar) parazitlik qiladi, ba’zilari esa 
hasharotlarda vaqtincha yashab, keyingi rivojlanishi uchun boshqa umurtqali 
hayvonlarga, hatto odamga ham o‘tadi. Bunda hasharotlar oraliq xo‘jayn bo‘lib 
hisoblanadi. Statsionar parazit chuvalchanglarga to‘garak chuvalchanglar tipining 
nematodalar sinfi vakillari kiradi va ular hasharotlarning ichaklarida va gavda 
bo‘shliqlarida parazitlik qilib, kasalliklar tug‘diradi.
Quyida ayrim bakteriyal, virusli va zamburug‘li preparatlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltiriladi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish