283
zararkunandalarning o‘tib qolmasligi ehtiyotini ko‘rish xorijiy o‘simliklar karantin
tadbirlariga kiradi. Xayriguldoshlar kuyasi, loviya donxo‘ri,
komstok qurti, tok
filokseriyasi, qonli shira biti va yana bir necha tur zararkunandalar ichki karantin
ahamiyatiga ega bo‘lgan zararkunandalar qatoriga kiradi.
O‘zbekistonda tarqalishi jihatidan chegaralangan, ularga qarshi jiddiy choralar
ko‘rilayotgan va ichki karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararkunandalar qatoriga
komstok qurti, kaliforniya qalqondori, gulxayri kuyasi va boshqalar kiradi. Bu muhim
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tadbirlarni o‘z vaqtida va izchillik bilan o‘tkazishni
boshqarish alohida karantin inspektsiyasi tomonidan olib boriladi.
Trixogramma, brakon, oltinko‘z, enkarziya singari samarali entomo-akarifaglar
hamda afidofaglarni ommaviy ko‘paytirish va zararkunandalar (ko‘sak qurti, o‘simlik
bitlari, o‘rgimchakkana, oqqanot) ga qarshi kurashda Respublikamizda 900 dan ortiq
biolaboratoriya va biofabrikalar tashkil qilingan. Har yili Respublikamizda ekin
zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan 14-15 mln.ga ekin maydonlari ishlanib,
yetishtirilgan hosil saqlab qolinadi.
Bu sohani rivojlantirishda 70-yillardan boshlab olim va mutaxassislarimiz A.G.
Davletshina, X.R. Mirzaliyeva, Yu.P. Adashkevich, S.N. Alimuhamedov, G
.Bronshteyn, A.Sh. Hamraev, Z.K. Odilov va boshqalar O‘zbekistonda
biologik
himoyani rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Zararkunandalarga qarshi kurashning ikkinchi usuli laboratoriya sharoitida
mahalliy yirtqich va parazit hasharotlarni sun’iy ko‘paytirish va dalaga chiqarib
tarqatishdan iborat. Bu maqsadda O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish,
Rеspublika sabzavot va poliz ekinlari ilmiy tеkshirish institutlarida hamda bir qancha
viloyat,
tuman
va
xo‘jaliklarda
biologik
laboratoriyalar
ishlab
turibdi.
Laboratoriyalarda
trixogramma,
brakon
yaydoqchilari
ko‘p
miqdorda
ko‘paytirilmoqda va ekin maydonlariga tarqatilmoqda. Kеyingi yillarda tillako‘z va
xon qizi qo‘ng‘izini laboratoriyalarda sun’iy ko‘paytirish ustida ham tadqiqot ishlari
olib borilmoqda.
Biologik kurashning uchinchi, eng muhim usuli foydali hasharotlar sonining
tabiiy ravishda ortishi uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsadda kimyoviy
zaharli prеparatlarni qo‘llashni
kеskin chеklash, o‘t-dalali almashlab ekishni joriy
etish, foydali hayvonlarni jalb qilish va himoya qilish orqali erishiladi. Bu usul
tabiatda mavjud bo‘lgan ekologik munosabatlarini saqlab qolishga qaratilgan.
Shuni alohida etirof etish kerakki, hozirgi davrda Respublikamizda go‘za, g‘alla va
boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar, kasaliklar hamda begona
o‘tlardan himoya qilishga katta etibor berilmoqda.
Agrotexnik va boshqa tadbirlar yordamida entomofaglarning urchishi uchun
qulayliklar yaratish mumkin. Masalan, choy o‘simligini
butash issiqsevar yirtqich
qo‘ng‘iz
xiperasris
uchun qulay va
uning o‘ljasi hisoblangan choy bolishchasiga esa
284
noqulay sharoit yaratiladi. Ko‘plab entomofaglar o‘rmon va buta o‘simliklari
oralig‘ida qishlaydi. Shu sababli, o‘simliklar tanlash, ekin ekiladigan maydonlar bilan
daraxtlar bor yerlarning nisbatini aniqlash va ularning o‘zaro aloqalarini hisobga
olish amaliy ahamiyatga ega.
Entomofaglar faoliyatini oshirish yetuk hasharotlarning qo‘shimcha oziqlanishi
uchun qulay shart-sharoitlar barpo etish lozim. Bog‘larda nektar beruvchi
o‘simliklarni o‘stirish kaliforniya qalqondori va olma kuyasi parazitlarining
ko‘payishiga yaxshi zamin bo‘ladi. Karam o‘sayotgan dala yaqinida butgulli
o‘simliklarning bo‘lishi karam kuyasi va oq kapalaklar parazitlari miqdorining ko‘p
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ba’zi parazitlarning nektar bilan oziqlanishi
tuxumlarining shakllanishi uchun muhimdir. Bunday turlarga karam tunlami paraziti
taxin-ernestiya
va
tengsiz ipakchi paraziti
shturmiya
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: