Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   348
Bog'liq
entomologiya

4. Biologik qarshi kurash usuli. 
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda 
biologik usulni qo‘llash deganda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunanda hasharotlari 
bilan ularning parazitlari va yirtqichlari, shuningdek, bakterial, zamburug‘li, virusli 


274 
va aralash kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasidagi tabiiy antogonistik qarama-
qarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishni tushunish lozim. 
 
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning biologik usulini qo‘llashning bir 
qancha afzalliklari bor. Bunda birinchidan atrof muhit ifloslanmaydi, foydali 
hasharotlar kimyoviy preparatlardan qirilib ketmaydi, hamda xo‘jaliklarga iqtisodiy 
jihatdan arzon tushadi.
Zararli hasharotlarning tabiiy dushmanlaridan foydalanish uzoq tarixga ega.
Birinchi marta o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan biologik usulda himoya 
qilish to‘g‘risidagi ma’lumot eramizning 900-1200-yillarida paydo bo‘lgan qadimgi 
Arabistonda bog‘bonlar palma daraxti zararkunandalariga qarshi kurashda yirtqich 
chumolilardan foydalanishgan. Shuningdek, qadimgi Xitoyda sitrus o‘simliklari 
zararkunandalariga qarshi kurashda yirtqich chumolilarni qo‘llash bo‘yicha ham 
tajribalar o‘tqizilgan. 
1762-yili Mavrikiy oroli qirg‘oqlarida qizil chigirtkalarga qarshi kurashish 
uchun Hindistondan maynalar olib kelib tarqatilgan. Bir qator mamlakatlarda 
zararkunanda hasharotlar ko‘payib ketgan dalalarga yirtqich xonqizi qo‘ng‘izlari 
muntazam ravishda tarqatilgan.
1840-yil birinchi marta Buajirio ismli olim Fransiyada terak va tol daraxtlari 
zararkunandalaridan toq ipak qurtini yo‘qotishda badbo‘y suluv qo‘ng‘izlardan 
foydalangan. 
1844-yil Italiyada Antonio Villa zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik 
kurash usulini qo‘llagan holda, ko‘plab tajribalar o‘tkizib, Italiya bog‘lariga yirtqich 
qo‘ng‘izlarni ko‘paytirib tarqatish to‘g‘risida tavsiyalar bergan. 
Hasharotlar ichida parazit turlari ham uchrashligini birinchi marta 1602-yili 
Aldrovandi aniqladi. U sholg‘om kapalagi qurti ichidan apanteles glomeratus turiga 
mansub parazit yaydoqchining lichinkalarini teshib tashqariga chiqishini kuzatadi. 
Lekin bu hodisani 1700-yil Villisniyeri ilmiy tomondan tushuntirib berdi. 
1800-yili Charlz Darvinning otasi Erazm Darvinning yozishicha karam 
kapalagini qurtiga kichkina ixnevmonid yaydoqchisi o‘z tuxumini qo‘yib, ularni 
cheklab turmaganda karam kapalagi haddan tashqari ko‘payib ketib, hosildorlikka 
katta zarar yetqizgan bo‘lar edi. Shunga o‘xshash ma’lumotlar Yevropa va AQSH da 
olimlar tomonidan tez-tez chop etib turildi. 
Nemis tabiatshunos olimi V. Koller ham entomofaglarni zararkunanda 
hasharotlar miqdorini cheklashga oid ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Uning 
fermerlar, o‘rmon xodimlari, bog‘bonlarga zararkunanda hasharotlarga qarshi 
biologik kurash usullari va ular to‘g‘risidagi maslahatlari 1837-yili Avstraliyada chop 
etilgan. 
1837-1852-yillarda Rotsebur Germaniyada o‘rmon zararkunandalari va 
ularning parazitlari to‘g‘risida bir qator ilmiy ishlarni chop ettirdi. Uning ilmiy 


275 
ishlarining natijalari AQSH da amaliyotda qo‘llanilgan. Bu davrda AQSH da 
entomofaglarning intraduksiyasi bo‘yicha bir qancha qiziqarli ishlar paydo bo‘ldi. 
Rossiyada zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash usuli to‘g‘risidagi ilmiy 
ishni birinchi marta mashxur rus olimi I.I. Mechnikov chop ettirgan. Biologik metod 
sohasida tadqiqotlar o‘tkazish ulug‘ rus olimi I.I. Mechnikov tomonidan 1879-yilda 
g‘alla qo‘ng‘izlari va lavlagi filchasiga qarshi, ularning yashil muskardina kasalliklari 
sababchisi zamburug‘dan foydalanishdan boshlangan. Natijada bu zararkunandani 
kasallikka duchor qilib, ularni 70% gacha kamaytirishi mumkin ekanligi aniqlangan.
I.I. Mechnikovning tadqiqot ishlarini I.M. Krasilshik davom ettirib, dunyoda 
birinchi marta zamburug‘larni ko‘p miqdorda ishlab chiqishni tavsiya qiladi.
O‘tgan asrning oxirgi yillarida zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi 
kurash usulini chuqurroq o‘rganish va undan qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida 
kengroq foydalanish sohasida rus tadqiqotchilari I.V. Vasilev. N.V. Kurdyumov, 
I.Ya. Shevirev, V.P. Pospelov, I.M. Krasilshik, N.A. Xolodkovskiy va boshqalar 
samarali ish olib bordilar. Ular entomofaglar bilan zararkunandalar orasidagi 
munosabatlarni o‘rgangan va bunday munosabatlar biologik kurash metodining asosi 
ekanligiga ko‘proq e’tibor berganlar. 
Ularning ilmiy tadqiqot ishlari asosan zararkunanda hasharotlarni cheklab 
turishda entomofaglar va mikroorganizmlarning ahamiyatini o‘rganish, hasharotlar 
orasida uchraydigan parazitlar va yirtqichlar hamda o‘simliklarni zararkunanda 
hasharotlardan himoya qilishda entomofaglardan biologik qarshi kurash usuli sifatida 
foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga ba’g‘ishlangan. 
Birinchi marta I.V. Vasilev (1910) va A.F. Radetskiy (1911) O‘rta Osiyoda 
mevali daraxtlarni kuchli zararlaydigan olma qurtiga qarshi Astraxandan tuxumxo‘r 
trixogramma yaydoqchisini olib kelib Toshkent va Samarqand bog‘lariga 
tarqatganlar. Undan oldinroq esa, ya’ni 1903-yilda I.V. Vasilev Orta Osiyodan zararli 
xasva paraziti tuxumxo‘r telenomus yaydoqchisini Xarkov gubernasiga olib borib 
tarqatgan va uning natijasi ijobiy bo‘lgan. 
Taxminan shu davrda V.P. Pospelov trixogrammalarni suniy usulda 
ko‘paytirish va ulardan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli tajribalar olib brogan. 
Sobiq ittifoqda o‘simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulini rejali va 
aniq maqsadlar qo‘yilgan holda olib boorish Butunittifoq o‘simliklarni himoya qilish 
institutida biometod va mikrobiometod laboratoriyasining ochilishi bilan boshlangan. 
Bu laboratoriya tomonidan Sobiq Ittifoqda o‘simlik bitlari va qalqondorlarga qarshi 
kurashda bir qancha foydali entomofaglar, ya’ni afelinus, rodomed, psevdofikus, 
kriptolemusni hamda kuzgi tunlam, g‘o‘za tunlami va boshqa zararli 
tangachaqanotlilarga qarshi trixogrammalarni intraduksiya va iqlimlashtirish 
borasida bir qator qiziqarli va foydali ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Sobiq ittifoqda zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash usulini 


276 
rivojlantirishda N.F. Mayer, N.A. Talenga, A.F. Alekseyev, V.A. Shepetelnikova , 
V.P. Pospelov , O.I. Shvetseva, A.A. Yevlaxova , N.F. Fedorinchik, N.V. Kandibin 
va boshqa olimlarning xizmati kattadir.
Ozbekistonda esa zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash choralari 
to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib brogan va ishlab chiqarishda foydalanish uchun bir 
qator ishlanmalarni tavsiya qilgan yirik olimlar qatoriga V.V. Yaxontov, A.N. 
Lujetskiy, P.P. Bogut, V.P. Nevskiy, M.N. Narziqulov, S.N. Alimuhammedov, Yu.P. 
Adashkevich, Z.K. Odilov, Sh. Xodjayev, Z. Saidova, A.Sh. Hamrayev, T.S. 
Yeremenko, G.A. Pavlova, T. Umarova, A.K. Mansurov, F.M. Uspenskiy, O.M. 
Yuzboshyan, L.S. Ulyanova va boshqalarni aytish mumkin.
Hasharotlar katta sinfiga kiruvchi 34 turkumidan 16 turkum vakillari orasida 
zararkunandalarda yirtqichlik va parazitlik qilib yashovchi foydali hasharotlar 
mavjud. Ayniqsa, qandalalar, tripslar, vizildoq qo‘ng‘izlar, stafilinidlar, xonqizi 
qo‘ng‘izlari, malhamchi qo‘ng‘izlar, oltinko‘zlar, ixneumonidlar, brakonidlar, 
afidiidlar, afilinidlar, trixogrammatidlar, chumolilar, sirfid va gallitsa pashshalari 
o‘simlik zararkunandalarini keskin kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadilar (95-
rasm).
Qandalalar turkumining 40 mingdan ortiq turi bor. Ularning ko‘pchiligi 
zararkunandalar bo‘lishi bilan bir qatorda nabid, antokorid, reduvid va va boshqa 
oilalari ichida foydali yirtqich vakillari ham bo‘lib, ular zararkunanda hasharotlarni 
va kanalarni qirib, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining hosildorligini oshishiga katta 
yordam beradi. Bunday yirtqich qandalalar olma mevaxo‘ri, kuyalar, koksidlar, 
o‘simlik bitlari, saratonlar va boshqa zararkunandalarning lichinkalari hamda har xil 
mayda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalarini 
yo‘qotishda katta ahamiyatga ega.
Bu qandalalar 70 % gacha g‘o‘za tunlami tuxumlarini yo‘qotadi. Markaziy 
Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish