Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   348
Bog'liq
entomologiya

intoksikantlar 
deb ataladi. 
Kontakt ta’sirli zaharlar, asosan, so‘ruvchi hasharotlar va o‘simlikxo‘r 
kanalarga qarshi ishlatiladi. Ular zararkunandalarning tashqi qoplag‘ichini kuydiradi 
va shikastlaydi yoki asta-sekin tana ichiga kirib borib, hasharotning to‘qimalariga 
ta’sir qiladi, nafas olish teshikchalarini berkitib qo‘yadi. Natijada zararkunanda 
zaharlanib halok bo‘ladi. 
Fumigantlar-zararkunandalarning yon-atrofidagi havoni zaharlovchi va shu 
orqali nafas olish organlariga ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy preparatlardir. 
Zararkunandalarni zaharlashga mo‘ljallangan kimyoviy preparatlar o‘simliklar 
uchun zararsiz bo‘lishi kerak. Bunday zaharlarni noto‘g‘ri qo‘llaganda o‘simlik 
yaproqlari va boshqa qismlari kuyadi yoki undagi fiziologik jarayonlar izdan 
chiqaidi. Zaharli preparatlarning o‘simliklarga salbiy ta’siri 2-3 hafta davomida 
ma’lum bo‘ladi. 
Zararkunandalarga qarshi qo‘llanadigan preparatlarni o‘simlik va ular 
mahsulotiga bardosh bera olmaydigan miqdorda qo‘llanilishi, noto‘g‘ri tayyorlangan 


272 
(zaharni sarflash normasiga e’tiborsizlik, kontsentratsiyasini oshirib yuborish, 
kuydiradigan moddalarning yetarli emulgirlanmagani va hokazolar) zaharlarni 
ishlatish, zaharlarni qo‘llashda mavsum (yoki sutka) vaqtini noto‘g‘ri aniqlash 
natijasida o‘simliklar shikastlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida, ko‘pincha, kunning issiq 
bo‘lib turgan soatlarida zaharli suyuq qo‘shilmalarini ishlatish to‘g‘ri kelmaydi. 
Sernamlik va ortiqcha issiqlik turli kimyoviy birikmalarning erishi osonlashadigan 
holatiga o‘tishini tezlashtiradi va o‘simlikning kuyishiga sabab bo‘ladi. 
Zaharli preparatlar ko‘pincha, ularning ta’sirini yaxshilaydigan ko‘makchi 
moddalar bilan birga ishlatiladi. Ko‘makchi moddalar quyidagi guruhlarga: 
o‘simlikning kuyib qolishining oldini oluvchi; o‘simlik va zararkunandalarni 
qo‘llovchi; emulsiya tomchilari qo‘shilishib ketmasligini va suspenziyalar loyqasi 
cho‘kmasligini ta’minlovchi emulgatorlar (moysimon suyuqlik) va stabilizatorlarga 
bo‘linadi. 
Kimyoviy preparatlarni zararkunandalarga qarshi ishlatishda changlash, 
purkash, fumigatsiya, aerozol, aldog‘ich yem qo‘llash, intoksikatsiya usullaridan 
foydalaniladi. 
Changlashda purkashga nisbatan ko‘proq yerga ishlov beriladi, preparatlar ham 
boshqa usullarga ko‘ra ko‘proq sarflanadi. Changlashni shamol tezligi sekundiga uch 
metr bo‘lganda o‘tkazish tavsiya etiladi. Preparatlarni erta tongda, ya’ni 
o‘simliklardan namlik ko‘tarilmasdan oldin purkash yaxshi natija beradi. 
Purkashda qo‘shilmalar, emulsiyalar va suspenziyalar sarflanadi. Qo‘shilmalar-
kimyoviy va fizikaviy xususiyati bir xil bo‘lgan suyuqlik hisoblanadi. Ular erituvchi 
va eruvchi moddalardan (teng taqsimlangan) iborat. 
Suspenziyalar odatda suvda (suyuqlikda) loyqalangan holda tayyorlangan 
qattiq parchalar holida qo‘llanadigan suyuqlikdir (ular tinib, tagiga cho‘kadi). 
Purkashda zahar preparatlar changlashdagiga nisbatan kamroq sarf bo‘ladi, 
lekin suyuqlik ko‘p ishlatiladi va sarflanadi. 
Fumigatsiya havoga bug‘ yoki gaz holatdagi zahar aralashtirish. Hasharot 
zaharlangan havodan nafas olib halok bo‘ladi. Fumigatsiya yopiq tuproqda, havo 
o‘tkazmaydigan palatkalarda, brezent ostida va boshqa joylarda o‘tkaziladi. 
Fumigantlar qattiq, suyuq va kukunsimon bo‘lishi mumkin. 
Aerozollar chang va suyuqlik tomchilarining atmosferada to‘zon holida 
bo‘lishi yoki tutun va tuman holatidagi zaharlar. Sun’iy tuman va tutun hosil qilish 
uchun texnikaviy geksaxloran, shuningdek, polixlorpinen va boshqalar ishlatiladi. 
Erituvchilar sifatida turli mineral moylardan foydalaniladi. Aerozollar turli xil 
zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi. 
Aldog‘ich yemlar-zahar aralashtirilgan yoki zahar singdirilgan moddalar 
zararkunanda hasharot va sichqon-kalamush ko‘plab uchraydigan joylarga sochiladi. 
Kunjara, ot go‘ngi, qipiq, bug‘doy, arpa, makkajo‘xori donlari va o‘simliklarning 


273 
sershirali yangi uzilgan qismlaridan aldog‘ich yem sifatida foydalaniladi. Har qaysi 
zararkunandaga qarshi ma’lum turdagi aldog‘ich yem qo‘llaniladi. 
Zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 
qo‘llaniladigan va o‘simlik (masalan, g‘o‘za) barglarini to‘kishga mo‘ljallangan 
kimyoviy preparatlar 
pestitsidlar 
deb ataladi. Ular qaysi guruh ob’ektlarga nisbatan 
mo‘ljallanganiga qarab, 
insektitsidlar 
(hasharotlarga qarshi), 
fungitsidlar 
va 
bakteritsidlar 
(o‘simlik kasalligi qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi), 
zootsidlar 
(umurtqali hayvonlarga qarshi), 
nematodsidlar 
(nematodlarga qarshi), 
ovitsidlar 
(hasharot va kana tuxumlariga qarshi), 
akaritsidlar 
(kanalarga qarshi), 
limatsidlar 
(shiliqqurtlarga qarshi), 
gerbitsidlar 
(begona o‘tlarga qarshi), 
aboritsidlar 
(buta va 
daraxtlarga qarshi), 
defolyantlar 
(o‘simlik bargini to‘kuvchi), 
desikantlar 
(o‘simliklarni quritishga mo‘ljallangan preparatlar) deb nomlanadi. 
Pestitsidlar kimyoviy tarkibiga qarab qator guruhlarga bo‘linadi. Bular orasida 
fosforoorganik, xloroorganik, margumush, ftor, mis, simob, oltingugurt, o‘simliklar 
asosida tayyorlangan zaharlar, mineral moylar, karbonatlar va boshqalar bor. 
Shulardan so‘nggi yillarda sintetik xloroorganik va fosforoorganik preparatlar 
(geksoxloran, metafos, xlorofos va boshqalar) ko‘proq tarqalgan. 
Keyingi yillarda zararkunandalarga qarshi zaharli preparatlardan tashqari 
boshqacha ta’sir etadigan kimyoviy preparatlar qo‘llana boshlandi. Ular 
repellentlar 
deb atalib, qo‘rqitish (cho‘chitish) ta’sirotiga ega va zararkunandalarning o‘simlikka 
o‘tishining oldini olish uchun qo‘llanadi. 
Attraktantlar 
deb nomlanadigan turi 
hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi (hatto ular uzoqlardan yetib keladi) va natijada 
zararkunandalar nobud bo‘ladi.
Ko‘pchilik zararkunandalar pestitsidlarga barqarorlik hosil qilganligi tufayli 
agrobiotsenozlar fitosanitariya holati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish 
iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa noan’anaviy guruhlar, yangi 
moddalar birikmalari hisobiga kimyoviy kurash vositalari narxini o‘sib borishini talab 
qiladi (Metcalt, 1980). Ammo yangi pestitsidlar chidamlilik (barqarorlik) tufayli 
amaliyotda qo‘llanishdan oldinroq ham o‘z samaradorligini yo‘qotishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda (Grorghion, Mullan. 1983) yer yuzida 428 
turdagi bo‘g‘imoyoqlilar turli guruh pestitsidlariga barqarorlik hosil qilgan bo‘lib, 
shulardan 260 tasi qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari hisoblanadi.
Bularning hammasi o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislarida biologik 
himoyaga nisbatan keskin qiziqish uyg‘otib, bundan aniqlanuvchi omillar tariqasida 
qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralamaydigan yirtqichlar, 
parazit yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni alohida qayd qilish o‘rinlidir. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish