191
58-rasm. O‘simlik bitlari kushandasi-
yetti nuqtali xonqizi qo‘ng‘izi
(Coccinella septempunc-tata):
1-voyaga
yetgani, 2-tuxumlari, 3-lichinkasi,
4-g‘umbagi.
hayvonlar tegmaydi. Qo‘ng‘izlarning ko‘zga yaxshi tashlanib turgan rangi ogohlantiruvchi
rang bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘ng‘izlarning
ko‘zga
yaxshi
tashlanib turgan rangi ogohlantiruvchi rang
bo‘lib hisoblanadi. Xon qizi qo‘ng‘izlari va
ularning
lichinkalari
shira
bitlari,
qalqondorlar, kapalaklarning yosh qurtchalari
va
boshqa
mayda
hasharotlar
bilan
oziqlanadi. Ular orasida yetti nuqtali xon qizi
(Coccinella septempunctata)
ayniqsa
foydali
hisoblanadi (58-rasm).
Bu qo‘ng‘izlarning kattaligi 5,5-8 mm
keladi. Tanasi tiniq qizil rangli sharsimon
qanot qalqonida 7 ta qora nuqtasi bor. Bu tur
butun Yevropani, Osiyoni va Shimoliy
Afrikani egallagan. Uncha katta bo‘lmagan
boshi ko‘krak oldiga kirib ketgan. Tiniq to‘q
sariq tuxumini o‘simlik
bitlari va boshqa
zararkunanda
hasharotlar
koloniyasiga
qo‘yadi. Lichinkasi kulrang, qizil nuqtali
bo‘lib, juda ochko‘z. Lichinkasi va voyaga
yetgan xon qizi qo‘g‘izi
mevali daraxtlar,
g‘o‘za, beda va sabzavot-poliz ekinlarining
zararkunandalari bilan oziqlanadi.
Bitta qo‘ng‘iz bir kunda 50 tadan 270
tagacha, hayoti davomida 4-6 mingtagacha shira
bitini yeydi.. Kuzda bu qo‘ng‘izlar qishlash
uchun tog‘larga uchib o‘tadi.
Ular hamma
joyda
keng
tarqalgan,
barcha
tabiiy
mintaqalarda uchraydi. Bu tur xon qizi shira
bitlari, qalqondorlar, o‘rgimchakkana va
boshqa zararkunandalarni qiradigan eng
foydali hasharotlardan hisoblanadi.
Xon qizi qo‘ng‘izlari va ularning lichinkalari shira bitlari, qalqondorlar, kapalaklarning
yosh qurtchalari va boshqa mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.
O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida poliz ekinlariga (qovun, bodring, qovoq)
poliz
qo‘ng‘izi
(Epilachna chrysomelina)
ziyon keltiradi. Koktsinellidlar o‘simliklarda
g‘umbaklanadi.
O‘zgaruvchan tugmacha qo‘ng‘iz
(Adonia veriagate)
ham foydali bo‘lib, u
192
butun Yevropa, Shimoliy Afrika va Amerikani egallagan.
MDH da Rossiyaning
Yevropa qismida, Ukraina, Kavkazda, Qozog‘iston va Markaziy Osiyo mintaqalarida
tarqalgan. O‘zgaruvchan tugmacha qo‘ng‘iz ham yetti nuqtali xon qizi qo‘ng‘izi kabi
juda katta foyda keltiradi. Tunlamlar tuxumlarini, jumladan g‘o‘za tunlamining 1, 2
yoshdagi lichinkalarini yo‘qotishda ular katta rol o‘ynaydi.
O‘zgaruvchan tugmacha qo‘ng‘iz asosan quyosh yaxshi tushadigan ochiq
joylarda juda ko‘plab uchraydi. Bu qo‘ng‘izlar asosan
aprel oyida qishki uyqudan
uyg‘onadi. 10-14 kun faol oziqlanib jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo‘ya boshlaydi.
Tuxum qo‘yish davri 1,5 oy davom etadi. Tuxum qo‘ygandan keyin qo‘ng‘izlar nobud
bo‘ladi.
G‘o‘za-beda zararkunandalarini yo‘qotishda o‘n bir nuqtali semiadaliya
(Semiadalia undecimnotata ) va ikki nuqtali adaliyalar
(Adalia bipunktata)
ham muhim
rol o‘ynaydi.
O‘rta Osiyoning beda va g‘o‘za dalalarida nuqtali xon qizi qo‘ng‘izi
(Stethorus
punctillum)
tez-tez uchrab turadi. Uning kattaligi 1,5 mm atrofida,
tanasi ovalsimon
shaklda, oqimtir-jigarrang tukchalar bilan qoplangan. Nuqtali xon qizi qo‘ng‘izi
o‘rgimchakkanalarni yeb katta foyda keltiradi. Ularning lichinkalari kulrang, bosh
qismi qoramtir, jigarrang, kattaligi 1-3 mm, lichinkasining 1
kunlik oziq-ovqat
ratsioniga 140-450 ta o‘rgimchakkana to‘g‘ri kelar ekan. Jinsiy voyaga yetguncha 900-
2000 tacha o‘rgimchakkanani yeb yo‘q qiladi. Nuqtali xon qizi qo‘ng‘izlari odatda ikki
oy hayot kechiradi. Bu qo‘ng‘iz hayoti davomida 4-5 marta nasl beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: