200
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. To‘rqanotlilar turkumining tuzilishi, tarqalishi
va ahamiyati haqida
ma’lumot bering.
Uchinchi sаvоl bo‘yichа dаrs mаqsаdi:
Talabalarga to‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanadigan hasharotlardan kapalaklar va burgalar turkumlari haqida ma’lumot
berish.
Idеntiv o‘quv maqsadlari:
3.1. Kapalaklar turkumi haqida ma’lumot beradi.
3.2. Burgalar turkumi haqidagi ma’lumotni bayon qila oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
Tangacha qanotlilar, ya’ni kapalaklar
(Lepidoptera)
turkumi
vakillarining
qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan. Kapalaklar qanotining chiroyli rangda bo‘lishi
ana shu tangachalardagi pigmentga bog‘liq. Og‘iz organlari so‘ruvchi xartumdan iborat.
Xartumi spiral shaklda boshining ostida taxlanib turadi. Bosh qismida bir juft murakkab ko‘zlari
va har xil shakldagi mo‘ylovlari bor.
Mo‘ylovlari ko‘plab kapalaklarda
ipsimon yoki qilsimon, ayrim turlarida
to‘g‘nag‘ichsimon, yoysimon, patsimon bo‘lishi mumkin, odatda erkaklarining
mo‘ylovlari urg‘ochilarinikiga nisbatan kuchliroq taraqqiy yetgan.
Erkak kapalaklar qorin bo‘limining oxirgi bo‘q’imida kopulyativ apparati bor.
U urug‘lantirish vaqtida urg‘ochisini tutib turishga xizmat qiladi. Urg‘ochisida
haqiqiy tuxum qo‘ygichi yo‘q, lekin ba’zilarida qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imlari
maydalashgan va ikkilamchi tuxum qo‘ygichga aylangan. Urg‘ochi
kapalaklar
tuxumlarini ko‘proq yakkalab yoki guruh qilib o‘simlikka qo‘yadi. Ularning shakli
har xil. Tuxumlarining shakliga qarab kapalaklarning turi va avlodlarini aniqlash
mumkin.
Kapalaklarning lichinkasi qurt deyiladi. Ularning tanasi silindr shaklida.
Qurtlarida uch juft ko‘krak oyoqlaridan tashqari 3-5 juft soxta qorin oyoqlari ham bo‘ladi.
Soxta oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi bilan ko‘krakdagi haqiqiy yurish oyoqlaridan
farq qiladi. Qisman turlarida qorin oyoqlari 2-3 juftga kamaygan (masalan: odimchilar
(
Geometridae
) oilasi va ba’zi tur tunlamlar -
Noctuidae
). Bir qator sodda guruhlarida
qorin oyoqlari 7-8 juftgacha bo‘lishi mumkin. Barglarda g‘urra yasovchilar yoki
g‘ilof ichida yashovchilarda oyoqlari kuchsiz taraqqiy yetgan yoki bo‘lmasligi
mumkin. Qurtlar
tanasidagi tuklar tarkibi, o‘rnashishi, shuningdek, qorin oyoqlar
soni, tuzilishi kapalaklarni qurtlar bo‘yicha diagnostika qilishda muhim ahamiyatga
ega. Qurtlar orasida bir-biridan farqlanuvchi qator biologik guruhlari mavjud.
Ularning ko‘pchiligi erkin
yoki ochiq hayot kechiradi, lekin ba’zilari tuproqda,
boshqalari o‘ralgan yoki yopishtirilgan barglar oralig‘ida yashaydi. Ba’zilari esa
(mevaxo‘rlar va kaprofaglar) meva ichida yashaydi. Barglarda yo‘llar yasovchi
“minyorlar”, yog‘ochlarda yo‘l solib oziqlanuvchi ksilofaglar va g‘urra yasovchilar
201
ham bor.
Kapalaklar g‘umbagi
odatda yopiq tipda, harakatsiz bo‘ladi, uning hamma
o‘simtalari tanaga yopishgan. Lekin ba’zi sodda guruhlarida g‘umbagi erkin, jag‘lari
qimirlovchi, ular yordamida pillani teshadi va hatto tashqariga chiqa oladi.
G‘umbaklanish qurt oziqlanadigan yerda bo‘lmasdan, balki ko‘plarida tuproqda
o‘tadi. Ochiq holdagi g‘umbaklar ko‘pincha turli narsalarga aralashib ketgan ipak
toladan, ba’zan yuza ipakdan yasalgan pilla ichiga joylashadi.
Tangacha qanotlilar turkumi vakillari o‘simlikxo‘r.
Yetuk individlari gul
nektari bilan oziqlanadi. Bir qancha kapalaklarning og‘iz organlari reduksiyaga
uchragan, voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Kapalaklar qurtlarining og‘iz
organlari kavshovchi tipda bo‘lib, qattiq oziqni chaynashga moslashgan. Qurtlar
o‘simlik to‘qimalari bilan oziqlanadi. Ular orasida mevali daraxtlar va ekinlarga
ziyon keltiradigan turlari ko‘p uchraydi.
Bir qancha kapalaklarning qurtlari don, un, yung kabi o‘simlik va chorvachilik
mahsulotlari bilan oziqlanib, katta zarar keltiradi.
Tangacha qanotlilar turkumiga 140 mingdan ortiq tur kiradi. Shulardan MDH
da 8 mingga yaqin turi aniqlangan. Kattaligi qanotlarini yoyganda 3-8
mm dan
(mayda kuya kapalaklari) 20-30 sm gacha (ayrim kunduzgi tovusko‘z kapalaklar)
boradi.
Ko‘pchilik turlari iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmasada, tabiatning insonga
estetik zavq bag‘ishlovchi muhim tarkibiy qismi sifatida himoya qilinadi. Kapalaklar
orasida bir qancha turlari zararkunandalar hisoblanadi.
Tut ipak qurti ipak olish maqsadida xonakilashtirilgan. Tangacha qanotlilar
turkumi 3 ta kenja turkumga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: