Mavzu : Plauntoifa o'simliklar Botanika fanidan tayyorlagan
Mavzu : Plauntoifa o'simliklar
Mustaqil ishi
Reja:
Bo`lim. Psilottoifa o`simliklar.
Psilot va tmezipteris turkumlari.
Bo`lim. Qirqbug`imtoifa o`simliklar.
Qirqbug`imnamolar qabilasi.
Bo`lim. Plauntoifa o`simliklar
Sinf. (ajdod) plaunsimonlar.
Sinf (ajdod) - plaunsimonlar - lycopodiopsida.
Plaunnamolar - Lycopodiales qabilasi. Bu qabilaga kiruvchi o`simliklar ko`p yillik ut o`simliklar bo`lib, rizoforalari bo`lmaydi. Barglari mayda, kipikaimn. Sporangiylari sporafillarning asosida joylashgan. Sporafillar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlari ikki jinsli seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi.
Qabilaning bizgacha faqat bitta plaundoshlar (Lycopodiaceae) oilasining vakillari yetib qolgan.
Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: plaun (Lycopodium) turkumiga 200 dan ortiq tur kiradi. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. Urta Osiyoda esa tog`lik regionlarda uchraydi. Poyasi tikka, ayrimlarida yotib o`sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer bag`irlab o`suvchi xarakterli vakillaridan biri chukmokli plaundir. U ko`p yillik ut o`simlik. Poyasi yotib o`sadi, doim yashil, ko`prok urmonlarda o`sadi. Poyasi va shoxchalari mayda, butun bargchalar bilan zich qoplangan.
Poyasini tashqi tomondan bir qavat epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida qalin birlamchi pustlok qavat joylashgan. Undan ichkarida endoderma va perisikl qavati mavjud. Poyaning markazida silindrik protostel joylashgan. Kselemasida traxeidlar, floemasida esa elaksimon naylar joylashgan.
Chukmokli plaun poyasi yerdamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. Ularda jinssiz ko`payish sporalar yerdamida boradi. Yozning urtalarida spora boshoqlari shoxlarning uchlarida xosil bo`ladi. Spora boshoqlarida sporofitlar zich o`rnashgan. Sporofillarda sporangiya va arxesporeal xujayralar joylashgan.
Sporalar yerga tukilgandan so`ng suv yerdamida tuproqning yoriklariga tushib va undan gametofit xosil bo`ladi. Gametofit 2 jinsli bo`lib unda anteridiy va arxegoniylar xosil bo`ladi. Anteridiylarda xosil bo`lgan 2 xivchinli spermotozoidlar suv yerdamida so`zib kelib, arxegoniyga tushib, tuxum xujayrani urug`lantiradi va natijada zigota xosil bo`ladi. Zigota xujayralarga bo`linishi natijasida murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh plaun o`sib chiqadi.
Plaunlarning ko`pchilik turlari zaxarli o`simliklardir. Ularni mol yemaydi. Ulardan medisina va veterinariyada hamda buyoklar olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |