Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan ilmiy xodimlar (2000-2016 yillar)



Download 1,39 Mb.
bet51/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan ilmiy xodimlar (2000-2016 yillar)





2000

2005

2010

2016

Ilmiy xodimlar – jami (oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik xodimlarini qo‘shgan holda)

36837

34094

36358

31966

shu jumladan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar

25083

26685

30343

31966

ulardan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar:













fan doktori

2009

2353

2549

2242

fan nomzodi

8192

8363

9254

8200

Mamlakat fanining shtabi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zFA) bo‘lib keldi. Ilmiy tadqiqot muassasalari va tadqiqotchi xodimlarning asosiy qismi ana shu markazda to‘plangan edi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqot sektorlari, markazlari va laboratoriyalarining ahamiyati ortmoqda. Ularda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar davlat fan-texnika dasturlarini bajarish va oliy malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Tarmoq fani, asosan, ilmiy-texnika markazlari, konstruktorlik-texnologiya byurosi, sanoatning o‘zak korxonalari, qurilish, agrosanoat majmuasi, sog‘liqni saqlash ilmiy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi.

Ilmiy va ilmiy-texnika salohiyatining sifat tavsifini uning tarmoq tarkibi beradi. An’anaviy tabiiy, texnik, tibbiy, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va gumanitar fanlarga guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda texnika fanlarining ahamiyati ortib bormoqda. Xarajatlarning ham asosiy qismi ana shu fan sohalarini rivojlantirishga sarflanmoqda. Bu tendensiya mamlakatimizda olib borilayotgan davlat iqtisodiy siyosati bilan bog‘liq. Milliy iqtisodiyotda yangi industrlashtirish, modernizatsiyalash va ular pirovardida esa yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish jarayonlari bormoqda.

Olib borilayotgan bozor islohotlari mamlakat fanini tashkil etish, ilmiy kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlarini ham qamrab olgan, chunki tadqiqotchilar ilmiy-texnika salohiyatining muhim qismi hisoblanadi. Ularning malakaviy tayyorgarligi, bilimi va obro‘-e’tibori milliy fanimizning rivojlanish darajasini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham ularning sifat tarkibini o‘zgartirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti joriy qilindi. U fan va texnikaning o‘ta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni kunduzgi o‘qish shaklida tayyorlashni taqozo etadi. Ular o‘qish davomida dolzarb mavzularda dissertatsiya tayyorlash ustida ish olib boradilar. 2016-yilda 128 ta ilmiy tashkilot katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutiga ega edilar. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar soni 1370 nafarni tashkil qildi. Ularning eng ko‘pi tabiiy, texnika, tibbiyot, iqtisodiyot va pedagogika fanlari yo‘nalishlarida tadqiqot olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmi ham takomillashib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlarning umumiy xarajatlari tashkilotlar bajaradigan ichki ishlar va bu ishlarni bajaruvchilarga sarflanadigan xarajatlardan tarkib topadi. Ular uch sektorga – davlat, tadbirkorlik va oliy ta’lim tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarga bo‘linadi. Turli xil jamg‘armalar ham ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga ko‘maklashishi mumkin. Ichki xarajatlar asosan, ish haqi va asbob-uskunalar sotib olishdan iborat.

Fanning moddiy-texnika bazasi ilmiy, konstruktorlik tashkilot va korxonalari, infratuzilma obyektlarining asosiy fondlari (bino, inshootlar, maxsus laboratoriyalar, texnologik asbob-uskuna va jihozlar)ni o‘z ichiga oladi. Uning o‘zagi, faol qismini ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan asbob-uskuna va jihozlar tashkil etadi.

Ilmiy tadqiqotlar asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: fundamental tadqiqotlar yangi bilimlar (gipoteza, nazariya, uslubiyat)ga, amaliy tadqiqotlar – texnik va texnologik yangilikni ishlab chiqishda yangi bilimlardan foydalanish usul va yo‘llariga, tadqiqot va ishlanmalar – yangi materiallar, mahsulotlar, qurilmalar, texnologik jarayonlarga qaratiladi.

Ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bir qator omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilar:

– tadqiqotning texnik darajasi, tugallanganligi, joriy etishga tayyorligi;

– ilmiy tadqiqotni joriy etishning biznes-rejasi, tijoratlashtirish strategiyasi;

– intellektual mulkning himoyalanganligi;

– bozorning imkoniyatlari (sig‘imi);

inson resurslari, intellektual (kadrlar) salohiyati;

– moliya kapitali.

Innovatsiya, qachonki tovar va xizmatlar bozorida sotilsagina amalga oshgan hisoblanadi. Kashfiyot, nou-xau, ixtiro, patent, litsenziya, foydali modellar, sanoat namunalari, axborot texnologiyalari, konsepsiyalar, boshqarish organlariga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar va boshqa shakllardagi ilmiy natijalar fan uchun mustaqil qimmatga ega bo‘la turib, faqat innovatsiya bosqichini bosib o‘tgandan keyingina bozor ahamiyatini kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakat zamonaviy innovatsiya sohasiga, bozor munosabatlariga javob beradigan kuchli innovatsiya salohiyatiga ega bo‘lishi zarur.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish