Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Davlatning ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati



Download 1,39 Mb.
bet49/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

7.2. Davlatning ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda davlatning ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati muhim rol o‘ynaydi. Fanning iqtisodiy ahamiyatini oshirish, ishlab chiqarish va ilmiy-texnika salohiyatini saqlash va yangilash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Davlatning bu sohadagi siyosatining bosh maqsadi fan-texnika taraqqiyotini iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdir. Ammo o‘tish davri qiyinchiliklari, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar va moliyaviy sohani birinchi navbatga chiqarib, ishlab chiqarishni texnologik yangilash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi milliy fan sohasini birmuncha orqaga surib qo‘ydi. Bu holat o‘tish davri va inqirozni boshdan kechirgan va kechirayotgan barcha MDH mamlakatlarida ro‘y berdi. Vujudga kelgan vaziyat ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini olib boruvchi xodimlar sonining pasayib ketishida ham namoyon bo‘ldi. Misol uchun, har o‘n ming kishiga AQSHda – 52, Isroilda – 38, Rossiyada – 32, Germaniyada – 29, Koreya Respublikasida – 24, Belarusda 18 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 8,6 nafarni tashkil etdi.

YIMning fan sig‘imi pasaydi. Fanning moddiy-texnika bazasini yangilash sekin kechdi. Ularning katta qismi (60 foizi) ma’naviy va jismoniy eskirgan edi. Katta tushkunlik asosan 1991– 2000-yillarga to‘g‘ri keldi. Davlatning amalga oshirgan katta tadbirlari evaziga ahvol birmuncha barqarorlashdi, ammo baribir, bu sohada texnik jihatdan yuqori rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqdamiz. Shuni hisobga olib, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ahvolni sog‘lomlashtirish, ilmiy-innovatsion rivojlanish uchun qulay iqlim yaratishga e’tibor qaratilmoqda.

Birinchi navbatda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan fanning amal qilish institutsional-huquqiy bazasi qaytadan qurildi. Fan va fan-texnika siyosati bo‘yicha qator qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Mulkiy va tashkiliy shakllaridan qat’i nazar, bu faoliyat subyektlari va qatnashchilarining haq-huquqlarini kafolatlash, bu boradagi davlat siyosatining asosiy talablari, faoliyat turlari, maqsad va qoidalari ko‘rsatib berildi.

Ilmiy salohiyat fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning resurs va shart-sharoitlari majmuasi sifatida tavsiflanadi.

Ilmiy-texnika salohiyati esa amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar resurslari va shart-sharoitlari, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlar majmuasini o‘z ichiga oladi.

Innovatsion salohiyat – barcha turdagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarini amaliy o‘zlashtirishni ta’minlovchi resurslar va shart-sharoitlar majmuasidir.

Shunday qilib, ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatlar yagona ilmiy-innovatsion siklning o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradigan bo‘g‘inlaridir: g‘oyaning paydo bo‘lishi – fundamental tadqiqot – amaliy tadqiqot – konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlanmalar – tajriba namuna (nusxa) – sanoat sinovi – ishlab chiqarishga tatbiq etish – seriyali ishlab chiqarish – sotish – mahsulotdan amalda foydalanish (mashina, asbob, texnologiya).

Bu salohiyatlarni birlashtiruvchi umumiy bo‘g‘in (zveno) – ilmiy-texnika ishlanmalari va ularning natijalaridir.

O‘zbekistonda ilmiy faoliyat tizimining huquqiy bazasidan tashqari uning yangi tashkiliy asoslari, bu sohaning davlat boshqaruvi organlari tizimi ham vujudga keltirildi. Bu ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish uchun zarur edi. Ular  – Fanlar akademiyasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi, fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasidir. Barcha ilmiy tadqiqot ishlariga mas’ul, uning metodologik asoslarini belgilovchi markaz Fanlar akademiyasi hisoblanadi. U fundamental va fundamental tadqiqotlarga yo‘naltirilgan hamda amaliy ilmiy tadqiqot davlat dasturlariga javob beradi.

Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita davlat ilmiy-texnika dasturlari, hududiy ilmiy-texnika dasturlari, tarmoq ilmiy-texnika dasturlari va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish davlat dasturlari, innovatsion loyihalarga mutasaddilik qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va davlat maqsadli dasturlarining amalga oshirilishiga mas’ul Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, konsernlardir. Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarmoq vazirliklari tarmoqlarda ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-texnikaviy faoliyatni muvofiqlashtiradi, oliy malakali kadrlar tayyorlaydi, davlatning ilmiy-texnika siyosatini olib boradi.





Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish