Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonning asosiy suv omborlari



Download 1,39 Mb.
bet45/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

O‘zbekistonning asosiy suv omborlari


Nomi

Qaysi daryo suvi quyiladi

Maydoni,

kv. km

Hajmi, mln.

kub. metr

Chordara

Sirdaryo

900

5700

Qayroqqum

Sirdaryo

5,3

4200

Chorvoq

Chirchiq

40

2000

Kattaqo‘rg‘on

Zarafshon

83,5

845

Janubiy Surxon

Surxondaryo

65

800

Chimqo‘rg‘on

Qashqadaryo

49,2

500

Quyimozor

Zarafshon

16,2

280

Pachkamar

G‘uzordaryo

13,8

280

Karkidon

Isfarasoy

9,5

218

Andijon

Qoradaryo

55,5

190,0

Kosonsoy

Kosonsoy

5,65

100

Jizzax

Sangzor

12,7

87,5

Tuyabo‘g‘iz

Ohangaron

185,0

25,0

Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi, urbanizatsiyaning yuqori sur’atlari suv resurslaridan foydalanishni kengaytirishga olib kelmoqda. O‘zbekistonda suv xo‘jaligi bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi shug‘ullanadi. Vazirlik suv resurslaridan foydalanishni o‘rganish, hisobga olish, boshqarish, prognozlash va rejalashtirish, yerosti va yerusti suvlarining ifloslanishi va qurib qolishidan saqlash, iste’molchiga uzatish ishlari bilan shug‘ullanadi. Suv xo‘jaligining asosiy vazifasi xo‘jalik faoliyatining barcha turlari va tarmoqlarini zarur miqdor va sifatda suv bilan ta’minlashdan iborat.

Mamlakatimizda suv resurslarini boshqarish inson hayot faoliyati va tabiat tizimi harakatining asosi sifatida ulardan foydalanish va muhofaza qilish maqsadida amalga oshiriladi. Suvni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. U bu boradagi qonunchilik hujjatlari va standartlari loyihalarini ishlab chiqadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ichimlik suvining sifati standartlarini belgilaydi va bu boradagi monitoring ishlarini olib boradi. Kommunal xizmat agentligi esa suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimini rejalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, oqar suvni tozalash ishlari bilan shug‘ullanadi.
6.3. Yer va suv resurslaridan foydalanish
O‘zbekiston katta yer-suv resurslariga ega. Ular qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ammo yer-suv resurslaridan foydalanishni maqsadga muvofiq deb bo‘lmaydi. O‘lka o‘zining issiq va quruq, keskin o‘zgaruvchan iqlimi bilan ajralib turadi. Uning tekislik qismida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 120  – 200 mm, tog‘li hududlarda 1000 mm gacha. Issiqlik va yorug‘likning serobligi paxta, kanop, uzum, turli xil mevalar, poliz-sabzavot yetkazishga qulay. Qolaversa, bu yerdagi tuproq-iqlim sharoiti yil davomida bir necha marta hosil yig‘ishtirib olish imkoniyatini beradi.

Lekin yer-suv resurslaridan foydalanish betartib va maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda kechdi. Qator yillar davomida ekin maydonlari o‘sib keldi. Bu asosan yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshdi. O‘zlashtirilgan yerlarga suvtalab paxta ekini ekildi.

O‘zbekiston yer-suv fondidan ekstensiv foydalanish qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni muttasil oshirishga qaratilgan edi. XX asrning 80-yillariga kelib paradoks vaziyat yuzaga keldi: hosildor yerlar ko‘p, ammo oziq-ovqat kamchil.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, kimyoviy o‘g‘itlarni qoplab qo‘llash hosildorlikka ijobiy ta’sir qilsa-da, shu bilan birga tuproq tarkibini buzdi, oqibatda uning hosildorligiga putur yetkazdi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan xlor birikmalari juda zaharli bo‘lib, suv havzalariga tushib, flora va faunaga halokatli ta’sir ko‘rsatdi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarining kengaytirilishi atrof-muhitga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Ayrim mutaxassislar qishloq xo‘jaligining ustun ekstensiv yo‘ldan rivojlanishini zaruriy shart deb hisoblab, uni demografik vaziyat, ya’ni aholining tabiiy o‘sishi bilan bog‘ladilar. Ammo suv va yer resurslaridan oqilona foydalanmaslik Orol sathining, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa suv manbalarining keskin qisqarishiga olib keldi, ekologik tanglikni keltirib chiqardi. Oziq-ovqat muammosi esa to‘la hal bo‘lmadi, ko‘p miqdorda go‘sht, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashqaridan keltirildi.

O‘zbekistonda suv resurslarining miqdor va sifat tangligi bundan keyin ham kuchayib boradi. Buning ustiga daryolar ishlab chiqarish, maishiy tarmoq oqavalari, ximikatlar bilan ifloslanmoqda. Natijada mamlakatning asosiy suv tomirlari – Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolar ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalda yaroqsiz bo‘lib qolmoqda.

Orol dengizi suv rejimining buzilishi, sathining keskin pasayishi Orolbo‘yi tabiiy-iqlim sharoitiga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu yerda yuzaga kelgan ahvol yerdan ko‘p yillar davomida ekstensiv foydalanishning bevosita oqibatidir.

Holbuki, suv resurslarining taqchilligi tufayli O‘zbekistonda ekin maydonlarining kengayish imkoniyatlari cheklangan. Aholi soni ko‘paymoqda, respublikaning har bir aholisi hisobiga ekin maydoni miqdori esa qisqarmoqda. Bunday sharoitda qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirishni o‘stirish faqat intensiv taraqqiyot hisobiga, ya’ni ekin maydoni birligidan mahsulot chiqishini ko‘paytirish va chorva mahsuldorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi tarkibini takomillashtirish hisobiga amalga oshadi. Ahvolni yaxshilash uchun investitsiya siyosatini keskin o‘zgartirish, qishloq xo‘jaligida kapital mablag‘larning asosiy qismini suvni tejovchi tadbirlar o‘tkazish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirish lozim.

Eroziya jarayoni mamlakat yer boyligiga jiddiy zarar yetkazadi. Tuproqni muhofaza qilish tadbirlariga alohida e’tibor berish, uning yuvilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, gumus qismini asrash kerak.

Suv omborlari va to‘g‘onlarining ko‘plab qurilishi, sholi va boshqa ko‘p suv talab qiluvchi ekinlarning ekilishi, suvning tejalishini ta’minlaydigan texnologiyalarni (tomchilab sug‘orish) o‘zlashtirmaslik suv zaxiralarining yanada kamayishiga olib keldi.

Suvlarning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi toza ichimlik suvi muammosini keltirib chiqardi. Deyarli barcha daryolarga sanoat chiqindilari borib tushadi. Respublika oldida murakkab muammo: bir tomondan, suv resurslariga ehtiyojning to‘xtovsiz o‘sishi, ikkinchi tomondan esa, suv resurslari imkoniyatlarining tez kamayishi vujudga keldi.

Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari oldidagi muhim muammolardan biri Orolni saqlab qolish va atrofining ekologiyasini yaxshilashdir. Dengiz kema qatnovi, baliqchilik va mo‘ynachilik ahamiyatini butunlay yo‘qotdi. Tuz siljishi jarayoni faollashdi. Bunday salbiy oqibatlarni hisobga olib, zudlik bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish strategiyasi qayta ko‘rilishi – ekstensiv xo‘jalik yuritishdan voz kechib, intensiv xo‘jalik yuritishga o‘tilmog‘i, milliy xo‘jalik majmuasining tarmoq tuzilmasi o‘zgartirilib, sanoatning kam suv talab etadigan va suvsiz ishlaydigan tarmoqlarini rivojlantirishga ustunlik berish, milliy xo‘jalikning barcha sohalarida suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning keng qamrovli tadbirlarini amalga oshirish lozim.

O‘zbekistonning tabiati boy va xilma-xil. Gullayotgan bog‘lar, qumli barxanlar, paxta dalalari, qorli tog‘lar, sug‘orish kanallari, ma’dan manbalari, tog‘ o‘tloqlari – respublikaning landshafti ana shunday rang-barang.

O‘lka boy flora va faunaga (o‘simlik va hayvonot dunyosi) ega. O‘zbekistonda tabiatdan foydalanishning o‘ziga xos vazifalaridan biri ana shu ajoyib flora va faunani saqlab qolish, ularni ommaviy qirilib ketishdan saqlashdir. Suv resurslarining kamayib borayotganligi, tog‘oldi va daryobo‘yi zonalarining ekstensiv xo‘jalik yuritish natijasida ko‘plab o‘zgartirilishi, pestitsidlar miqdorining yer va suv tarkibida oshib borayotganligi ular hayotiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Shuni hisobga olgan holda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, parlamentda ekologiya bo‘yicha maxsus deputatlar komissiyasi, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha respublika jamiyati ish olib bormoqda. Global ekologik jamg‘arma agentligi, Orolni qutqarish jamg‘armasi tuzilgan. «Ekosan» xalqaro jamg‘armasi ishlab turibdi.

Ammo tabiatni asrash, undan foydalanishni yaxshilash ishlab chiqarish va uning tuzilmasi bilan yaqindan bog‘liq hodisadir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi tabiat resurslaridan foydalanishning ilg‘or usul va texnologiyasiga sekin o‘tkazilayotgani va boshqa bir qator sabablar, ishlab chiqarish jarayonlarining oxiriga yetkazilmaganligi bilan tavsiflanadi. Nafaqat paxtaning asosiy qismi, balki jun, pilla va boshqa qator qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham xomashyo sifatida eksport qilinadi. Mineral xomashyolar va yoqilg‘ining barcha turlarini, rangli metallarni qazib olish ancha o‘sdi. Tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvi hudud resurslari va ekologik dunyodan foydalanishni kuchaytirdi.

Tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashuvini ishlanadigan yer maydonlarining tez kengayishi ham ko‘rsatadi. Respublikada suv xo‘jaligi qurilishi keng miqyosda amalga oshirildi va yangi yerlar o‘zlashtirildi. Yerlarni o‘zlashtirish hajmlarini ko‘paytirishda kapital mablag‘larning asosiy qismi  – 80  – 90 foizi yangi qurilishga, oz qismi esa eskidan sug‘orilib kelinayotgan ekinzorlarning meliorativ holatini ushlab turish va yaxshilashga qaratildi.

O‘zbekiston sug‘oriladigan maydon, qishloq xo‘jaligi yalpi maxsulotining qiymati, suvdan foydalanish bo‘yicha mintaqada yetakchi o‘rinni va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi – har gektar yerdan olinadigan foyda, fond samaradorligi, sarflangan suvning har 1000 kub metri hisobiga foyda bo‘yicha esa, oxirgi o‘rinni egallab keldi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish va suv xo‘jaligi qurilishiga berilib ketish ishlab chiqarish fondlarini keskin o‘stirishga olib keldi; 1 gektar yer hisobiga asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik oshdi, lekin fond samaradorligi kamaydi.

Ma’lumki, ishlanadigan yer maydonlarining o‘sishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish ma’nosida ma’lum ijobiy samara berdi. Ammo u shu bilan birga tuproqqa o‘z salbiy ta’sirini kuchaytirdi, dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari o‘sishidan past bo‘lib qoldi. Uzoq yillar mobaynida asosiy e’tibor yerlarning sifat holatini yaxshilashga qaratilmadi, natijada qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazildi; yerlar botqoqlashdi, sho‘r bosdi, eroziya kuchaydi, tuproq unumdorligi pasaydi.

Bunga ko‘p jihatdan paxta yakkahokimligi sababchidir. Mustaqillikkacha paxta maydonlarini eniga va bo‘yiga kengaytirish davom etdi. Natijada respublikada suv taqchilligi muammosi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston sug‘orma dehqonchilik madaniyatiga asoslangan bo‘lib, suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash va sug‘orishga sarflanadi.





Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish