Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet43/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Umumiy er maydoni

44892,4

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar

20174,0

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

4205,8

Jami qishloq xo‘jaligi erlari

15483,4

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

3708,8

Haydaladigan erlar

4014,8

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

3265,6

Ko‘p yillik o‘simliklar

371,2

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

357,5

Pichanzorlar va yaylovlar

11020,6

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

40,6

Bo‘z erlar

76,8

Shu jumladan:




Sug‘oriladigan erlar

45,1

Jami qishloq xo‘jaligi yerlarining 71,2 foizini pichanzorlar va yaylovlar, 25,9 foizini haydaladigan erlar, 2,4 foizini ko‘p yillik o‘simliklar va 0,5 foizini bo‘z erlar tashkil etadi.

Umumiy yer maydoni – O‘zbekiston Respublikasi chegarasi doirasidagi barcha yer maydonlari. Bunga qishloq xo‘jaligi yerlari, aholi yashash punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, rekreatsiya va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan, shuningdek, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega, o‘rmon va suv fondi, zaxira yerlar kiradi.

Keyingi yillarda yerga egalik shakllari kengaydi. Ilgari qishloq xo‘jaligi korxonalari qishloq xo‘jaligi tasarrufidagi yerlarning 90 foizidan foydalanar edi. Qolgan yerlar qishloq xo‘jalik kooperativ korxona va tashkilotlari, xo‘jaliklararo korxonalar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga tegishli edi. Dehqon, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridagi ulushi muttasil o‘sib bormoqda. Ammo respublikada yer xususiy bo‘la olmaydi. Uning haqiqiy egasi davlat bo‘lib, u bu yerlarni fermer va dehqon xo‘jaliklariga, shaxslarga foydalanish uchun berib qo‘ygan. Hozirgi vaqtda shudgorlab ekin ekiladigan maydonlarning 65,7 ming gektari (1,6 foiz) qishloq xo‘jalik korxonalariga, 480 ming gektari (12,0 foiz) dehqon va 3469,1 ming gektari (86,4 foiz) fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan.

Bu xo‘jaliklar, shaxslar o‘zlari foydalanib turgan yerlarni sotishi yoki sotib olishi mumkin emas. Faqat uzoq yoki qisqa muddatli ijaraga berishlari mumkin. Yerdan bunday foydalanishning sababi O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda ekin maydonlarining cheklanganligidir, chunki dehqonchilik tarixan sug‘orish madaniyatiga asoslangan. Suv resurslarining cheklanganligi o‘zlashtirishga yaroqli yer fondidan to‘la foydalana olmaslikning asosiy sababidir.

Umumiy ekin maydonining 2016 yilda 45,6 foiziga donli ekinlar, qariyb 36,0 foiziga texnika ekinlari ekiladi. Shundan, texnika ekini hisoblangan paxta ekiladigan yer maydoni 33,8 foizni tashkil etadi. Ozuqa ekinlari ekiladigan yer maydoni 9 foizni, sabzavot yetishtiriladigan yer maydoni 5,5 foizni tashkil etadi.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni o‘smadi, balki kamaydi. Faqatgina 2010  –  2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni 71,6 gektarga qisqardi. Ekin maydonlarining qisqarishi bundan keyin ham davom etishi mumkin, chunki sanoat va uy-joy, maishiy, yo‘l qurilishlari hisobiga bu tendensiya o‘z kuchini saqlab qoladi. Ekstensiv taraqqiyot o‘z imkoniyatlarini tugallab bormoqda. Keyingi yillarda don ekinlari hisobiga paxta maydonlari ancha qisqardi. Garchi don ekin maydonlari o‘sishiga qaramasdan, barcha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining o‘sishida jiddiy siljish bo‘lmadi, chunki barcha ekin maydonlari ulushi qisqardi.

Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni – doimiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazish uchun foydalaniladigan yerlar. Unga haydalib ekin ekiladigan, bo‘z yerlar, ko‘p yillik daraxtlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari ijaraga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga doimiy va vaqtincha foydala­nish uchun fermer va dehqon xo‘jaliklariga biriktirib qo‘yilgan.

O‘zbekistonning yer resurslari xilma-xil. Qizilqum va boshqa cho‘llarda cho‘l-qum tuproqlari katta maydonni egallaydi. Bunday tuproqlar asosan qumdan iborat bo‘lib, zich qat­lam hosil qilmaydi, chirindi (gumus) qismi 1 foizga ham yetmaydi. O‘zbekistonning tekislik qismidagi cho‘l zonasida sur-qo‘ng‘ir, cho‘l-qum, taqir tuproqli yerlar uchraydi.

Eng xarakterli tuproq bo‘z tuproqdir. U uch xil – och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘ladi. Tipik va to‘q tusli tuproqning chirindisi ko‘proq – 3 –  4 foiz. Ustyurt, Qizilqum, Qarshi cho‘llari asosan sur-qo‘ng‘ir tuproqdan iborat bo‘lib, ularda chirindi kam. Shuningdek, taqir tuproqli yerlarda ham chirindi kam. Qumli cho‘llarning pastqam tekisliklarida taqirlar uchraydi. Bo‘z tup­roqli mintaqadan yuqorida, dengiz sathidan 1200  –  2800 m balandlikda jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproq­lari, undan ham balandroq qismlarda esa och tusli qo‘ng‘ir o‘tloqi dasht tuproqlari uchraydi. Tog‘ oldidagi tekisliklarda va daryo vodiylarida sho‘rxoklar, o‘tloqi tuproqlar va botqoq tuproqlar uchraydi.

O‘zbekistonning cho‘l yaylovlari katta maydonni egallaydi. Bu cho‘l yaylovlari sur-qo‘ng‘ir, qum va qumli tuproqlardan iborat. Bu yerlarning taxminan yarmi sug‘orishga yaroqli yerlardir.

Sug‘oriladigan madaniy tuproqlar alohida tipni tashkil etadi. Respublika umumiy yer maydonining 3708,8 ming gektarida sug‘orib dehqonchilik qilinadi. Bu qishloq xo‘jaligi umumiy yer maydonining 23,5 foizi demakdir. Qolgan qismi lalmi yerlar, yaylov va ozroq qismi tog‘ o‘rmonzorlaridan iborat.

Sug‘oriladigan maydonlar dasht va bo‘z yerlarda joylashgan. Sug‘oriladigan yerlarning 60 foizini avtomorf tuproqlar tashkil etadi. Ular yirik daryolarning deltalari va o‘zlashtirilgan vodiylar, shuningdek, tog‘oldi tekisliklaridan iborat. Mirzacho‘l va boshqa zonalarda sug‘orish natijasida yerosti suvlari ko‘tarilib, hozir tuproq gidromorf holatidadir.

Sug‘oriladigan yerlarning katta qismi Farg‘ona vodiysida, Zarafshon vodiysida va Amudaryo quyi oqimini egallagan. Lalmi yerlarning katta maydonlari Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning yer resurslarini uch toifaga bo‘lish mumkin: 1) tekislikdagi tuproqlar – sur-qo‘ng‘ir, cho‘l-qum taqirlar, taqir tuproqlar, o‘tloqi tuproqlar, botqoq va botqoq-o‘tloqi tuproqlar, sho‘rxoklar, o‘tloqi voha;

2) tog‘ tuproqlari – kulrang (bo‘z) yerlar, jigarrang tuproqlar, qora-qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlari, rangli-qo‘ng‘ir baland tog‘ tuproqlari;

3) sug‘oriladigan madaniy tuproqlar.

Sug‘oriladigan yerlar mamlakatning oltin fondi hisoblanadi.

Yer resurslarini boshqarish davlat yer siyosati orqali amalga oshiriladi. Uning maqsadi mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ajralmas sharti bo‘lgan yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish samaradorligini oshirish orqali aholi turmush farovonligini yaxshilashdan iboratdir. Hozirgi davrdagi asosiy vazifa yerga egalik munosabatlarini va yerdan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini tartibga so­lishni takomillashtirishdir.

Yer resurslarini boshqarish va yer munosabatlarini takomillashtirish mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga olib, xuddi ana shu mexanizmlar orqali davlat yer siyosatining maqsad va vazifalari yuzaga chiqadi:

– davlat yer siyosatini formallashtiradigan (rasmiylashtiradigan) va yer munosabatlarini qayta qurishni me’yoriy-huquqiy tartibga solishni ta’minlaydigan qonuniy asosni takomillashtirish;

– yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruv xizmatlari tarkibini rivojlantirish;

– davlat yer siyosati doirasida yuridik, iqtisodiy va texnik tadbirlar tartiboti sifatida yer qurilishini amalga oshirish;

– yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha kelib chiqqan kelishmovchiliklarni mavjud qonunchilik asosida hal qilish maqsadida davlat yer nazoratini kuchaytirish;

– axborot va ro‘yxatga olish tartiboti sifatida zamonaviy davlat yer kadastrini yaratish va joriy qilish. Bu tartib, o‘z navbatida, yer resurslarini boshqarish mexanizmi barcha unsurlarining amal qilish va rivojlanishini ta’minlaydi.

So‘nggi yillarda fermerlar uchun ijara mulki huquqi asosida ajratiladigan yer maydonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bu, avvalo, sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida, suv taqchilligi va yerlarning aksariyat qismi kuchli sho‘rlangan bir vaziyatda turli hududlar ekin maydonlari amalda tuproq unumdorligi va yer boniteti bo‘yicha keskin farq qilishi bilan bog‘liq.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 martdagi 47-sonli “Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish yakunlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 66134 ta fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.

2017 yil 1 yanvar holatiga, faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining soni 132356 tani tashkil etib, ularga biriktirilgan umumiy yer maydoni 5806,2 ming gektarga teng bo‘ldi va bitta fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 43,9 gektar yer maydoni to‘g‘ri keldi

Hukumatning 2020-yilgacha paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartirish mo‘ljallariga muvofiq, 170 ming 500 gektar sug‘oriladigan yer paxtadan bo‘shashi rejalashtirilmoqda. Gap, hosildorligi 12  –15 sentnerdan oshmaydigan past bonitetli, asosan sho‘r­langan, shuningdek, paxta yetishtirishga yaroqsiz bo‘lgan tog‘oldi yerlar haqida bormoqda.

Paxtadan bo‘shagan ekin maydonlarida, avvalo, sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‘-moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi.

Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020-yilda boshoqli don yetishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga yetkazish, kartoshka yetishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go‘sht yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish iqtisodiyot tarmoq va sohalari o‘rtasida yer resurslarini maqsadga muvofiq taqsimlash, barcha sektorlarda undan foydalanish natijalarini jiddiy yaxshilash bilan bog‘liq. Xo‘jalik yuritish faoliyati jarayonida bosh yo‘nalish yerlarni taqsimlashda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini maksimal tartibga solish, uning tarkibini takomillashtirishdan iborat. Ammo yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydi. Mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish sanoat, transport, uy-joy, qurilish va rekreatsion maqsadlarga, shuningdek, ishlab chiqarish infratu­zilmasi tarmoqlari uchun ham yangi yerlarni ajratishni taqozo etadi.

Yer resurslaridan foydalanish nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va «Yergeodezkadastr» Davlat qo‘mitasiga yuklatilgan.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish