Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Mineral xomashyo resurslaridan foydalanish



Download 1,39 Mb.
bet39/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

5.3. Mineral xomashyo resurslaridan foydalanish
Topilgan va sanoat o‘zlashtirishiga tayyorlangan rangli, nodir va asl metallar, yoqilg‘i-energetika, tog‘-ruda, tog‘-kimyo, rangli tosh xomashyosi, qurilish materiallari va yerosti suvlari zaxiralari asosida respublikada yuzlab neft-gaz sanoat kor­xonalari, konlar, shaxta va karyerlar, suv bilan davolaydigan shifoxonalar ishlab turibdi. Olmaliq va Navoiy tog‘-metallurgiya, Sho‘rtan gaz-kimyo, Ohangaron, Navoiy, Bekobod sement, Angren ko‘mir koni va boshqa qudratli sanoat majmualari ishlab turibdi. Ular mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Boy tabiat resurslarining mavjudligi, so‘zsiz, rivojlanishning jiddiy ijobiy omili hisoblanadi. Ular mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga hozirgi zamon globallashuv sharoitida uning mehnat taqsimotidagi o‘rniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Boy tabiiy resurslarga ega mamlakatlar qatoriga MDHda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon kiradi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qatar, Bruney kabi ayrim mamlakatlarda ular milliy boylikning asosiy qismini tashkil etadi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Bu borada ikkita vaziyatni hisobga olish lozim. Birinchidan, qazilma boyliklarning zaxiralari iqtisodiy rivojlanishning muhim, ammo hal qiluvchi unsuri emas. Buni jahon tajribasi isbotlab turibdi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy ustunligi ular hududining qazilma boyliklarga qashshoqligi sharoitida ta’minlanib kelinmoqda. Yaponiya, Isroil, Shveysariya va Koreya Respublikasida qazilma boyliklar deyarli yo‘q. Qazilma boyliklarning yo‘qligi ularni keng sur’atda import qilish hisobiga qoplanadi. Ular asosiy xomashyosini Avstraliya, Kanada va Yaqin Sharq mamlakatlaridan sotib oladi. Uzoq Sharq mamlakatlariga neft va suyultirilgan gaz Yaqin Sharqdan ulkan tankerlarda tashib kelinadi.

Rivojlangan mamlakatlarning korporatsiyalari (katta foyda hisobiga, albatta) tabiiy resursga boy mamlakatlardagi qazilma boyliklarni qidirish, ishga tushirish va ulardan foydalanish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Bu borada O‘zbekiston ham Rossiya va bir qancha rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Ikkinchi tomondan, Afrika va Janubiy Amerikaning ko‘pchilik mamlakatlari katta tabiiy resurs zaxiralari bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy qoloqlikda yashab kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti qoloq mamlakatlarning arzon xomashyosini sotib olish, xomashyo resurslari va tayyor mahsulot o‘rtasidagi «baholar qaychisi»dan foydalanishga asoslanib keldi. Va bugun ham shu amaliyot davom etmoqda. Tabiat resurslari ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurash ular tashqi siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

O‘zbekiston hukumati o‘z ichki va tashqi iqtisodiyotini ana shu yuqorida tilga olingan holatlarni hisobga olgan holda amalga oshirmoqda. Avvalo, o‘z ichki imkoniyatlariga va chet el tajribasiga tayanib, yerosti boyliklarini qidirib topish, qazib olish va shu yerning o‘zida chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqda. Ana shu maqsadda mamlakatimizda keyingi yillarda yirik zavod va fabrikalar ishga tushirildi, faoliyatdagilari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi, ularga malakali kadrlar tayyorlandi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy zavodi, o‘nlab qurilish materiallari sanoati obyektlari shular jumlasidandir.

Ma’lumki, mineral xomashyo resurslari faqat bir avlodga tegishli emas. Ularda kelgusi avlodlarning ham haqqi bor. Shuning uchun ham ulardan tejab-tergab, maqsadga muvofiq foydalanish, qazib olish va qayta ishlash chog‘idagi nobudgarchilikni kamaytirish, ularni tayyor mahsulotga aylantirish samaradorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Qolaversa, mineral xomashyo resurslarini pala-partish qazib olish kelgusida katta ekologik talafotlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Kon va quduqlarning chiqindilari va ulardan hosil bo‘lgan uyumlarni qayta ishlab mahsulot hosil qilishning ham ekologik va iqtisodiy ahamiyati katta.

Shunday qilib, mineral xomashyo resurslaridan foydalanishni yaxshilash, bu jarayonning samaradorligini oshirishning O‘zbekistonda bir qator obyektiv sabablari va muammolari mavjud:

– 2025-yilga borib amaldagi ayrim kon va shaxtalar o‘z imkoniyatlarini tugallaydi;

– mamlakatimizda marganesli va xromli rudalar, titan, temir rudasi nisbatan kamyob hisoblanadi. Ularning yangi konlarini qidirib topish va ishga tushirish yoki bu minerallarning o‘rnini bosadiganlarini topish lozim;

– ayrim qidirib topilgan konlarning rentabellik darajasi past, hozirgi sharoitda ularni ishga tushirish bozor sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlay olmasligi mumkin;

– qidirib topilgan ayrim konlar Ustyurt kabi noqulay cho‘l, dasht, tog‘ tabiiy-hududiy zonalarida joylashgan. Ulardagi qazib olish ishlari ko‘p vaqt, mablag‘, malaka talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, ulardan foydalanish xarajatlarini oshiradi;

– qazilma boyliklardan samarali foydalanish investitsiyalar hajmini oshirish, yuqori unumdorlikka ega texnika va texnologiya, ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlariga ehtiyojni kuchaytiradi;

– jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qazilma boyliklarning 30 – 50 foizi qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida nobud bo‘ladi;

– konlar va quduqlarning qashshoqlanib borishi, ulardan xomashyo qazib olish ishlarining borgan sari chuqurlashib va kengayib borishi, chiqindi va uyumlarning oshishi tabiiy hol. Bularning barchasi ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish