11. Mavzu: Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o`quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi.
Mazkur tamoyilga amal qilish o`quvchilarning xohishlariga ko`ra o`quv jadvalidan qo`shimcha fanlarning o`rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o`rgatilishi, fakultativ mashg`ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo`nalishlarda to`garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o`tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.
Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Shuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko`ra bir tipdagi o`quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o`tib o`qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaxarda faoliyat yuritayotgan oliy o`quv yurtidan ikkinchi shaxarda joylashgan oliy o`quv yurtiga o`tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar.
Umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar ta‘limining majburiyligi tamoyili o`zida, birinchidan, fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyojlari, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bililar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko`nikmalari shakllantirish; ikkinchidan, o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabahalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta‘lim olishni ta‘minlash; uchinchidan, o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi
Ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta‘lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo`lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.
Insoniyat mavjud ekan, xar doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi fan yutuqlarini qo`lga kiritib boradi. Ta‘lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta‘minlaydi. Shu bois ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda bo`lishi talab etiladi. Shuningdek, ta‘lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to`g`ri xulosalar chiqarib, kelajakda o`zlarining munosib o`rinlarini topishga zamin yaratadi.
Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |