Turdikulova gulshad nurmamatovnaning



Download 157,26 Kb.
bet7/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Manfaatli xaridlar
34 Ayrim paytlarda, sotib oluvchi manfaatli xaridni amalga oshiradi, ya’ni bu 32(b)-banddagi summa 32(a)-bandda belgilangan summalarning jamidan oshadigan biznes birlashuvini anglatadi. Agarda ushbu ortiqcha qism 36-banddagi talablarni qo’llashdan so’ng ham saqlansa, sotib oluvchi yuzaga keladigan foydani foyda yoki zararda sotib olish sanasida tan olishi lozim. Foyda sotib oluvchiga nisbatan aks ettirilishi lozim.
35 Manfaatli xarid, masalan, sotuvchi majburiylik ostida harakat qiladigan majburiy sotuv bo’lgan biznes birlashuvida sodir bo’lishi mumkin. Biroq, 22-31 bandlarda ko’rib chiqilgan muayyan moddalar uchun tan olish va baholash istisnolari ham manfaatli xarid bo’yicha foydani tan olishga olib kelishi (yoki tan olingan foyda summasini o’zgartirishi) mumkin.

36 Manfaatli xarid bo’yicha foydani tan olishdan oldin, sotib oluvchi barcha sotib olingan aktivlarni va zimmaga olingan majburiyatlarni to’g’ri aniqlaganini qayta ko’rib chiqishi lozim va ushbu ko’zdan kechirishda aniqlanadigan har qanday qo’shimcha aktivlarni yoki majburiyatlarni ban olishi lozim. So’ngra sotib oluvchi quyidagilarning barchasiga nisbatan sotib olish sanasida mazkur MHXS tan olinishini talab etadigan summalarni baholashda foydalaniladigan amallarni ko’zdan kechirishi lozim:


(a) sotib olingan aniqlanadigan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar;
(b) sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulush, agarda mavjud bo’lsa;
(v) bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvlarida, sotib oluvchining sotib olinuvchining kapitaldagi oldin egalik qilgan ulushi; va
(g) o’tkazilgan tovon.
Ko’zdan kechirishning maqsadi shuni ta’minlashdan iboratki, baholashlar sotib olish sanasidagi barcha mavjud ma’lumotlarning mulohazasini o’rinli tarzda aks ettiradi.
O’tkazilgan tovon
37 Biznes birlashuvda o’tkazilgan tovon haqqoniy qiymatda baholanishi lozim va u sotib oluvchi tomonidan o’tkazilgan aktivlarning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatlari, sotib oluvchi tomonidan sotib olinuvchining sobiq mulk egalari oldidagi qabul qilgan majburiyatlari va sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan kapitaldagi ulushlar yig’indisi sifatida hisoblanishi lozim. (Biroq, biznes birlashuvida o’tkazilgan tovonda inobatga olingan sotib olinuvchining xodimlari tomonidan egalik qilingan aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlariga almashtirilgan sotib oluvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov rag’batlarining har qanday qismi haqqoniy qiymatda emas, balki 30-bandga muvofiq baholanishi lozim.) Tovonning potentsial shakllariga misollar pul mablag’ini, boshqa aktivlarni, biznes yoki sotib oluvchining shu’basini, shartli tovonni, oddiy yoki imtiyozli ulushli instrumentlarni, optsionlarni, varrantlarni va o’zaro tadbirkorlik sub’ektilar a’zolarining ulushlarini o’z ichiga oladi.
38 O’tkazilgan tovon sotib oluvchining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatlaridan farq qiladigan balans qiymatlarga ega aktivlari yoki majburiyatlarini o’z ichiga olishi mumkin (masalan, sotib oluvchining nomonetar aktivlari yoki biznesi). Agarda shunday bo’lsa, sotib oluvchi o’tkazilgan aktivlarni yoki majburiyatlarni ularning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatlarida qayta baholashi va yuzaga keladigan foydalar yoki zararlarni, agarda mavjud bo’lsa, foyda yoki zararda tan olishi lozim. Biroq, ayrim hollarda o’tkazilgan aktivlar yoki majburiyatlar biznes birlashuvidan so’ng birlashgan tadbirkorlik sub’ekti ichida qoladi (masalan, bunga sabab aktivlar yoki majburiyatlar sotib olinuvchining sobiq mulk egalariga emas, balki sotib olinuvchiga o’tkazilganidir) va shu tufayli sotib oluvchi ular ustidan nazoratni saqlab qoladi. Bunday holatda, sotib oluvchi ushbu aktivlarni va majburiyatlarni bevosita sotib olish sanasidan oldingi sanadagi ularning balans qiymatlarini baholashi lozim va biznes birlashuvidan oldin va keyin u nazorat qiladigan aktivlar yoki majburiyatlar bo’yicha foyda yoki zararda foyda yoki zararni tan olmasligi lozim.
SHartli tovon
39 Sotib oluvchi sotib olinuvchi evaziga o’tkazadigan tovon shartli tovon kelishuvidan yuzaga keladigan har qanday aktiv yoki majburiyatni o’z ichiga oladi (37-bandga qarang). Sotib oluvchi shartli tovonning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatini sotib olinuvchi evaziga o’tkazilgan tovonning qismi sifatida tan olishi lozim.
40 Sotib oluvchi shartli tovonni to’lash majburiyatini BHXS 32 «Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish» ning 11-bandidagi, yoki boshqa o’rinli MHXS lardagi, ulushli instrument va moliyaviy majburiyatning ta’riflari asosida majburiyat sifatida yoki kapital sifatida tasniflashi lozim. Sotib oluvchi oldin o’tkazilgan tovonni qaytarib olish huquqini aktiv sifatida tasniflashi lozim, agarda belgilangan shartlar qanoatlantirilsa. 58-band shartli tovonning keyingi hisobga olinishi bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi.
Biznes birlashuvlarining muayyan turlariga nisbatan sotib olish usulini qo’llash bo’yicha qo’shimcha yo’riqnoma
Bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvi
41 Sotib oluvchi ayrim paytlarda u kapitalida ulushga ega bo’lgan sotib olinuvchi ustidan nazoratga bevosita sotib olish sanasidan oldin ega bo’ladi. Masalan, 20X1 yil 31 dekabrda, Tadbirkorlik sub’ekti A Tadbirkorlik sub’ekti B da 35 foiz nazorat qilinmaydigan ulushga ega. Ushbu sanada, Tadbirkorlik sub’ekti A Tadbirkorlik sub’ekti B dagi qo’shimcha 40 foiz ulushni sotib oladi va bu unga Tadbirkorlik sub’ekti B ustidan nazoratni taqdim etadi. Mazkur MHXS da bunday operatsiyaga bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvi sifatida, ba’zida bosqichli sotib olish sifatida ham, murojaat etiladi.
42 Bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvida, sotib oluvchi o’zining sotib olinuvchi kapitaldagi oldingi ulushini sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatda qayta baholashi va yuzaga keladigan foyda yoki zararni, agarda mavjud bo’lsa, foyda yoki zararda yoki boshqa umumlashgan daromadda, o’rinli tarzda tan olishi lozim. Oldingi hisobot davrlarida, sotib oluvchi o’zining sotib olinuvchi kapitaldagi ulushining qiymatidagi o’zgarishlarni boshqa umumlashgan daromadda tan olgan bo’lishi mumkin. Agarda shunday bo’lsa, boshqa umumlashgan daromadda tan olingan summa shunday asosda tan olinishi lozimki, qaysiki talab etilgan bo’lar edi agarda sotib oluvchi oldin egalik qilingan kapitaldagi ulushni bevosita sotganda edi.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish