Turdikulova gulshad nurmamatovnaning



Download 157,26 Kb.
bet15/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

nomoddiy kativ

Jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan aniqlanadigan nomonetar aktivdir.

o’zaro tadbirkorlik sub’ekti

Investor-egaligidagi tadbirkorlik sub’ektidan tashqari boshqa tadbirkorlik sub’ekti bo’lib, u o’zining mulk egalariga, a’zolariga yoki ishtirokchilariga dividendlarni, kamroq xarajatlarni yoki boshqa iqtisodiy naflarni ta’minlaydi. Masalan, o’zaro sug’urta kompaniyasi, kredit uyushmasi va shirkat tadbirkorlik sub’ektii bularning barchasi o’zaro tadbirkorlik sub’ektilardir.

nazorat qilinmaydigan ulush

Bevosita yoki bilvosita, bosh tashkilotga nisbatan aks ettirilmaydigan shu’ba tadbirkorlik sub’ektiidagi kapital.

mulk egalari

Mazkur MHXS ning maqsadlarida, mulk egalari investor-egaligidagi tadbirkorlik sub’ektilarning kapitalidagi ulushlarning egalarini va o’zaro tadbirkorlik sub’ektilarning mulk egalarini yoki a’zolarini yoki ishtirokchilarini qamrab olish uchun keng ma’noda qo’llanilgan.


B-ilova
Qo’llash yo’riqnomasi

Mazkur ilova MHXS ning ajralmas qismidir.
Umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarning biznes birlashuvlari (2(v)-bandni qo’llash)
B1 Mazkur MHXS umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarning yoki bizneslarning biznes birlashuviga nisbatan qo’llanilmaydi. Umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarni yoki bizneslarni qamrab oladigan biznes birlashuvi shunday biznes birlashuvidirki, bunda barcha birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilar yoki bizneslar pirovardida biznes birlashuvidan ham oldin ham keyin aynan bir tadbirkorlik sub’ekti yoki tomonlar tomonidan nazorat qilinadi va ushbu nazorat vaqtinchalik hisoblanmaydi.
B2 SHaxslar guruhi tadbirkorlik sub’ektini nazorat qiladigan sifatida hisoblanishi lozim, qachonki ular birgalikda, shartnomaviy kelishuvlar natijasida, uning faoliyatlaridan naflarga ega bo’lish uchun uning moliyaviy va operatsion siyosatlarini boshqarish vakolatiga ega bo’lsa. SHu tufayli, qachonki shaxslarning aynan bir guruhi, shartnomaviy kelishuvlar natijasida, tadbirkorlik sub’ektilarning faoliyatlaridan naflarga ega bo’lish uchun birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning har birining moliyaviy va operatsion siyosatlarini boshqarish bo’yicha pirovardda birgalikdagi vakolatga ega bo’lganda, biznes birlashuvi mazkur MHXS ning qo’llash doirasidan tashqarida bo’ladi va ushbu pirovard birgalikdagi vakolat vaqtinchalik hisoblanmaydi.
B3 Tadbirkorlik sub’ekti shaxs yoki shartnomaviy kelishuv asosida birgalikda faoliyat yuritayotgan shaxslar guruhi tomonidan nazorat qilinishi mumkin va ushbu shaxs yoki shaxslar guruhiga nisbatan MHXSlarning moliyaviy hisobot talablari qo’llanilmasligi bo’lmasligi mumkin. SHu tufayli, biznes birlashuvi umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarni qamrab oladigan biznes birlashuvi sifatida hisoblanishi uchun birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilar aynan bir jamlangan moliyaviy hisobotlarning qismi sifatida inobatga olinishi zarur emas.
B4 Biznes birlashuvidan oldin va keyin birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning har biridagi nazorat qilinmaydigan ulushlarning ko’lami birlashuv umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarni qamrab olishi yoki olmasligini aniqlash uchun o’rinli emas. Xuddi shuningdek, birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning biri jamlangan moliyaviy hisobotlardan chiqarilgan shu’ba tadbirkorlik sub’ektii bo’lishining dalili birlashuv umumiy nazoratdagi tadbirkorlik sub’ektilarni qamrab olishi yoki olmasligini aniqlash uchun o’rinli emas.
Biznes birlashuvini belgilash (3-bandni qo’llash)
B5 Mazkur MHXS biznes birlashuvni sotib oluvchi bir yoki undan ortiq bizneslar ustidan nazoratga ega bo’ladigan operatsiya yoki boshqa hodisa sifatida ta’riflaydi. Sotib oluvchi turli yo’llar orqali sotib olinuvchi ustidan nazoratga ega bo’lishi mumkin, masalan:
(a) pul mablag’i, pul mablag’i ekvivalentlari yoki boshqa aktivlarni (jumladan biznesni tashkil etadigan sof aktivlarni) o’tkazish orqali;
(b) majburiyatlarni qabul qilish orqali;
(v) kapitaldagi ulushlarni chiqarish orqali;
(g) tovonning bir ortiq turini ta’minlash orqali; yoki
(d) tovonni o’tkazmasdan, jumladan shartnomaning o’zi orqali (43-bandga qarang).
B6 Biznes birlashuvi yuridik, soliq yoki boshqa sabablar tufayli turli usullarda tashkil etilishi mumkin bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo bu bilan cheklanib qolmaydi:
(a) bir yoki undan ortiq bizneslar sotib oluvchining shu’ba tadbirkorlik sub’ektilariga aylanadi yoki bir yoki undan ortiq bizneslarning sof aktivlari sotib oluvchiga yuridik tarzda qo’shiladi;
(b) bir birlashadigan tadbirkorlik sub’ekti o’zining sof aktivlarini, yoki uning mulk egalari o’zlarining kapitaldagi ulushlarini, boshqa birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiga yoki uning mulk egalariga o’tkazadi;
(v) barcha birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilar o’zlarining sof aktivlarini, yoki ushbu tadbirkorlik sub’ektilarning mulk egalari o’zlarining kapitaldagi ulushlarini, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektiga (ba’zida yig’ish yoki birlashtirish operatsiyasi ham deyiladi) o’tkazadilar; yoki
(g) birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilardan birining sobiq mulk egalarining guruhi birlashgan tadbirkorlik sub’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi.
Biznes ta’rifi (3-bandni qo’llash)
B7 Biznes qo’yilmalardan va mahsullarni yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan holda ushbu qo’yilmalarga nisbatan qo’llaniladigan jarayonlardan iboratdir. Bizneslar odatda mahsullarga ega bo’lsalarda, mahsullar umumlashgan to’plamni biznes sifatida tasniflash uchun talab etilmaydi. Biznesning uch jihatlari quyidagicha ta’riflanadi:
(a) Qo’yilma: Har qanday iqtisodiy resurs bo’lib, u mahsullarni yaratadi, yoki yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi, qachonki bir yoki undan ortiq jarayonlar ularga nisbatan qo’llanilganda. Ularga misollar sifatida uzoq muddatli aktivlarni (jumladan nomoddiy aktivlarni yoki uzoq muddatli aktivlardan foydalanish huquqlarini), intellektual mulkni, zaruriy materiallardan yoki huquqlardan foydalanish huquqlariga ega bo’lish imkoniyatini va xodimlarni keltirish mumkin.
(b) Jarayon: Har qanday tizim, standart, majlis bayoni, kelishuv yoki qoida bo’lib, u qo’yilmaga yoki qo’yilmalarga nisbatan qo’llanilganda mahsullarni yaratadi, yoki yaratish imkoniyatiga egadir.Ularga misollar sifatida strategik boshqaruv jarayonlarini, operatsion jarayonlarni va resurslarni boshqarish jarayonlarini keltirish mumkin. Ushbu jarayonlar odatda hujjatlashtiriladi, ammo qoidalarga va kelishuvlarga rioya etgan holda zaruriy ko’nikmalarga va tajribaga ega tashkil etilgan ishchi kuchi zaruriy shunday jarayonlarni ta’minlashi mumkinki, qaysiki mahsullarni yaratish uchun qo’yilmalarga nisbatan qo’llaniladigan imkoniyatga egadir. (Buxgalteriya, hisobni taqdim etish, ish haqini to’lash va boshqa ma’muriy tizimlar odatda mahsullarni yaratishda foydalaniladigan jarayonlar hisoblanmaydi.)
(v) Mahsul: qo’yilmalar va ushbu qo’yilmalarga nisbatan qo’llaniladigan jarayonlarning natijasi bo’lib, bunda qo’yilmalar va jarayonlar investorlarga yoki boshqa mulk egalariga, a’zolarga yoki ishtirokchilarga dividendlar, kamroq xarajatlar yoki boshqa iqtisodiy naflar shaklidagi daromadni ta’minlaydi yoki ta’minlash imkoniyatiga egadir.
B8 Beliglangan maqsadlar uchun amalga oshirilish va boshqarilish imkoniyatiga ega bo’lish uchun, faoliyatlarning va aktivlarning umumlashgan to’plami ikkita asosiy jihatlarni - qo’yilmalar va ushbu qo’yilmalarga nisbatan qo’llaniladigan jarayonlarni - talab etadi va ulardan birgalikda mahsullar yaratish uchun foydalaniladi. Biroq, biznes sotuvchi ushbu biznesni amalga oshirishda foydalangan barcha qo’yilmalarni yoki jarayonlarni o’z ichiga olishi shart emas, agarda bozor ishtirokchilari biznesni sotib olish va mahsullar ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyatiga, masalan, biznesni o’zlarining qo’yilmalari va jarayonlari bilan birlashtirish orqali ega bo’lsalar.
B9 Biznes jihatlarining xususiyati sohaga qarab va tadbirkorlik sub’ektining operatsiyalarining (faoliyatlarining) tuzilishiga qarab, jumladan tadbirkorlik sub’ektining rivojlanish bosqichiga qarab o’zgaradi. Tashkil etilgan bizneslar ko’p hollarda har xil turdagi ko’pgina qo’yilmalarga, jarayonlarga va mahsullarga ega bo’ladi, yang bizneslar esa ko’p hollarda kamroq qo’yilmalarga va jarayonlarga va ba’zida faqatgina yagona mahsulga (mahsulotga) ega bo’ladi. Deyarli barcha bizneslar majburiyatlarga ham egadirlar, ammo biznes majburiyatga ega bo’lishi shart emas.
B10 Faoliyatlarning va aktivlarning rivojlanish bosqichidagi umumlashgan to’plami mahsullarga ega bo’lmasligi mumkin. Agarda mahsul bo’lmasa, sotib oluvchi to’plam biznes ekanligini aniqlash uchun boshqa omillarni ko’rib chiqishi kerak. Ushbu omillar quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo bular bilan cheklanib qolmaydi:
(a) to’plam rejalashtirilgan asosiy faoliyatlarni boshlaganini;
(b) to’plam xodimlarga, intellektual mulkka va boshqa qo’yilmalarga va ushbu qo’yilmalarga nisbatan qo’llanilishi mumkin bo’lgan jarayonlarga ega bo’lishini;
(v) to’plam mahsullarni ishlab chiqarish rejasini tuzayotganligini; va
(g) to’plam mahsullarni xarid qiladigan mijozlar bilan muloqotga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishini.
Ushbu omillarning barchasi ham faoliyatlarning va aktivlarning rivojlanish bosqichidagi muayyan umumlashgan to’plamini biznes sifatida tasniflanish uchun mavjud bo’lishi zarur emas.
B11 Aktivlarning va faoliyatlarning umumlashgan to’plamining biznes ekanligini aniqlash umumlashgan to’plam biznes sifatida bozor ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi va boshqarilishi mumkin bo’lishiga asoslanishi kerak. Demak, muayyan to’plamning biznes ekanligini baholashda, sotuvchi to’plamni biznes sifatida boshqarganini yoki sotib oluvchi to’plamni biznes sifatida boshqarishni ko’zlashini ko’rib chiqish o’rinli bo’lmaydi.
B12 Bunga zid dalil mavjud bo’lmaganda, gudvill mavjud bo’lgan aktivlarning va faoliyatlarning muayyan umumlashgan to’plami biznes deb faraz qilinishi lozim. Biroq, biznes gudvillga ega bo’lishi shart emas.
Sotib oluvchini belgilash (6 va 7-bandlarni qo’llash)
B13 MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» dagi yo’riqnomadan sotib oluvchini – sotib olinuvchi ustidan nazoratga ega bo’ladigan tadbirkorlik sub’ektini – belgilashda foydalanish lozim. Agarda biznes birlashuvi sodir bo’lsa, ammo MHXS 10 dagi yo’riqnomani qo’llash birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning qaysi biri sotib oluvchi ekanligini aniq ko’rsatmasa, B14-B18 bandlardagi omillar ushbu qarorni qabul qilishda ko’rib chiqilishi lozim.
B14 Asosan pul mablag’i yoki boshqa aktivlarni o’tkazish orqali yoki majburiyatlarni qabul qilish orqali amalga oshirilgan biznes birlashuvida, sotib oluvchi bo’lib odatda pul mablag’i yoki boshqa aktivlarni o’tkazadigan yoki majburiyatlarni qabul qiladigan tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi.
B15 Kapitaldagi ulushlarni ayirboshlash orqali amalga oshirilgan biznes birlashuvida, sotib oluvchi bo’lib odatda o’zining kapitaldagi ulushlarini emissiya qiladigan tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi. Biroq, umumiy ma’noda «qayta sotib olishlar» deb nomlanadigan ayrim biznes birlashuvlarida, emissiya qiladigan tadbirkorlik sub’ekti bo’lib sotib olinuvchi hisoblanadi. B19-B27 bandlar qayta sotib olishlarni hisobga olish bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi. Boshqa o’rinli dalillar va holatlar ham kapitaldagi ulushlarni ayirboshlash orqali amalga oshirilgan biznes birlashuvida sotib oluvchini belgilashda ko’rib chiqilishi lozim, jumladan:
(a) biznes birlashuvidan keyin birlashgan tadbirkorlik sub’ektidagi nisbiy ovoz berish huquqlari – Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, bunda uning mulk egalari guruh sifatida birlashgan tadbirkorlik sub’ektida ovoz berish huquqlarining eng yirik qismini saqlab qoladi yoki qabul qiladi. Mulk egalarining qaysi guruhi ovoz berish huquqlarining eng yirik qismini saqlab qolishini yoki qabul qilishini aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti har qanday g’ayrioddiy yoki maxsus ovoz berish kelishuvlari va optsionlari, varrantlar yoki konvertatsiyalanadigan qimmatli qog’ozlar mavjudligini ko’rib chiqishi lozim.
(b) boshqa hech qaysi bir mulk egasi yoki mulk egalarining tashkiliy guruhi yirik ovoz berish ulushiga ega bo’lmaganda, birlashgan tadbirkorlik sub’ektida yirik kamchilik ovoz berish ulushining mavjudligi – Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, bunda uning yagona mulk egasi yoki mulk egalarining tashkiliy guruhi birlashgan tadbirkorlik sub’ektidagi yirik kamchilik ovoz berish ulushiga ega bo’ladi.
(v) birlashgan tadbirkorlik sub’ekti boshqaruv organining tarkibi – Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, bunda uning mulk egalari birlashgan tadbirkorlik sub’ekti boshqaruv organining ko’pchilik a’zolarini saylash yoki tayinlash yoki ozod etish vakolatiga ega bo’ladilar.
(g) birlashgan tadbirkorlik sub’ektining yuqori rahbariyatining tarkibi – Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, bunda uning (sobiq) rahbariyati birlashgan tadbirkorlik sub’ektining rahbariyatida ustunlikka ega bo’ladi.
(d) kapitaldagi ulushlarni ayirboshlash shartlari – Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, qaysiki boshqa birlashadigan tadbirkorlik sub’ektining yoki tadbirkorlik sub’ektilarning kapitaldagi ulushlarining birlashishdan oldingi haqqoniy qiymati ustiga mukofot to’laydi.
B16 Sotib oluvchi odatda shunday birlashadigan tadbirkorlik sub’ektiki, bunda uning (masalan aktivlarda, daromadlarda yoki foydada baholangan) nisbiy hajmi boshqa birlashadigan tadbirkorlik sub’ekti yoki tadbirkorlik sub’ektilar hajmidan ahamiyatli tarzda yirikroqdir.
B17 Ikkitadan ortiq tadbirkorlik sub’ektilarni qamrab oladigan biznes birlashuvida, sotib oluvchini aniqlash, shu o’rinda, birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning qaysi biri birlashish tashabbusi bilan chiqqanligini hamda birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning nisbiy hajmlarini ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi.
B18 Biznes birlashuvini amalga oshirishdan shakllangan yangi tadbirkorlik sub’ekti sotib oluvchi bo’lishi shart emas. Agarda yangi tadbirkorlik sub’ekti biznes birlashuvini amalga oshirishda kapitaldagi ulushlarni chiqarish uchun shakllangan bo’lsa, biznes birlashuvidan oldin mavjud bo’lgan birlashadigan tadbirkorlik sub’ektilarning biri B13-B17 bandlardagi yo’riqnomani qo’llash orqali sotib oluvchi sifatida belgilanishi lozim. Aksincha, tovon sifatida pul mablag’ini yoki boshqa aktivlarni o’tkazadigan yoki majburiyatlarni qabul qiladigan yangi tadbirkorlik sub’ekti sotib oluvchi bo’lishi mumkin.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish