Turdikulova gulshad nurmamatovnaning


Ma’lumotlarni ochib berish



Download 157,26 Kb.
bet11/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Ma’lumotlarni ochib berish
59 Sotib oluvchi o’zining moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga quyidagi davrlarda sodir bo’ladigan biznes birlashuvining xususiyatini va moliyaviy ta’sirini baholashga imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi lozim:
(a) joriy hisobot davri mobaynida; yoki
(b) hisobot davri oxiridan keyin ammo moliyaviy hisobotlarni chop etishga ruxsat berilishidan oldin.
60 59-banddagi maqsadga erishish uchun, sotib oluvchi B64-B66 bandlarda belgilangan ma’lumotlarni ochib berishi lozim.

61 Sotib oluvchi o’zining moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilarga joriy davrda yoki oldingi hisobot davrlarida sodir bo’lgan biznes birlashuvlariga tegishli bo’lgan holda, joriy hisobot davrida tan olingan to’g’rilanishlarning moliyaviy ta’sirlarini baholashga imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi lozim.


62 61-banddagi maqsadga erishish uchun, sotib oluvchi B67-bandda belgilangan ma’lumotlarni ochib berishi lozim.
63 Agarda mazkur va boshqa MHXSlar orqali talab etilgan muayyan ochib berishlar 59 va 61-bandlarda belgilangan maqsadlarni qanoatlantirmasa, sotib oluvchi ushbu maqsadlarga erishishda zarur bo’lgan har qanday qo’shimcha ma’lumotlarni ochib berishi lozim.
Kuchga kirish sanasi va o’tish sharti
Kuchga kirish sanasi
64 Mazkur MHXS sotib olish sanasi 2009 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi birinchi yillik hisobot davrining boshidan va undan keyin bo’lgan biznes birlashuvlariga nisbatan prospektiv tarzda qo’llaniladi. Muddatidan oldin qo’llashga ruxsat etiladi. Biroq, tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS ni faqatgina 2007 yil 30 iyundan boshlanadigan va undan keyingi yillik hisobot davrining boshida qo’llashi lozim. Agarda tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS ni uning kuchga kirish sanasidan oldin qo’llasa, u ushbu dalilni ochib berishi lozim va bir vaqtni o’zida BHHS 27 (2008 yilda o’zgartirilgan) ni qo’llashi lozim.
64A [O’chirilgan]
64B 2010 yil may oyida chop etilgan MHXSlarga Takomillashtirishlar ga asosan 19, 30 va B56-bandlar o’zgartirildi va B62A va B62B-bandlar qo’shildi. Tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni 2010 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlar uchun qo’llashi lozim. Muddatidan oldin qo’llashga ruxsat etiladi. Agar tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni oldingi davr uchun qo’llasa, u ushbu dalilni ochib berishi lozim. Qo’llash tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXS ni birinchi marta qo’llagan sanadan boshlab prospektiv bo’lishi lozim.
64V 2010 yil may oyida chop etilgan MHXSlarga Takomillashtirishlar ga asosan 65A–65D bandlar qo’shildi. Tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni 2010 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlar uchun qo’llashi lozim. Muddatidan oldin qo’llashga ruxsat etiladi. Agar tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni oldingi davr uchun qo’llasa, u ushbu dalilni ochib berishi lozim. O’zgarishlar 2008 yilda chop etilgan mazkur MHXS ning qo’llanilishigacha bo’lgan sotib olish sanasiga ega biznes birlashuvlaridan yuzaga keladigan shartli tovon qoldiqlariga nisbatan qo’llanilishi lozim.
64G 2010 yil oktyabr oyida chop etilgan MHXS 9 ga asosan 16, 42, 53, 56 va 58(b)-bandlar o’zgartirildi, 64A-band o’chirildi. Qachon tadbirkorlik sub’ekti 2010 yil oktyabr oyida chop etilgan MHXS 9 ni qo’llasa, u mazkur o’zgarishlarni qo’llashi lozim.
64D 2011 yil may oyida chop etilgan MHXS 10 ga asosan 7, B13, B63(d)-bandlar va A-ilova o’zgartirildi. Qachon tadbirkorlik sub’ekti MHXS 10 qo’llasa, u mazkur o’zgarishlarni qo’llashi lozim.
64E 2011 yil may oyida chop etilgan MHXS 13 ga asosan 20, 29, 33 va 47-bandlar o’zgartirildi va A-ilovadagi haqqoniy qiymat ta’rifi o’zgartirildi va B22, B40, B43–B46, B49 va B64-bandlar o’zgartirildi. Qachon tadbirkorlik sub’ekti MHXS 13 ni qo’llasa, u mazkur o’zgarishlarni qo’llashi lozim.
64J 2012 yil oktyabr oyida chop etilgan “Investitsion tadbirkorlik sub’ektlari” (MHXS 10, MHXS 12 va BHXS 27 ga o’zgartirishlar) ga asosan 7-band o’zgartirildi va 2A-band qo’shildi. Tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni 2014 yil 1 yanvardan boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlar uchun qo’llashi lozim. Investitsion tadbirkorlik sub’ektilar ni muddatidan oldin qo’llashga ruxsat etiladi. Agar tadbirkorlik sub’ekti mazkur o’zgarishlarni vaqtliroq qo’llasa, u bir vaqtni o’zida Investitsion tadbirkorlik sub’ektilar dagi barcha o’zgarishlarni ham qo’llashi lozim.

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish