Turdikulova gulshad nurmamatovnaning


Tovon o’tkazmasdan erishiladigan biznes birlashuvi



Download 157,26 Kb.
bet8/26
Sana03.07.2022
Hajmi157,26 Kb.
#733835
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat

Tovon o’tkazmasdan erishiladigan biznes birlashuvi
43 Sotib oluvchi ba’zida sotib olinuvchi ustidan nazoratga tovonni o’tkazmasdan ega bo’ladi. Biznes birlashuvini hisobga olishning sotib olish usuli ushbu birlashuvlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday holatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) Sotib olinuvchi mavjud investor (sotib oluvchi) nazoratga ega bo’lishi uchun o’z aktsiyalarining yetarlicha miqdorini qayta sotib oladi.
(b) Ozchilik veto huquqlarining muddati tugaydi, qaysiki oldin sotib oluvchining u ko’pchilik ovoz berish huququlariga ega bo’lgan sotib olinuvchini nazorat qilishidan saqlagan.
(v) Sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi o’z bizneslarini shartnomaning o’zi orqali birlashtirishga kelishadi. Sotib oluvchi sotib olinuvchi ustidan nazorat evaziga hech qanday tovon o’tkazmaydi va sotib olish sanasida yoki oldin sotib olinuvchi kapitalidagi hech qanday ulushlarga ega bo’lmaydi. SHartnomaning o’zi orqali erishiladigan biznes birlashuvlariga misollar birlashtirish kelishuvida ikki beznesni birlashtirish yoki ikkilangan listing qilingan korporatsiyani o’z ichiga oladi.
44 SHartnomaning o’zi orqali erishiladigan biznesda, sotib oluvchi sotib olinuvchining mulk egalariga nisbatan mazkur MHXS ga muvofiq tan olingan sotib olinuvchining sof aktivlari summasini aks ettirishi lozim. Boshqacha aytganda, sotib oluvchidan boshqa tomonlar egalik qiladigan sotib olinuvchining kapitalidagi ulushlar sotib oluvchining birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlaridagi nazorat qilinmaydigan ulush hisoblanadi, hattoki agarda natija sotib olinuvchi kapitalidagi barcha ulushlar nazorat qilinmaydigan ulushga aks ettirilishiga olib keladigan bo’lsa ham.
Baholash davri
45 Agarda biznes birlashuvini dastlabki hisobga olish birlashuv sodir bo’lgan hisobot davri oxirida to’liq bo’lmasa, sotib oluvchi o’zining moliyaviy hisobotlarida hisobga olish to’liq bo’lmagan moddalar uchun shartli summalarni taqdim etishi lozim. Baholash davri mobaynida, sotib oluvchi sotib olish sanasida mavjud bo’lgan dalillar va holatlar to’g’risida va, agarda ma’lum bo’lganda edi, ushbu sanada tan olingan summalarni baholashga ta’sir etishi mumkin bo’lgan, olingan yangi ma’lumotlarni aks ettirish uchun sotib olish sanasida tan olingan shartli summalarni retrospektiv tarzda to’g’rilashi lozim. Baholash davri mobaynida, agarda yangi ma’lumotlar sotib olish sanasida mavjud bo’lgan dalillar va holatlar to’g’risida olinsa va, agarda ular ma’lum bo’lganda edi, ushbu sanada qo’shimcha aktivlarni va majburiyatlarni tan olinishiga olib kelishi mumkin bo’lsa, sotib oluvchi ushbu qo’shimcha aktivlar yoki majburiyatlarni ham tan olishi lozim. Sotib oluvchi sotib olish sanasida mavjud bo’lgan dalillar va holatlar to’g’risida izlayotgan ma’lumotlarga ega bo’lishi yoki boshqa ma’lumotlarni olish imkonsizligini aniqlashi bilan, baholash davri tugaydi. Biroq, baholash davri sotib olish sanasidan boshlab bir yildan oshmasligi lozim.
46 Baholash davri sotib olish sanasidan keyingi davr bo’lib, ushbu davr mobaynida sotib oluvchi biznes birlashuvi bo’yicha tan olingan shartli summalarni to’g’rilashi mumkin. Baholash davri sotib oluvchini mazkur MHXS ning talablariga muvofiq sotib olish sanasi holatiga quyidagilarni aniqlash va baholashda zarur bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lish uchun oqilona muddat bilan ta’minlaydi:
(a) sotib olingan aniqlanadigan aktivlar, zimmaga olingan majburiyatlar va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat qilinmaydigan ulush;
(b) sotib olinuvchi uchun o’tkazilgan tovon (yoki gudvillni baholashda foydalanilgan boshqa summa);
(v) bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvida, sotib oluvchi tomonidan sotib olinuvchi kapitalidagi oldin egalik qilingan ulush; va
(g) yuzaga keladigan gudvill yoki manfaatli xarid bo’yicha foyda.
47 Sotib oluvchi sotib olish sanasidan keyin olingan ma’lumotlar tan olingan shartli summalarga nisbatan to’g’rilanishga olish kelishini yoki ushbu ma’lumotlar sotib olish sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalardan yuzaga kelishini aniqlashda barcha o’rinli omillarni ko’rib chiqishi lozim. O’rinli omillar qo’shimcha ma’lumotlar olingan sanani va sotib oluvchi shartli summalarni o’zgartirish sababini aniqlay olishini o’z ichiga oladi. Sotib olish sanasidan qisqa muddatdan keyin olingan ma’lumotlarning bir necha oylar keyinroq olingan ma’lumotlarga nisbatan sotib olish sanasida mavjud bo’lgan holatlarni aks ettirish ehtimoli yuqoriroq. Masalan, haqqoniy qiymatini oraliq hodisa aniqlanmaguncha, aktivni sotib olish sanasidan qisqa muddatdan so’ng uchinchi tomonga ushbu sanada baholangan uning shartli haqqoniy qiymatidan jiddiy darajada farq qiladigan summada sotilishi ehtimol shartli summadagi xatoni ko’rsatishi mumkin.
48 Sotib oluvchi aniqlanadigan aktiv (majburiyat) uchun tan olingan shartli summadagi ko’payishni (kamayishni) gudvilldagi kamayish (ko’payish) orqali tan oladi. Biroq, baholash davri mobaynida olingan yangi ma’lumotlar ba’zida birdan ortiq aktiv yoki majburiyatning shartli summasiga nisbatan to’g’rilashga olib kelishi mumkin. Masalan, sotib oluvchi sotib olinuvchi inshootlarining biridagi baxtsiz hodisaga tegishli zararlarni to’lash majburiyatini o’z zimmasiga olgan bo’lishi mumkin va bunda ushbu zararlarning barchasi yoki ma’lum qismi sotib olinuvchining sug’urta polisi orqali qoplanadi. Agarda sotib oluvchi ushbu majburiyatning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati to’g’risida baholash davri mobaynida yangi ma’lumotlarga ega bo’lsa, majburiyat uchun tan olingan shartli summaga o’zgartirishdan yuzaga keladigan gudvillga nisbatan to’g’rilash sug’urtalovchidan olinadigan to’lov talabi uchun tan olingan shartli summaga o’zgartirishdan yuzaga keladigan gudvillga nisbatan mos ravishdagi to’g’rilash orqali o’zaro (to’liq yoki qisman) qoplanishi mumkin.
49 Baholash davri mobaynida, sotib oluvchi shartli summalarga nisbatan to’g’rilashlarni xuddiki biznes birlashuvni hisobga olish sotib olish sanasida tugallangandek tan olishi lozim. Demak, sotib oluvchi moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan oldingi davrlar uchun qiyosiy ma’lumotlarni zarur bo’lganda o’zgartirishi, jumladan dastlabki hisobga olishni tugallashda tan olingan eskirishga, amortizatsiyaga yoki boshqa daromad ta’sirlariga biror o’zgartirishni kiritishi lozim.
50 Baholash davri tugagandan so’ng, sotib oluvchi biznes birlashuvni hisobga olishni BHXS 8 «Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadidagi baholashalardagi o’zgarishlar va xatolar» ga muvofiq faqatgina xatoni tuzatish uchun o’zgartirishi lozim.
Gdtdrmininj wzat is part oe tzd busindss vombination transavtion

Download 157,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish