Keyingi baholash va hisobga olish
54 Umuman olganda, sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan aktivlarni, zimmaga olingan yoki qabul qilingan majburiyatlarni va chiqarilgan ulushli instrumentlarni, ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda, boshqa o’rinli MHXSlarga muvofiq keyingi baholashni va hisobga olishni amalga oshirishi lozim. Biroq, mazkur MHXS biznes birlashuvida sotib olingan quyidagi aktivlarni, zimmaga olingan yoki qabul qilingan majburiyatlarni va chiqarilgan ulushli instrumentlarni keyingi baholash va hisobga olish bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi:
(a) qayta sotib olingan huquqlar;
(b) sotib olish sanasidan tan olingan shartli majburiyatlar;
(v) qoplovchi aktivlar; va
(g) shartli tovon.
B63-band tegishli qo’llash yo’riqnomasini ta’minlaydi.
Qayta sotib olingan huquqlar
55 Nomoddiy aktiv sifatida tan olingan qayta sotib olingan huquqlar huquq taqdim etilgan shartnomaning qolgan shartnomaviy davri mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim. Qayta sotib olingan huquqni uchinchi tomonga keyin sotadigan sotib oluvchi sotuv bo’yicha foyda yoki zararni aniqlashda nomoddiy aktivning balans qiymatini inobatga olishi lozim.
SHartli majburiyatlar
56 Dastlabki tan olishdan so’ng va majburiyat hisob-kitob qilinishi, bekor qilinishi yoki muddati tugashiga qadar, sotib oluvchi biznes birlashuvida tan olingan shartli majburiyatni quyidagilarning yuqorirog’ida baholashi lozim:
(a) BHXS 37 ga muvofiq tan olinishi mumkin bo’lgan summa; va
(b) dastlab tan olingan summadan, agarda o’rinli bo’lsa, BHXS 18 «Daromad» ga muvofiq tan olingan yig’ilgan amortizatsiyaning chegirilgani.
Mazkur talab MHXS 9 ga muvofiq hisobga olingan shartnomalarga nisbatan qo’llanilmaydi.
Qoplovchi aktivlar
57 Har bir keyingi hisobot davri oxirida, sotib oluvchi qoplovchi aktivning undirilishi bo’yicha rahbariyat bahosiga asosan o’zining haqqoniy qiymatida keyingi davrlarda baholanmaydigan qoplovchi aktiv uchun, qoplanadigan majburiyat yoki aktiv kabi bir xil asosda sotib olish sanasida tan olingan qoplovchi aktivni, har qanday shartnomaviy cheklovlarga shartli ravishda, baholashi lozim. Sotib oluvchi qoplovchi aktivni hisobdan chiqarishi lozim, faqatgina qachonki u aktivni undirsa, uni sotsa yoki boshqa hollarda unga nisbatan huquqdan mahrum bo’lsa
SHartli tovon
58 Sotib oluvchi sotib olish sanasidan keyin tan oladigan shartli tovonning haqqoniy qiymatidagi ayrim o’zgarishlar sotib oluvchi sotib olish sanasida mavjud bo’lgan dalillar va holatlar to’g’risida ushbu sanadan so’ng ega bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar natijasi bo’lishi mumkin. Bunday o’zgarishlar 45-49 bandlarga muvofiq baholash davrining to’g’rilashlari hisoblanadi. Biroq, sotib olish sanasidan keyingi hodisalardan, masalan foyda ko’rsatkichiga erishish, belgilangan aktsiyaga narxiga erishish yoki izlanish va ishlab chiqish loyihasida asosiy o’zagiga erishishdan, yuzaga keladigan o’zgarishlar baholash davrining to’g’rilashlari hisoblanmaydi. Sotib oluvchi baholash davrining to’g’rilashlari bo’lmagan shartli tovonning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarni quyidagicha hisobga olishi lozim:
(a) Kapital sifatida tasniflangan shartli tovon qayta baholanmasligi lozim va uning keyingi hisob-kitobi kapital ichida hisobga olinishi lozim.
(b) Aktiv yoki majburiyat sifatida tasniflangan shartli tovon:
(i) moliyaviy instrument bo’lgan holda MHHS 9 ning qo’llash doirasida bo’lsa, u haqqoniy qiymatda baholanishi lozim va har qanday yuzaga keladigan foyda yoki zarar MHXS 9 ga muvofiq foyda yoki zararda yoki boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim.
(ii) MHHS 9 ning qo’llash doirasida bo’lmasa, u BHXS 37 yoki boshqa o’rinli bo’lgan MHXSlarga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |