TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BUXGALTERIYA HISOBI YO`NALISHI 1-BOSQICH 121-GURUH MAGISTRATURA TALABASI TURDIKULOVA GULSHAD NURMAMATOVNANING
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talabi bo’yicha biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish mavzusida
REFERATI
2022 YIL Mavzu: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talabi bo’yicha biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish. Biznes-faoliyatlar va aktivlarning birlashgan to’plami bo’lib, u investorlarga yoki boshqa mulk egalariga, a’zolarga yoki ishtirokchilarga dividendlar, kamroq xarajatlar yoki boshqa iqtisodiy naflar shaklidagi daromadni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan va boshqariladigan imkoniyatga egadir.
Faoliyatlar va aktivlarning birlashgan to’plami bo’lib, u investorlarga yoki boshqa mulk egalariga, a’zolarga yoki ishtirokchilarga dividendlar, kamroq xarajatlar yoki boshqa iqtisodiy naflar shaklidagi daromadni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan va boshqariladigan imkoniyatga egadir.
Mazkur MHHS ning maqsadi hisobot beradigan tadbirkorlik sub’ekti o’zining moliyaviy hisobotlarida biznes birlashuvi va ularning ta’sirlari to’g’risida ta’minlaydigan ma’lumotlarning o’rinliligini, ishonchliligini va qiyoslanuvchanligini yaxshilashdan iboratdir. Buni ta’minlash uchun, mazkur MHXS sotib oluvchi quyidagilarni qanday amalga oshirishiga nisbatan tamoyillarni va talablarni belgilaydi:
(a)o’zining moliyaviy hisobotlarida sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olishi va baholashi;
(b)biznes birlashuvida sotib olingan gudvill yoki manfaatli xariddan foydani tan olishi va baholashi; va
(v)moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga biznes birlashuvining xususiyati va moliyaviy ta’sirlarini baholashga imkon berish uchun qanday ma’lumotlarni ochib berishni aniqlashi.
2 Mazkur MHXS biznes birlashuvining ta’rifini qanoatlantiradigan operatsiyaga va boshqa hodisaga nisbatan qo’llaniladi. Mazkur MHXS quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:
(a)qo’shma korxonani tashkil etish.
(b)biznesni tashkil etmaydigan aktivni yoki aktivlar guruhini sotib olish. Bunday holatlarda sotib oluvchi sotib olingan alohida aniqlanadigan aktivlarni (jumladan BHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi nomoddiy aktivlarning ta’rifini va tan olish mezonlarini qanoatlantiradigan aktivlarni) va zimmaga olingan majburiyatlarni aniqlashi va tan olishi lozim. Guruhning xarajati alohida aniqlanadigan aktivlarga va majburiyatlarga ularning xarid sanasidagi nisbiy haqqoniy qiymatlari asosida taqsimlanishi lozim. Bunday operatsiya yoki hodisa gudvillning yuzaga kelishiga olib kelmaydi.
(v)umumiy nazorat ostida bo’lgan tadbirkorlik sub’ektilar yoki bizneslar birlashuvi (B1-B4 bandlar tegishli qo’llash yo’riqnomasini ta’minlaydi).
2A Mazkur Standartning talablari, MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» da ta’riflangan, investitsion tadbirkorlik sub’ekti tomonidan foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanishi talab etilgan shu’ba tadbirkorlik sub’ektiidagi investitsiyani sotib olishga nisbatan qo’llanilmaydi.