Sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olish va baholash
Bog'liq Biznesni birlashtirish jarayonining moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etish.Referat
Sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olish va baholash Tan olish tamoyili 10 Sotib olish sanasida, gudvilldan alohida tarzda, sotib oluvchi sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni, zimmaga olingan majburiyatlarni va sotib olinuvchidagi har qanday nazorat-qilinmaydigan ulushni tan olishi lozim. Sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni va zimmaga olingan majburiyatlarni tan olish 11 va 12-bandlarda belgilangan shartlarga shartlidir. Tan olish shartlari 11 Sotib olish usulini qo’llashning qismi sifatida tan olishni qanoatlantirish uchun, sotib olingan aniqlanadigan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar sotib olish sanasida Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning Kontseptual asosi1dagiaktivlar va majburiyatlarning ta’riflarini qanoatlantirishi lozim. Masalan, sotib oluvchi sotib olinuvchining faoliyatidan chiqish yoki sotib olinuvchining xodimlarining faoliyatini to’xtatish yoki boshqa joyga o’tkazish bo’yicha o’z rejasini amalga oshirishda kelgusida sarflashni ko’zda tutgan ammo sarflashga majbur bo’lmagan xarajatlar sotib olish sanasida majburiyatlar hisoblanmaydi. SHu tufayli, sotib oluvchi ushbu xarajatlarni sotib olish usulini qo’llashning qismi sifatida tan olmaydi. Buning o’rniga, sotib oluvchi ushbu xarajatlarni o’zining birlashuvdan keyingi moliyaviy hisobotlarida boshqa MHXSlarga muvofiq tan oladi.
12 SHu bilan birga, sotib olish usulini qo’llashning qismi sifatida tan olishni qanoatlantirish uchun, sotib olingan aniqlanadigan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi (yoki uning sobiq mulk egalari) o’rtasidagi alohida operatsiyalar natijasi bo’lmasdan, balki biznes birlashuvi operatsiyasidagi ayirboshlashning qismi bo’lishi shart. Sotib oluvchi qaysi sotib olingan aktivlar va zimmaga olingan majburiyatlar sotib olinuvchi uchun ayirboshlashning qismi bo’lishini va qaysilari, agarda mavjud bo’lsa, ularning xususiyatiga va o’rinli MHXSlarga muvofiq hisobga olinadigan alohida operatsiyalarning natijasi bo’lishini aniqlash uchun 51-53 bandlardagi yo’riqnomani qo’llashi lozim.
13 Sotib oluvchining tan olish tamoyili va shartlarini qo’llashi shunday aktivlarni va majburiyatlarni tan olishga olib kelishi kelishi mumkinki, qaysiki sotib olinuvchi tomonidan uning moliyaviy hisobotlarida aktivlar va majburiyatlar sifatida oldin tan olinmagan. Masalan, sotib oluvchi sotib olingan aniqlanadigan nomoddiy aktivlarni, masalan brend nomini, patentni yoki mijoz bilan aloqalarni tan oladi, qaysiki sotib olinuvchi tomonidan aktivlar sifatida uning moliyaviy hisobotlarida tan olinmagan, chunki u ularni ichki tarzda ishlab chiqqan va tegishli sarflarni xarajat sifatida tan olgan.
14 B28-B40 bandlar operativ ijaralar va nomoddiy aktivlarni tan olish bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi. 22-28 bandlar aniqlanadigan aktivlar va majburiyatlarning shunday moddalarni o’z ichiga oladigan turlarini belgilaydiki, bunda mazkur MHXS ushbu moddalar uchun tan olish tamoyili va shartlariga nisbatan cheklangan istisnolarni ta’minlaydi.
Biznes birlashuvida sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni va zimmaga olingan majburiyatlarni tasniflash yoki belgilash 15 Sotib olish sanasida, sotib oluvchi sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni va zimmaga olingan majburiyatlarni keyingi davrlarda boshqa MHXSlarni qo’llashda zarur bo’lgani uchun tasniflashi yoki belgilashi lozim. Sotib oluvchi ushbu tasniflashlarni yoki belgilashlarni sotib olish sanasida mavjud bo’lgan shartnomaviy shartlar, iqtisodiy sharoitlar, uning operatsion yoki hisob siyosatlari va boshqa o’rinli shartlar asosida amalga oshirishi lozim. 16 Ba’zi holatlarda, MHXS tadbirkorlik sub’ekti muayyan aktiv yoki majburiyatni qanday tasniflashi yoki belgilashiga bog’liq tarzda uning turlicha hisobga olinishini ta’minlaydi. Sotib oluvchi sotib olish sanasida mavjud bo’lgan o’rinli shartlar asosida amalga oshirishi lozim bo’lgan tasniflashlarga yoki belgilashlarga misollar quyidagilarni qamrab oladi, ammo bular bilan cheklanib qolmaydi:
(a) MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” ga muvofiq haqqoniy qiymatda yoki amortizatsiyalangan qiymatda baholanadigan muayyan moliyaviy aktivlar va majburiyatlarni tasniflash;
(b) BHXS 39 ga muvofiq derivativ instrumentni xejlash instrumenti sifatida belgilash; va
(v) MHXS 9 ga muvofiq singdirilgan derivativ asosiy shartnomadan ajratilishi lozimligini baholash (qaysiki mazkur MHXS da foydalaniladigan ma’nosidagi “tasniflash” masalasidir).
17 Mazkur MHXS 15-banddagi tamoyilga nisbatan ikkita istisnoni ta’minlaydi:
(a) ijara shartnomasini BHXS 17 “Ijara” ga muvofiq operativ ijara yoki moliyaviy ijara sifatida tasniflash; va
(b) shartnomani MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” ga muvofiq sug’ruta shartnomasi sifatida tasniflash.
Sotib oluvchi ushbu shartnomalarni shartnoma boshlanishidagi (yoki agarda shartnoma shartlari uning tasniflanishini o’zgartiradigan tarzda o’zgartirilgan bo’lsa, ushbu o’zgartirish sanasidagi, qaysiki sotib olish sanasi bo’lishi mumkin) shartnomaviy shartlar va boshqa omillar asosida tasniflashi lozim.