Baholash tamoyili 18 Sotib oluvchi sotib olingan aniqlanadigan aktivlarni va zimmaga olingan majburiyatlarni ularning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatida baholashi lozim. 19 Har bir biznes birlashuvida, sotib oluvchi sotib olish sanasida quyidagi qiymatda sotib olinuvchidagi nazorat qilinmaydigan ulushlarning shunday tarkibiy qismlarini baholashi lozimki, qaysiki joriy egalik ulushlari hisoblanadi va likvidatsiya holatida ularning egalariga tadbirkorlik sub’ektining sof aktivlaridagi proportsional ulushga egalik huquqini ta’minlaydi:
(a) haqqoniy qiymatida; yoki
(b) sotib olinuvchining aniqlanadigan sof aktivlarining tan olingan summalaridagi joriy egalik instrumentlarining proportsional ulushida.
Nazorat qilinmaydigan ulushlarning boshqa barcha tarkibiy qismlari ularning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatlarida baholanishi lozim, bunda boshqa baholash asosi MHXSlar orqali talab etilmaguncha.
20 24-31 bandlar aniqlanadigan aktivlar va majburiyatlarning shunday moddalarni o’z ichiga oladigan turlarini belgilaydiki, bunda mazkur MHXS ushbu moddalar uchun baholash tamoyiliga nisbatan cheklangan istisnolarni ta’minlaydi.
Tan olish va baholash tamoyillariga istisnolar 21 Mazkur MHXS tan olish va baholash tamoyillariga nisbatan cheklangan istisnolarni ta’minlaydi. 22-31 bandlar ham istisnolar ta’minlangan muayyan moddalarni ham ushbu istisnolarning xususiyatini belgilaydi. Sotib oluvchi ushbu moddalarni 22-31 bandlardagi talablarni qo’llash orqali hisobga olishi lozim va bu shunday natijani keltirib chiqaradiki, bunda ayrim moddalar:
(a) 11 va 12-bandlardagi shartlarga qo’shimcha tarzda tan olish shartlarini qo’llash orqali yoki boshqa MHXSlar talablarini qo’llash orqali tan olinadi, bu esa tan olish tamoyili va shartlarni qo’llashdan farq qiladigan natijalarga olib keladi.
(b) ularning sotib olish sanasidagi haqkoniy qiymatlaridan boshqa summada baholanadi.
Tan olish tamoyiliga istisno SHartli majburiyatlar 22 BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” da shartli majburiyat quyidagicha ta’riflanadi:
(a) u ehtimoliy majburiyat bo’lib, oldingi hodisalardan yuzaga keladi va uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazoratida bo’lmagan bir yoki undan ortiq noaniq kelgusi hodisalarning sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi orqali tasdiqlanadi; yoki
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat bo’lib, oldingi hodisalardan yuzaga keladi ammo tan olinmaydi, chunki:
(i) iqtisodiy nafni o’zida mujassamlagan resurlarning chiqib ketishi majburiyatni hisob-kitob qilish uchun talab etilishining ehtimoli juda kam; yoki
(ii) majburiyatning summasini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin bo’lmaydi.
23 BHXS 37 dagi talablar qaysi shartli majburiyatlarni sotib olish sanasida tan olishni aniqlashga nisbatan qo’llanilmaydi. Buning o’rniga, sotib oluvchi sotib olish sanasida biznes birlashuvida zimmaga olingan shartli majburiyatni tan olishi lozim, agarda u oldingi hodisalardan yuzaga keladigan joriy majburiyat bo’lsa va uning haqqoniy qiymati ishonchli baholansa. SHu tufayli, BHXS 37 ga zid bo’lgan holda, hattoki agarda iqtisodiy nafni o’zida singdirgan resurlarning chiqimi majburiyatni hisob-kitob qilish uchun talab etilishining ehtimoli juda kam bo’lsa ham, sotib oluvchi sotib olish sanasida biznes birlashuvida zimmaga olingan shartli majburiyatni tan oladi. 56-band shartli majburiyatlarni keyingi buxgalteriyasi bo’yicha yo’riqnomani ta’minlaydi.
Ham tan olish ham baholash tamoyillariga istisnolar Foyda soliqlari 24 Sotib oluvchi biznes birlashuvida sotib olingan aktivlardan va zimmaga olingan majburiyatlardan yuzaga keladigan muddati kechiktirilgan soliq aktivi yoki majburiyatini BHXS 12 “Foyda soliqlari” ga muvofiq tan olishi va baholashi lozim.
25 Sotib oluvchi sotib olish sanasida mavjud bo’lgan yoki BHXS 12 ga muvofiq sotib olish natijasida yuzaga keladigan sotib olinuvchining vaqtinchalik farqlarining va soliqlarni keyingi davrlarga o’tkazishlarining potentsial soliq ta’sirlarini hisobga olishi lozim.