Qayta sotib olingan huquqlar 29 Sotib oluvchi nomoddiy aktiv sifatida tan olingan holda qayta sotib olingan huquqning qiymatini tegishli shartnomaning qolgan shartnomaviy muddati asosida baholashi lozim, bunda bozor ishtirokchilari uning haqqoniy qiymatini baholashda potentsial shartnomaviy yangilashlarni ko’rib chiqishi mumkinligidan qat’iy nazar. B35 va B36-bandlar tegishli qo’llash yo’riqnomasini ta’minlaydi.
Aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari 30 Sotib oluvchi sotib olinuvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalariga tegishli majburiyatni yoki ulushli instrumentni yoki sotib olinuvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalarini sotib oluvchining aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari bilan almashtirilishini sotib olish sanasida MHXS 2 “Aktsiyaga-asoslangan to’lov” dagi usulga muvofiq baholashi lozim. (Mazkur MHXS ushbu usulning natijasiga aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyasining “bozorga-asoslangan o’lchovi” sifatida murojaat etadi.)
Sotishga mo’ljallangan aktivlar 31 Sotib oluvchi MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotib olish sanasida sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan holda sotib olingan uzoq muddatli aktivni (yoki chiqib ketish guruhini) ushbu MHXS ning 15-18 bandlariga muvofiq sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholashi lozim.
Gudvill yoki manfaatli xariddan foydani tan olish va baholash 32 Sotib oluvchi sotib olish sanasida quyidagi (a) ning (b) dan ortiq qismi sifatida baholangan gudvillni tan olishi lozim: (a) quyidagilarning jami: (i) mazkur MHXS ga muvofiq baholangan va o’tkazilgan tovon, bunda mazkur MHXS umuman olganda sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatni talab etadi (37-bandga qarang); (ii) mazkur MHXS ga muvofiq baholangan sotib olinuvchidagi har qanday nazorat qilinmaydigan ulushning summasi; va (iii) bosqichlarda erishiladigan biznes birlashuvida (41 va 42-bandlarga qarang), sotib oluvchining sotib olinuvchining kapitaldagi oldin egalik qilgan ulushining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati. (b) mazkur MHXS ga muvofiq baholangan holda sotib olingan aniqlanadigan aktivlarning va zimmaga olingan majburiyatlarning sotib olish sanasidagi summalari o’rtasidagi sof qiymat. 33 Sotib oluvchi bilan sotib olinuvchi (yoki uning sobiq mulk egalari) faqatgina kapitaldagi ulushlarni ayirboshlaydigan biznes birlashuvida, sotib olinuvchining kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati sotib oluvchining kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatiga nisbatan ishonchliroq baholanishi mumkin. Agarda shunday bo’lsa, sotib oluvchi gudvill summasini o’tkazilgan kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati o’rniga sotib olinuvchining kapitaldagi ulushlarining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati orqali aniqlashi lozim. Hech qanday tovon o’tkazilmaydigan biznes birlashuvidagi gudvill summasini aniqlash uchun, sotib oluvchi o’tkazilgan tovonning sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymati o’rniga sotib oluvchining sotib olinuvchidagi ulushining sotib olish sanasidagi haqqoniy qiymatidan foydalanishi lozim (32(a)(i)-band). B46–B49 bandlar tegishli qo’llash yo’riqnomasini ta’minlaydi.