Tuproqshunoslik va geografiya


I.BOB. Zarafshon daryosi havzasining tabiiy sharoiti va o’ziga xos xususiyatlari



Download 1,77 Mb.
bet5/20
Sana13.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#447186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
“zarafshon okrugining umumgeografik tavsifi”

I.BOB. Zarafshon daryosi havzasining tabiiy sharoiti va o’ziga xos xususiyatlari
1.1 Zarafshon havzasining geografik o’rni va chegaralari, geologik tuzilishi va relyefi, orografik tarmoqlari

Zarafshon daryosi havzasi tabiiy sharoitining o`ziga xos xususiyatlari uning geografik o`rni, geologik tuzilishi va relyefi, orografiyasi, iqlim sharoiti, tuproq va o`simlik qoplami, gidrografiyasi tarmoqlarida aks etadi.


Turkiston, Zarafshon va Oloy tog` tizmalarining qo`shilish joyi “Mastchoh tog` tuguni” deb nomlanadi. Ushbu tugundan boshlanadigan Zarafshon tog` tizmasidan janubi-g`arbiy yo`nalishda Hisor tog` tizmasi tarmoqlanib ketadi. Zarafshon daryosi shu tog` tugunining g`arbiy qismida joylashgan Zarafshon muzligidan, 2775 m balandlikdan, Mastchohdaryo nomi bilan boshlanadi. Unga Hisor tog` tizmsining shimoliy yonbag`irlaridan suv yig`adigan Fandaryo kelib qo`shilgach, daryo Zarafshon nomini oladi.
Zarafshon daryosining havzasi ma`muriy jihatdan O`zbekiston va qo`shni Tojikiston respublikalari hududida joylashgan. Havzaning yuqori, ya`ni tog`li qismi shimoldan Turkiston va janubdan dastlab Zarafshon, so`ng Hisor tog` tizmalari bilan chegaralanadi. Turkiston va Zarafshon tog` tizmalari havzaning eng chekka sharqiy qismida qo`shilib ketadi. Shu joydan sharqqa qarab Oloy tog` tizmasi boshlanadi.
Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismi esa Turkiston va Zarafshon tog` tizmalarining g`arbiy tarmoqlari oralig`ida joylashgan. Bu qismning shimoliy chegarasida sharqdan g`arbga tomon cho’zilgan Qo’ytosh tog`lari, Nurota va Oqtov tizmalari joylashgan bo’lsa, janubiy chegarasi esa Zarafshon tizmasining g`arbidagi Qoratepa, Nurobod, Piyozli, Mirhaydar, Semiztepa, Ziyoviddin, Zirabuloq, Qoratog` tog`lari orqali o’tadi. Zarafshon havzasi O’rta Osiyoning eng yirik daryolari bo’lgan Amudaryo va Sirdaryo havzalarini bir-biridan ajratib turadi.
Okrug hududini orografik jihatdan ikki qismga ajratish mumkin. Uning birinchi sharqiy qismi tog`li hududlardan, ikkinchi g`arbiy qismi esa tekisliklardan iborat. Zarafshon havzasining tog`li qismida kembriygacha bo’lgan davrlarda va paleozoy erasining dastlabki davrlarida tipik geosinklinal sharoit hukm surgan. Shu davrlarda hududda juda katta qalinlikdagi cho’kindi tog` jinslari yotqizilgan, ayrim joylarda vulqonlar otilib turgan, tektonik harakatlar natijasida ba’zi joylar ko’tarilgan, ayrimlari esa cho’kkan.
Paleozoy erasi kembriy davrining o’rtalaridan boshlab, ordovik, silur davrlari to’laligicha va devon davrining oxirigicha bo’lgan oraliqda hududda kaledon tog` burmalanishi bo’lib o’tgan. Lekin, shunga qaramasdan, paleozoy erasining o’rtalarida Tyanshanning markaziy va janubiy qismlari, shu jumladan, Zarafshon havzasi ham dengiz ostida bo’lgan.
Paleozoy erasining toshko’mir davridan boshlab, butun O’rta Osiyoning tog`li hududida tektonik harakatlar yana faollashib, gersin burmalanishi boshlangan, Bu jarayon Zarafshon havzasida ayniqsa kuchli bo’lgan. Gersin burmalanishi sodir bo’lgan hududlarda o’rta paleozoy davri (yuqori silur, devon, quyi toshko’mir) cho’kindi tog` jinslari keng tarqalgan. Xulosa qilib aytganda, gersin burmalanishi natijasida hozirgi Tyanshan tog` tizmasining markaziy qismi va Oloy-Hisor tog` tizmalari hosil bo’lgan.
Mezozoy erasining boshlanishi, ya’ni trias davridagi gersin burmalanishlari vaqtida hosil bo’lgan tog` tizmalari denudatsion jarayonlar ta’sirida yemirilib, hudud peneplen – tekislikka aylana boshlaydi. Mezozoy erasi mobaynida Tetis dengizidan ikki marta shimol tomonga yo’nalgan juda katta dengiz transgressiyasi kirib kelgan. Ularning birinchisi o’rta va yuqori yura davrlarida sodir bo’lib, Hisor tizmasining janubi-g`arbiy qismini egallagan. Ikkinchi dengiz transgressiyasi esa hududga quyi bo’r davrining o’rtalarida kirib kelgan. Bu davrda Zarafshon, Hisor va Oloy tizmalari ning hozirgi o’rnida bir necha orollar guruhi mavjud bo’lgan.
Mezozoy erasining oxirlari, ya’ni o’rta va yuqori bo’r davrlarida hamda kaynazoy erasining paleogen davrida O’rta Osiyo tog`larining janubiy qismida alp burmalanishlari boshlanadi. Tektonik harakatlar natijasida u yerlardagi dengizlar g`arb va shimol tomonga chekina boshlaydi. Shu eraning neogen davriga kelib, dengiz O’rta Osiyoning faqat g`arbiy va shimoli–g`arbiy qismlarida saqlanib qoladi. Neogen davrining oxirlarida O’rta Osiyoning tog`li qismida, jumladan, Zarafshon havzasida ham yangi tektonik harakatlar faollashdi, tog` tizmalari ko’tarilib, tog` oralig`i va tog`oldi botiqlari cho’ka boshlaydi. Natijada yuqori bo’r, paleogenquyi neogan davrlarida dengiz ostida yotqizilgan tog` jinslari vertikal harakatdani tog` tizmalarida juda balandga ko’tarilgan. Masalan, Oloy, Turkiston tog` tizmalarida paleogen davrida dengiz ostida yotqizilgan tog` jinslari 3500-4500 m balandlikkacha ko’tarilgan.
Kaynazoy erasining to’rtlamchi davri – pleystosenda, O’rta Osiyoning tog`li qismida, qadimgi muzliklarning hosil bo’lishi shu hududning geologik rivojlanishi tarixida muhim voqealardan biri hisoblanadi. O’sha davrlardayoq Turkiston va Zarafshon hamda Zarafshon va Hisor tog` tizmalari tutashgan joylar qadimgi tog` muzliklari keng tarqalgan markazlar bo’lgan. Masalan, Zarafshon daryosining yuqori oqimida qadimgi muzliklarning uzunligi 40 km gacha yetgan. O’rta Osiyoning tog`li qismida, shu jumladan, Zarafshon havzasida ham to’rtlamchi davr mobaynida bir nechta muzlik davrlari bo’lib o’tgan. Ular hozirgi zamon muzliklariga nisbatan juda katta maydonlarni egallagan.
Umuman olganda, Zarafshon havzasi tog`li qismi hozirgi relyefining shakllanishida to’rtlamchi davr muzliklarining ta’siri juda katta. Muzliklar bajargan ishlari natijasida tog`larning eng baland qismlarida piramida shaklidagi cho’qqilar, daryolarning yuqori oqimlarida esa troglar, ya’ni ko’ndalang kesimi U ko’rinishidagi vodiy shakllari hamda morenalar uyumlari hosil bo’lgan.
Orografik tarmoqlari. Zarafshon daryosi havzasini o’rab turgan tog`lar Oloy – Hisor tog` tizmalariga kiradi. Oloy tizmasi Mastchoh dovonidan g`arbda Turkiston va Zarafshon tizmalariga ajraladi.
Turkiston tizmasi Oloyning orografik davomi hisoblanadi. Uning o’rtacha balandligi 4000 m dan ortiq, sharqiy qismidagi ba’zi cho’qqilar 5620 m gacha ko’tarilgan. Turkiston tizmasi Zominsuv daryosining boshlanish qismida Morguzar va Chumqortog` tizmalariga tarmoqlanadi. Morguzar tizmasi shimoli–g`arb tomon, Sangzor daryosi qirqib o’tadigan Amir temur davrozasiga qadar cho’zilgan. Uning eng baland nuqtasi 2622 m ga teng bo’lib, shimoli–g`arb tomon pasayib boradi. Morguzar tizmasining shimoli–g`arbiy davomi bo’lgan Nurota tog`larini Amir Temur darvozasi ajratib turadi.
Nurota tog`lari ikki tizmadan iborat. Ularning birinchisi Shimoliy Nurota tizmasi deb atalib, sharqdan g`arbga 200 kmga cho’zilgan. Nurota tog`larining ikkinchi, ya’ni janubiy tarmog`i G`o’bduntog`, Qaroqchitog`, Oqtog` va Qoratog` kabi tog` tizmalaridan iborat. Ularning balandliklari 1150-2006 m oralig`ida bo’lib, Shimoliy Nurota tizmasidan boshlanadigan kichik daryolar va soylar vodiylari mazkur tog`larni bir-biridan ajratib turadi.
Nurota tog`lari O’rta Osiyoning ko’pchilik tog`lariga, shu jumladan, Zarafshon daryosining suv to’plash maydonining asosiy qismini tashkil etgan tog` tizmalariga qaraganda, juda ham past. Bu tog`larning hatto eng baland cho’qqilarining balandligi 2500 m ga ham bormaydi. Masalan, Nurota tog` tizmasinig eng baland joyi (Hayotboshi tog`i) 2169 m, Oqtog`niki 2006 m, G`o’bduntog`niki 1673 m, Qoratog`niki 1203 m, Qaroqchitog`niki esa atigi 1101 metrni tashkil etadi. Nurota tog`larining qanchalik past tog`larlad iborat ekanligini quyidagilardan yanada aniq ko’rish mumkin. Masalan, Nurota tizmasi janubiy tarmoqlariningo’rtacha balandligi 1125 m, Oqtohniki 1110 m, G`o’bduntog`niki 1120 m, Qaroqchitog`niki esa 800 m ga ham bormaydi. Shuning uchun bu tog`larda yog`in kam yog`adi, yoqqanda ham ko’proq yomg`ir shaklida yog`adi, qor qoplami esa uzoq saqlanmaydi.
Nurota tog`larining o’ziga xosligi shundaki, ular tekisliklarning ichkarisiga suqilib kirib borgan va Qizilqum cho’li bilan bevosita chegaradoshdir. Bu holat ham mazkur tog`larning gidrometeorologik sharoitlariga katta ta’sir ko’rsatib turadi. Oqibatda Nurota tog`larida yoz ancha issiq keladi, qish esa uncha sovuq bo’lmaydi va tez-tez iliq kunlar bilan bo’linib turadi. Bu esa yoqqan qorning qish kunlarida ham qisman erib turishiga sabab bo’ladi va qalinroq qor qoplami hosil bo’lishiga imkon bermaydi. Ancha uzoq saqlanib turadigan qalinroq qor qoplami faqat qishi sovuq kelgan va qor ko’p yoqqan yillardagina hosil bo’lishi mumkin. Biroq, bunday yillar juda kamdan-kam bo’ladi. Ana shu sabablarga ko’ra Nurota tog`larida abadiy qor va muzliklar u yoqda tursin, hatto, erishi uzoq davom etadigan mavsumiy qorliklar ham uchramaydi.
Turkiston tizmasining ikkinchi tarmog`i hisoblangan Chumqortog` tizmasi sharqdan g`arbga tomon cho’zilgan bo’lib, uning eng yuqori nuqtasining balandligi 3194 m ga yetadi.
Zarafshon tizmasi ham sharqdan g`arbga tomon 370 km ga cho’zilgan. Tizmaning sharqiy qismi, Fandaryoga qadar, kuchli kesilgan bo’lib, ba’zi cho’qqilari 4500-5000 m gacha ko’tarilgan. Eng baland nuqtasi Chimtarg`a cho’qqisi (5494 m) hisoblanadi va u tizmaning markaziy qismida joylashgan. Mag`iyondaryodan g`arb tomonga qarab tizmaning balandligi pasayib boradi. Uning Chaqilkalon (2388 m), Qoratepa (2209 m) nomli tarmoqlari mavjud. Ular Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarini ajratib turadi. Qoratepa tizmasidan shimoli-g`arbda eng baland nuqtasi 1112 m bo’lgan Ziyoviddin-Zirabuloq tizmalari joylashgan.
Zarafshon tizmasidagi Takala (4537 m) cho’qqisidan janubga tomon Hisor tizmasi boshlanadi. Tizmaning sharqiy qismida ayrim cho’qqilarning balandligi 5000 m gacha boradi, uning g`arbiy qismidagi cho’qqilar 4500 m dan oshmaydi. Balandligi 3379 m bo’lgan Anzob dovoni shu tizmadan o’tadi. Umuman olganda Turkiston va Hisor tog` tizmalarining sharqiy qismlari, Zarafshon tizmasining esa Fandaryo va Kishtutdaryo vodiylari oralig`idagi qismi juda balanddir. Yuqorida qayd qilinganidek Turkiston va Zarafshon tizmalarining ayrim cho’qqilari 5000 m dan ham baland, Hisor tizmasining ba’zi cho’qqilari esa deyarli 5000 m gacha yetadi. Shuning uchun hambu tizmalar va ularning cho’qqilari juda katta maydonlarda, uzoq vaqt davomida qor bilan qoplanib yotadi va muzliklarga juda boy.
Zarafshon daryosi yuqori qismida muzliklar harakati natijasida hosil bo’lgan ancha keng ( o’lchamlari 4-5 km atrofidagi) vodiyga ega. Bu yerlarda Zarafshon daryosi o’z o’zanini chuqurlatib, terrasalar va qayirlar hosil qilgan.
Zarafshon vodiysining sharqiy tog`li qismida 6 ta terrasa bor. Shu tufayli daryo Panjikent shahrigacha bo’lgan 300 km masofada tor va chuqur vodiyda oqadi. Bu yerlarda vodiyni shimol va janubdan chegaralab turuvchi Turkiston va Zarafshon tizmalari undan tik ko’tarilib turadi. G`arbga tomon, aniqrog`i Kishtutdaryoning Zarafshonga quyiladiganiyerida vodiy kengaya boradi. Daryo O’zbekiston hududiga o’tgach, bu jarayon yanada sezilarli kechadi. Zarafshonning o’rta va quyi oqimlarida vodiyning kengligi ayrim joylarda, jumladan, Buxoro vohasida 60-70 km gacha yetadi.



Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish