19-§. Zarafshon vodiysi
O’zbekiston tabiiy xaritasidan Zarafshon vodiysining geografik o’rnini aniqlang. O’lkada qaysi tog`lar, qirlar, botiqlar borligini xaritadan toping.
Geografik o`rni. Zarafshon tabiiy-geografik o`lkasi Zarafshon vodiysining o`rta va quyi qismini o`z ichiga oladi. Sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh, shimoldan Turkiston tizmasining g`arbiy qismi hisoblangan Chumqar tog`i va Nurota tog`i bilan, janubdan Chaqilikalon, Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovuddin tog`lari bilan, janub va janubi-g`arbdan Sandiqli qumli cho`li bilan, shimoli -g`arbdan esa Qimiraqqum va Qizilqum bilan o`ralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |