Tuproqshunoslik va geografiya



Download 1,77 Mb.
bet17/20
Sana13.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#447186
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
“zarafshon okrugining umumgeografik tavsifi”

Savol va topshiriqlar
1. Iqlim xaritasiga qarab o’lkada harorat va yog`inlar miqdorining notekis taqsimlanganligi sababini tushuntirib bering.
2. Nima uchun qishda Zarafshon vodiysining g`arbiga nisbatan iliqroq, aksincha, yozda o’lkaning g`arbiy qismi sharqiy qismi va tog`larga nisbatan issiq?
3. Yog`inlar miqdori nima sababdi g`arbdan sharqqa tomon orta boradi, o’lkada eng ko’p va eng kam yog`in tushadigan joylarni topib, buning sababini izohlab bering.

21-§. Tuproqiari, o`simliklari va hayvonot dunyosi


Tuproqlari. O`lkaning sug`oriladigan qismida chirindisi 1—2 foiz bo`lgan o`tloq — voha tuproqlari tarqalgan. Vodiyning g`arbida — Buxoro va Qorako`l vohasining sug`orilmagan qismi va atroflarida sur-qo`ng`ir, taqir, qumli va sho`rxok tuproqlar uchraydi. Vodiyning o`zlashtirilmagan qayirlarida o`tloq, botqoq - o`tloq, zaxkash qismida botqoq tuproqlar mavjud. Bu tuproqda chirindi atigi 0,5 foiz bo`ladi.
Zarafshon vodiysining 1200 m balandlikkacha bo`lgan qismlarida bo`z tuproqlar tarqalgan.
O`lkaning 400 m dan 900—1000 metrgacha bo`lgan qismlarida oddiy bo`z tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq xili birmuncha hosildor bo`lib, tarkibidagi chirindi miqdori 1,5—3,0 foizga boradi.
O`lkaning 1000-1200 m balandlikdagi qismlarida to`q bo`z tuproqlar tarqalgan bo`lib, chirindi miqdori 2,5—3,5 foizga yetadi.
Toglarning 1200 m dan baland qismida och jigarrang tuproqlar uchraydi.
O`simliklari. Zarafshon o`lkasida o`simliklar ham g`arbdan sharqqa, tekislikdan tog`ga tomon o`zgara boradi.
Cho`l balandlik mintaqasi Zarafshon o`lkasining 400 m balandlikkacha bo`lgan qismlarini o`z ichiga oladi. Bu yerda yoz issiq, quruq, jazirama bo`lib, uzoq davom etadi. Binobarin, shunday sharoitga moslashgan (sertuk, ildizlari uzun, suvni kam bug`latadigan) o`simliklar o`sadi. Cho`llarda efemer, efemeroid, shuvoq kabi o`simliklar ko`p o`sadi. Qumli yerlarda oq va qora saksovul, juzg`un, cherkez, quyonsuyak, selin, iloq, ba'zan yantoq tarqalgan. Sho`rxok joylarda sarsazan, yetmak o`sadi.
Adir mintaqasi 400—1200 metrgacha bo`lgan joylarni o`z ichiga oladi. Adirning asosiy tabiiy o`simliklari efemer va efemeroidlar, ayniqsa, rang, qo`ng`irbosh, chuchmoma, boychechak, lolaqizg`aldoqlar va loladan iborat. Adirda, shuningdek, oqkavrak, shuvoq, juzg`un, burgan, guhxayri, chalov, bug`doyiq, yovvoyi javdar kabi o`simliklar o`sadi. Adirning tog` yonbag`irlarida, toshloqli yerlarida yovvoyi bodom, na’matak, do`lana; Zarafshon to`qaylarida — tol, lox, turang`il, qamish, yovvoyi jiyda, jirg`anoq o`sadi.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish