Taqvim-rejadagi va darslikdani mavzularning nomlanishi bir-biriga muvofiq kelmaydi. Buni quyidagilarda ko’rish mumkin:
Taqvim-rejada Zarafshon o’lkasi deb berilsa, darslikda Zarafshon vodiysi deb beriladi.
Taqvim-rejada “Zarafshon o‘lkasi geografik o‘rni. Yer yuzasi geologik tuzilishi va foydali qazilmalari” deb nomlangan. Darslikda esa “Zarafshon vodiysi” deb nomlanadi. Darslikda mavzu nomidan keyin uning geografik o’rni berilib, so’ng “Yer yuzasi geologik tuzilishi va foydali qazilmalari” deb nomlangan mavzu nomi berilgan. Kelgusida ushbu darslik mualliflari “Zarafshon vodiysi” nomini kichik bio shaklida qo’llab, mavzu nomini taqvim-rejaga mos holda “Zarafshon o‘lkasining geografik o‘rni, Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari” deb o’zgartirsalar maqsadga muvofiq bo’lardi.
Shu o’rinda yana bir narsani aytish o’rinliki, ma’lum bir hudud o’rganilganda avval uning geologik tuzilishi, so’ng relyefi o’rganiladi. Shuning uchun mavzu nomida ham, uning mazmunida ham avval hududning geologik tuzilishi, so’ng relyefi o’rganilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki o’quvchi 6-sinfda o’lkalarni shu tartibda o’rganadi. Bu yerda “yer yuzasi tuzilishi” jumlasini “relyef” atamasi bilan almashtirish zarur. Birinchidan, bu atama geografik, ikkinchidan o’quvchilarga tanish atama.
Taqvim-rejada “Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi” ga bir soat vaqt ajratilgan holda darslikda 2 ta mavzu sifatida berilgan. Buni ham ko’rib chiqib, bitta mavzuga birlashtirish kerak.
Darslik va unga mos keladigan atlas bir-biriga muvofiq kelishi lozim. Zarafshon okrugi taqvim-rejada o’lka, darslikda vodiy, atlasda tabiiy geografik rayon deb berilmoqda.
“Zarafshon o‘lkasi geografik o‘rni. Yer yuzasi geologik tuzilishi va foydali qazilmalari” mavzusida mavzu matni asosan o’lkaning yer yuzasi xususiyatini tavsiflashga bag`ishlangan. 12 abzasdan iborat matnning 9 abzasi yer yuzasi xususiyatiga, qolgan 3 abzasi o’lkaning geografik o’rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalariga bag`ishlangan, xolos.
“Zarafshon o‘lkasi geografik o‘rni. Yer yuzasi geologik tuzilishi va foydali qazilmalari” mavzu matnida va atlasda Hayotboshi cho’qqisining balandligi 2169 m deb berilgan holda, darslikning shu mavzu matnida berilgan 50-rasmda uning balandligi 2165 m deb berilgan.
“Iqlimi va suvlari.” mavzusi yetarlicha yoritilmagan. Masalan, yillik o’rtacha harorat berilmagan, Quyi Zarafshonning suv ta’minoti yoritilmagan.
Qo’riqlanadigan hududlar kam yoritilgan. Zarafshon to’qay davlat qo’riqxonasi va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar haqida ma’lumot berilmagan.
Quyida darslikdagi mavzuni aynan keltirishni lozim topdik:
Do'stlaringiz bilan baham: |