Tuproqshunoslik va geografiya


O’rta Zarafshonning umumgeografik tavsifi



Download 1,77 Mb.
bet10/20
Sana13.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#447186
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
“zarafshon okrugining umumgeografik tavsifi”

2.2. O’rta Zarafshonning umumgeografik tavsifi

Zarafshon vodiysining o’rta qismi havzasida joylashgan. Unga O’zbekistonda Samarqand va Sangzor-Nurota botiqlari to’g`ri keladi. Okrug g`arbda Hazar yo’lagi orqali Quyi Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Sharqdan Chumqartog`, shimoldan Nurota va Sangzor tizma tog`lari bilan, janubdan esa Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog`lari bilan o’ralgan. Sharqiy chegarasi shartli ravishda Tojikiston bilan bo’lgan davlat chegarasi orqali o’tadi.


Shimoliy va Janubiy Nurota tog` tizmalari oralig`ida Sangzor-Nurota botig`i joylashgan. Uni Zarafshon botig`idan Janubiy Nurota tog` tizmalari ajratib turadi. Shimoliy Nurota tog`lariga Qo’ytosh va Nurota tog`lari kiradi. Nurota tog`lari balandligi chekkalarida 600 m atrofida markazi Xayotboshi cho’qqisi 2169 m ga boradi. Okrugning shimoliy chegarasi Nurota tog`i suvayrig`ichi orqali o’tadi.
Janubiy Nurota tog` tizmalari sharqida kenglik bo’ylab 35 km ga cho’zilgan, eng baland yeri 1600 m ga teng bo’lgan G`o’bdintog`dan boshlanadi. Undan shimoli-g`arbda Qorasuv vodiysidan keyin Qoracha tog` tizmasi boshlanadi. Qorachatog` Oqsoy daryosi vodiysigacha davom etadi. Undan g`arbdagi tog`lar Oqtog` deb ataladi. Bu tizma Langar cho’qqisidan (1993 m) biroz g`arbda ikki tarmoqqa ajratiladi; shimoliy (Bahitog`) va janubiy (Qoratog`) tarmoqlarga bo’linadi. Bu ikki tarmoq orasida prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog` oralig`i tekisligi Arnasoy joylashgan. Uning mutlaq balandligi sharqida 800 m dan g`arbida tomon 400 m gacha pasayib boradi. Sangzor-Nurota botig`i Sangzor, G`allaorol va Nurota tekislik botiqlaridan tashkil topgan.
Sangzor botig`i shimolda Morguzar va janubda Turkiston tog` tizmasining g`arbiy chekka qismi bo’lgan Chumqortog` tog`lari oraligida joylashgan. Uning o’rta qismidan Sangzor daryosi oqib o’tadi. Sangzor vodiysining kengligi botiqning g`arbida 17 km ni, sharqida esa, ya’ni yana daryoning yuqori oqimida 5-6 km ni tashkil etadi. Botiqning shimoli-g`arbga davom etgan qismi G`allaorol tekisligi deb ataladi. Bu tekislikdan g`arbda Nurota botig`i joylashgan bo’lib, u Qizilqumga (g`arbga) tomon kengayib boradi.
Janubda Nurota-Sangzor botig`iga parallel holda Zarafshon botig`i joylashgan. Uning o’rta qismidan Zarafshon daryosi oqib o’tadi. Zarafshon botig`ini shimoldan va janubdan o’rab turgan tog` tizmalari botiqning sharqida – Panjikent yaqinida bir-biriga juda yaqinlashib keladi. G`arbga tomon esa tog` tizmalari bir-biridan uzoqlashib, mutlaq absolyut balandligi pasayib boradi. Botiqning kengligi uning sharqida, Panjikent yaqinida 15 km bo’lsa, Samarqand shahri meridianida 60 km, Xatirchi yaqinida 40 km, Karmana meridianida esa 35 km ni tashkil etadi. Botiqning eng past yeri daryo o’zaniga to’g`ri keladi. Uning mutlaq balandligi Panjikentda 900 m, Samarqandda 680 m, Kattaqo’rg`onda 470 m, Navoiyda 350 m ga teng.
Zarafshon botig`i, ayniqsa uning markaziy qismi tekislikdan iborat, faqat Samarqand yaqinidagi Cho’ponota balandliklari tekislikdan biroz ko’tarilib turadi. Zarafshon vodiysini o’rab turgan tog`lar etaklarida qiya tekisliklar mintaqasi alohida ajratib turadi. Ular prolyuvial jinslardan iborat konussimon yoyilmalardan tashkil topgan. Vodiyning janubi-sharqida Qoratepa va Choqilqalon tog` etaklarida shakllangan yoyilmalar hamma yerda keng va tekis prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular o’rta to’rtlamchi davr lyossimon jinslaridan tarkib topgan. Bu tekisliklar Kattaqo’rg`on shahrigacha davom etadi.
Zarafshon vodiysida Panjikentdan g`arbroqdan boshlab 3 ta asosiy terassa ko’zga yaqqol tashlanadi. Qayir, I va II qayir usti terrasalari Zarafshon vodiysini hosil qiladi. Bular ichida maydoni jihatdan eng kattasi lyossimon gillardan tashkil topgan II qayir usti terrasasidir.
O’rta Zarafshon okrugi iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu yerda havoning mutlaq minimum harorati Quyi Zarafshon okrugidagiga nisbatan pastroq, haqiqiy qishli kunlar ko’proq kuzatiladi. Iyul oyining o’rtacha harorati pastroq bo’lib, +25-28 0C ni tashkil etadi. Mutlaq maksimum harorat ham pastroq, asosan +420C atrofida bo’ladi. Natijada vegetastiya davridagi musbat haroratlar yig`indisi ham kamroq bo’lib, 4200-46000 ni tashkil etadi. Yillik yog`in miqdori okrugning tekislik va tog` oldi hududlarida 300-400 mm bo’lib, tekislik okruglaridagiga nisbatan 2-3 hissa ko’pdir.
Okrugni Zarafshon daryosi suv bilan ta’minlaydi. Daryo oqimining asosiy qismi okrugdan tashqaridagi tog`larda shakllanadi. Daryo havzasi tog`li qismining maydoni Zirabuloq–Ziyovuddin tog`larisiz 17710 km2 ni tashkil etadi va shu hududda shalklangan umumiy oqim miqdori 190 m3/sek ga teng. O’rtacha oqim moduli 10,7 l/sek/km2 ga tengdir. Daryo havzasining tog`lik qismidan chiqishi bilan uning suvi ko’p sonli kanallarga olinib, sug`orishga sarflanadi.
Okrugdagi yirik daryolardan yana biri Sangzor daryosidir. Uning Nushkent yonida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 2,96 m3sek ga va oqim moduli 3,25 l/sek/km2 ga teng. Uning suvi to’liq sug`orishga sarflanadi.
Okrugda, ayniqsa uning shimoliy qismida soylar ko’p (50 dan ortiq), ular suvi ham sug`orishga sarfanadi.
Okrugda daryo qayirlarida gidromorf, adirda bo’z, tog`larda jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. O’simlik dunyosi ham xilma-xil bo’lib, to’qay o’simliklaridan, efemer-efemeroidlardan, butalardan, tog`larida keng bargli yakka daraxtlar va archalardan tashkil topgan. Okrugda bargli o’rmonlar, shuningdek, alp o’tloqlari deyarli kuzatilmaydi. Okrugda cho’l, tog` oldi cho’l-dasht va quruq dasht, o’rtacha balandlikdagi tog`larga mansub o’rmon-o’tloq dasht mintaqalarini ajratish mumkin.
O’rta Zarafshon okrugida ham respublikamizning ko’p joylaridagi kabi tabiatni muhofaza qilish, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni yaxshilash kishilar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda.
Okrug hududida qazilma boyliklarning katta zahiralari mavjud, ular asosida ko’plab sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Navoiy shahri va uning atrofida sanoatning rivojlanishi 1965 yillardan kimyo, tog`-metallurgiya va energetika korxonalari qurilib ishga tushirilishidan boshlangan. Ushbu korxonalarning atrof-muhitga qanday ta’sir etishi yetarli darajada o’rganilmagan, natijada ular ekologik xavfli bo’lsalar ham, qishloq va shaharlar yaqiniga joylashtirilgan. Hozirgi vaqtda bu korxonalar va avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga ko’plab zaharli moddalar chiqarilmoqda. Navoiy shahri respublikada atmosfera havosi ancha ifloslangan shahar hisoblanadi. Shahar havosida chang, oltingugurt II oksidi, azot II oksidi, fenol, ammiak miqdori normaga nisbatan ancha (1-3,5 martagacha) ko’p1.
Okrugda, ayniqsa Navoiy zonasida suv manbalari sifati sanitariya-gigiena talablariga to’liq javob bermaydi. Zarafshon daryosining suvi bu zonaga ma’lum darajada ifloslangan holda keladi. Buning ustiga daryoga oqava suvlar tashlanishi oqibatida daryo suvi yanada ifloslanmoqda. Suv tarkibida yod, kaltsiy, magniy, xlor va boshqa elementlarning miqdori me’yoridan yuqori ekanligi kuzatilmoqda.
Okrugda qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan yerlar holatining yomonlashuvi davom etmoqda, tuproq qatlamining buzilishi (degreditsiyasi) kuzatilmoqda. Yerdan oqilona foydalanishning qoida va chora tadbirlarini bilmaslik yoki ularga yetarlicha rioya qilmaslik ham qishloq xo’jalik yerlari sifatiga salbiy ta’sir etmoqda. Okrugda, xususan uning g`arbiy qismida sug`oriladigan yerlarning sho’rlanish darajasi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Okrugda tuproqning unumdorligiga putur yetkazuvchi asosiy salbiy geoekologik omillarga suv va shamol eroziyasini, kimyoviy o’g`itlardan, gerbistid, petistid va defolyantlardan me’yoridan ortiqcha foydalanishni, radioaktiv ifloslanishni kiritish mumkin.
Okrugda o’simlik va hayvonot dunyosining holati ham talab darajasida emas, yer osti boyliklarini muhofaza qilish ham dolzarb bo’lib qolmoqda. Tog`-kon sanoatida yo’l qo’yib kelinayotgan xatolar ular joylashgan yerlarda tabiiy landshaftlarning buzilishiga, atrof-muhit ekologik holatining yomonlashuviga sabab bo’lmoqda.
Okrug hududi turli qismining tabiatidagi tafovutlarga qarab unda 5 ta tabiiy geografik rayon ajratilgan. Bular Kattaqo’rg`on, Samarqand, Nurota, G`allaorol va Sangzor rayonlaridir.
Kattaqo’rg`on tabiiy geografik rayoni Ziyovuddin-Zirabuloq tog`larining shimoliy yonbag`rini va unga tutash Zarafshon vodiysini o’z ichiga oladi. Rayonga vodiyning eng past qismi to’g`ri keladi. Bu rayonda qayir va qayir usti I hamda II terrasalari mavjud. Zarafshon daryosining chap sohilida, Ziyovudin-Zirabuloq tog`larining etaklarida yuqori to’rtlamchi davrda shakllangan tog` oldi prolyuvial tekisliklari joylashgan, uni janubdan paleozoyning cho’kindi va intruziv jinslaridan tashkil topgan Ziyovudin-Zirabuloq tog`lari o’rab turadi.Bu tog`lardan sharqda o’rta to’rtlamchi davrga mansub lyosslardan tarkib topgan to’lqinsimon tekislik joylashgan. U Zarafshon vodiysiga tik jarlik hosil qilib tushadi. Rayonning asosiy qismi dengiz sathidan 400 m dan 500-600 m gacha balandda joylashgan. Faqat Zirabuloq tog`larining balandligi 600 dan 800-1000 m gacha etadi.
Kattaqo’rg`on rayoni okrugda eng past mutlaq balandlikda joylashgan va yog`in-sochin miqdorining eng kamligi bilan ajralib turadi. Tekislik qismida yillik yog`in miqdori 180 mm bo’lib, toqqa ko’tarilgan sari biroz ortadi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi, yozda qurg`oqchil kunlarning ko’pligi (18-20 kun), manfiy haroratlar yig`indisining, eng kam ekanligi bilan ajralib turadi. Botiqlarda manfiy harorat yig`indisi – 1100 bo’lsa, eng past harorat -350 gacha tushsa, tog` oldi qiya tekisliklarida, tog` etaklarida manfiy haroratlar yig`indisi 65-700 xolos, mutlaq past harorat -240 ni tashkil etadi. Rayonda yanvar oyining o’rtacha harorati -0,50 -20, vegetastiyali qish 37-53 % ni, iyul oyning o’rtacha harorati +27+280, mutlaq yuqori harorat +440 ni tashkil etadi. Rayon hududining geologo-geomorfologik jihatdan har xilligi, u bilan bog`liq holda gidrogeologik, tuproq-botanik sharoitning va makroiqlimning har xilligi turli xil landshaftlarining tarkib topishiga olib kelgan. Rayonda 7 ta landshaft xili ajratiladi.
Samarqand rayoni Kattaqo’rg`on rayonidan yuqoriroqda janubi-sharqda joylashib, Zarafshon vodiysini, Chiqilkalon va Qoratepa tog`larining shimoliy yonbag`rini va prolyuvial tekisliklarni o’z ichiga oladi. Rayon hududining mutlaq balandligi g`arbida 500 m dan, sharqida 900 m ga va shimolida 600 m ga janubida esa 2000 m ga boradi. Balandlikka bog`liq ravishda yillik yog`in miqdori 300 dan 400 mm gacha etadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati +10 -0,50 orasida, vegetatsiyali qishlar 44-52 % ni tashkil etadi, iyul oyining o’rtacha harorati 24-270 ga teng. Rayonning asosiy suv resurslari Zarafshon daryosi suvi va Qoratepa hamda Choqilqalon tog`laridan oqib tushadigan soylar suvidan tarkib topadi. Soylar suvlari asosan tog` oldi tekisliklaridagi yerlarni sug`orishga sarf qilinadi. Rayon huduidagi mutlaq balandlikdagi farq 7 ta landashft xillarining shakllanishiga olib kelgan. Bulardan sug`oriladigan tipik bo’z tuproqli voha landshaftlari rayon hududining 30 % ni tashkil etadi.
Nurota rayoni tarkibiga Oqtog`, Qoratog` tizmalari va uning etaklari, Nurota botig`i, Nurota tizmasi va uning janubiy yonbag`ri kiradi. Tog` tizmalari, botiq va tog` oldi tekisliklari kenglik bo’ylab cho’zilgan. Tog` tizmalari paleozoy erasining cho’kindi va intruziv jinslaridan, botiqlar hamda tog` oldi tekisliklari to’rtlamchi davrning prolyuvial jinslaridan tashkil topgan. Rayon hududining mutlaq balandligi 400-900 m dan to 2000 m gacha boradi. Rayonda Zarafshon kabi yirik daryolar yo’q, sug`orish manbai tog`lardan oqib tushadigan soylar va yer osti suvlari hisoblanadi. Rayon iqlimi qishning qattiqligi, yozining issiq va quruqligi bilan boshqa rayonlardan ajralib turadi. Yanvar oyining ko’p yillik o’rtacha harorati -10, eng past harorati -290 bo’lgan. Vegetastiyali qishlar 46 % ni, manfiy haroratlar yig`indisi – 1400 ni tashkil etadi. Iyul oyining ko’p yillik o’rtacha haroarti +280, eng yuqori harorat 430 ni, harorat +100 dan yuqori bo’lgan davrdagi o’rtacha haroratlar yg`indisi 44400 ni tashkil etadi. Yillik yog`in miqdori esa 200 mm atrofidadir.
Rayon hududida 7 ta landshaft xili ajratiladi.
G`allaorol rayoniga Nurota botig`ining sharqiy qismi, Shimoliy Nurota tog`ining janubiy yonbag`irlarini, G`obduntog` va Qorachatog`larni va ularning janubiy yonbag`irlariidagi prolyuvial qiya tekisliklar kiradi. Tog`li qismi asosan metomorfiklashgan slanestlardan, ohaktoshlardan, granodiorit va dioritlardan, tekislik qismi to’rtlamchi davrning prolyuvial jinslaridan tarkib topgan. Rayon hududini soylar meridian yo’nalishda kesib o’tgan. Ulardan eng kattalari Qorasu (0,5 m3/sek), To’sin (0,9 m3/sek) va boshqalar.
Rayon okrugda yillik yog`in miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi. O’rtacha yillik yog`in miqdori (400 mm) tuproqda iyun oyining boshigacha namning saqlanib turishini ta’minlaydi. Bu esa bahorikor donli har yili yetarli miqdorda hosil olish imkonini beradi.
Qish rayonda Nurota, Samarqand, Kattaqo’rg`on rayonlaridagiga nisbatan qattiqroq bo’lib, manfiy haroratlar yig`indisi -1500 ga, yanvarning ko’p yillik o’rtacha haroarti -20 ga, mutlaq manfiy harorat -300 ga teng. Vegetastiya davom etadigan qishlar 38 % ni tashkil etadi. Iyulning ko’p yillik o’rtacha harorati +270, eng yuqori harorat +420 gacha ko’tariladi. Rayon hududida 3 ta landshaft xili ajratilgan.
Sangzor rayoni Sangzor daryosi vodiysini va Turkiston hamda va Morguzar tog`larining Sangzor vodiysiga tutash yonbag`irlarini o’z ichiga oladi. Sangzor havzasiga kiruvchi Turkiston tizmasining shimoliy yonbag`ri kambar va qiya bo’lib, uning mutlaq balandligi sharqida 3000 m dan g`arbiga tomon pasayib, 1000 m ga tushib qoladi. Sangzor vodiysini shimoldan o’rab turgan Morguzar tog`i ensiz qator tog`lar bo’lib, janubiy yonbag`ri tik, shimoliy yonbag`ri qiya ekanligi bilan ajralib turadi.
Sangzor vodiysi to’rtlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Vodiyning kengligi g`arbida 17 km ni, sharqida esa torayib 5-6 km ni, mutlaq balandligi g`arbida 500-600 m ni, sharqida 1700-2300 metrni tashkil etadi.
Sangzor rayoni okrugda ancha balanda joylashganligi va g`arbga ochiq bo’lganligi sababli yillik yog`in miqdori ko’pligi (400-500 mm), qishining ancha sovuqligi (yanvarning o’rtacha haroarti -30) , yozining salqinligi (iyulning o’rtacha harorati +230) va termik resurslarining kamroqligi (33500) bilan ajralib turadi. Landashftlari ham xilma-xildir. Rayonda 7 ta landshaft xili ajratilgan.



Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish