Savol va topshiriqlar
1. Tuproq xaritasi yordamida o’lkaning tekislik va tog`li qismida qanday tuproq turlari tarqalganligini aniqlang.
2. Tog` jigarrang tuproqlari o’lkaning qaysi qismida tarqalgan? O’tloq, botqoq –o’tloq va sho’rxok tuproqlar o’lkaning qaysi qismlarida uchraydi?
3. O’lkaning qaysi qismida cho’l o’simliklari o’sadi?
4. Nima sababdan Zarafshon vodiysining o’rta qismida (Samarqand botig`ida) tuproqlar uncha sho’rlanmagan holda quyi qismida sho’rlangan?
XULOSA VA TAKLIFLAR
Zarafshon daryosi havzasi qadimiy sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lgan. Hozirgi kunda uning hududida Tojikiston Respublikasi va O’zbekistonning alohida ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatiga ega bo’lgan Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari joylashgan.
Ma’lumki har bir daryo havzasi suvayirg`ichlar tufayli o’zining aniq chegarasiga ega bo’ladi, daryo havzasi relyef plastikasi uning yuqori qismidan eroziya bazisi tomon pasayib boradi, havza relyefiga mos holda yer usti va yer osti suvlarining daryo quyi qismi tomon oqishi sodir bo’ladi.
Zarafshon vodiysi o’zining betakror tabiati, tabiiy sharoiti va hududining o’ziga xos xususiyatlari, bu vodiyda shakllangan xilma-xil landshaftlarning inson hayoti uchun qulayligi bu hududda ilk insonlarning ilk manzilgrohlarida, qadimgi sug`orishinshootlarida, qadimgi shahar va qishloqlarda, hozirda daryo vodiysida yashayotgan zich aholi, ularning xo’jaligida o’z aksini topgan.
Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishida olib borilgan o’rganishlar quyidagi xulosa va takliflarni chiqarishga imkon beradi:
Zarafshon vodiysi respublikamiz tabiatining umumiy xususiyatlarini o’zida aks ettirgan holda tabiatining o’ziga xos xususiyatlariga ega;
Daryo havzasining bir butun tabiat kompleksi ekanligi, uni yagona sistema sifatida o’rganish lozimligini Zarafshon daryosi yaqqol isbotlab beradi;
Shu bilan birga daryoning yuqori, o’rta va quyi oqimlari tabiatining o’ziga xosligi Zarafshon vodiysini Yuqori, O’rta va Quyi Zarafshonga bo’lib o’rganishga imkon beradi;
O’rta Osiyoni tabiiy geografik rayonlashtirish sxemalarida bu hududni ham yagona Zarafshon okrugi sifatida, ham Yuqori, O’rta va Quyi Zarafshon okruglariga bo’lish hollari uchraydi;
O’rta va Quyi Zarafshon hududlarida tabiiy geografik rayonlashtirish N.A.Gvozdeskiy, T.V.Zvonkova, N.A.Kogay, L.N.Babushkin, M.Umarov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Saidov, U.Nurov ishlarida uchraydi. Bu ishlarning aksariyatida tabiiy geografik rayonlar lanndshaft kartalari asosida ajratilgan. N.A.Gvozdeskiy (1965) O’rta Zarafshonda Samarqand viloyati doirasida 4 ta okrug va 14 ta rayonlar ajratadi. T.V.Zvonkova (1965) Buxoro viloyatini 6 ta okrug va 13 ta rayonga bo’lishini tavsiya qiladi.
Zarafshon daryosi vodiysining shakli, hozirgi ko’rinishi geologik-geomorfologik omillarga bevosita bog`liq.
Zarafshon daryosi nafaqat okrug tabiatining shakllanishida, balki o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muhim rol o’ynaydi. Daryoning tabiiy va antropogen gidrografik tarmoqlari bu hududda “qon tomirlari” misolidadir;
Mavjud adabiyotlarda O’rta va Quyi Zarafshondan farqli o’laroq Yuqori Zarafshon okrugiga oid ma’lumotlar kam uchraydi;
Zarafshon okrugining umumta’lim maktablarida o’rganilishi oliy ta’limdagidan farq qiladi. 7-sinf geografiya darslarida Zarafshon o’lkasi deb o’rganiladigan hudud oliy ta’limda O’rta va Quyi Zarafshon okruglari misolida ko’riladi;
Umumta’lim maktablarida o’rganiladigan Zarafshon o’lkasi mazmun jihatidan Zarafshon okrugini to’liq qamrab olmaydi. U mazmunan okrugning faqatgina O’zbekistondagi qismini (o’rta va quyi) o’z ichiga oladi.
Aynan bu boradagi chalkashliklarning bartaraf qilish vaqti keldi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o’z nutqlarida ta’lim sifatidagi kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdilar. Maktab geografiya darsliklarining mualliflari oliy ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatishadi. Shu sababli adabiyotlarni yangi avlodini yaratishda bu boradagi kamchiliklarni inobatga olish zarur.
Men bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo’yicha o’rgangan bilimlarimdan, to’plagan ma’lumotlarimdan kelgusidagi pedagogik faoliyatimda foydalanaman. Doimo o’z mehnat faoliyatimga tanqidiy qarab, izlanishda davom etaman. Pedagogik faoliyatim bilan birga Zarafshon okrugining eng quyi qismida, Zarafshon daryosining quyi oqimida yashovchi inson sifatida bu borada ilmiy izlanishlar olib borishga ustozlarimga va’da beraman.
BMIni bajarish davomida kerakli ma’lumotlarni to’plash malakasiga ega bo’ldim. Ushbu ishimni bajarishda yaqindan yordam bergan ilmiy rahbarim hamda kafedramizning barcha professor-o’qituvchilariga katta minnatdorchilik bildiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |