Tuproqshunoslik va geografiya


I Bob Surxondaryo viloyatining umumgeografik tavsifi



Download 1,43 Mb.
bet8/37
Sana02.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#312488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
“surxondaryo viloyati ko’llari va daryolari geografiyasi”

I Bob Surxondaryo viloyatining umumgeografik tavsifi

    1. Surxondaryo viloyatining geografik o`rni, chegaralari, paleogeografiyasi, foydali qazilmalari va relyefi

Surxondaryo o’lkasi O’zbekistonning eng janubida joylashgan. U o’z ichiga Surxon-Sherobod vodiysini va uning atrofini o’rab turgan tog’larni oladi. O’lka sharqdan va shimoli-sharqdan Bobotog’ va Hisor tog’lari orqali Tojikiston bilan, shimoli-g’arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Buysun tog‘lari orqali o‘tadi. G’arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko’hitang tog’ining suvayirg’ich qismidan o’tadi. Janubda chegara Afgoniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.

Surxondaryo viloyati to’lig’icha Surxandaryo okrugida joylashgan. Surxandaryo okrugi aslida Turon provinsiyasi hamda Janubiy Tojikiston okrugining bir qismi bo’lib, respublikamizning eng janubida joylashgan. Viloyat chegarasi shimolda juda katta antiklinoriy hisoblanmish Hisor tizmasining markaziy baland o`q qismidan o`tadi. Sharqdan okrugni Bobotog`, g`arbdan Boysun va Ko`hitang tog` tizmalari o`rab turadi, janubdagi chegarasi esa O`zbekistonning Afg`oniston bilan Amudaryo orqali o`tgan davlat chegarasiga to`g`ri keladi. Viloyat hududi janubga ochiq va shimoli-g`arb, shimol hamda sharq tomondan tog`lar bilan o`ralgan. Viloyat hududi shimoldan janubga tomon pasayib boradi, uning tekislik qismi sinklinal botiqdan iborat bo`lib, neogen va atropogen davrlarining qalin allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan to`lgan. Botiq neotektonik jarayonlar natijasida cho`kib bormoqda.

Hududning geologik tuzilishida proterozoy, kembriy, ordovik, silur, devon, toshko’mir, perm, trias, bo’r, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari ishtirok etadi. Proterozoy jinslari Boysuntog’ va Ko’hitang tog’larda tarqalgan bo’lib gneyslardan, kristall slaneslardan, kvarsitlardan va marmarlardan tarkib topgan. Kembriy yotqiziqlari Obizarang daryosi havzasida uchraydi va kristall slaneslardan tuzilgan, qalinligi 1000-1200 m (Rubanov, 1968). Ordovik davr yotqiziqlari Chillinsuv, Irgaylik va Almaliksoy havzalarida tarqalgan bo’lib qumtosh, alevrolit, kristallashgan slaneslardan tuzilgan bo’lib qalanligi 300 metrdan oshmaydi.

Silur va devon davri yotqiziqlari Olmalisoy, Kishtut, Shartut daryolari havzalarida tarqalgan. Perm davri yotqiziqlari Kayraka soyining chap qirg’og’i, Xo’ja Karshavar urochishasida uchraydi, ular perfirlar, tuflardan, tuf aralash qumtoshlardan, alevrolitlardan va konglomeratlardan tuzilgan bo’lib, qalinligi 200-300. Trias, yura va bo’r davrlari yotqiziqlari Machayli tizmasining janubiy yonbag’rida, Yalangto’sh dovonida, Boysuntog’ Chaqchar tog’larining suvayirg’ich zonasida Ko’hitang tog’ining sharqiy yonbag’rida, Bobotog’ tizmasida uchraydi. Bu davrlarning yotqiziqlari qizil rangli glinalardan, kichik shag’al toshli konglomeratlardan g’ovak ohaktoshlardan tarkib topgan.

Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botib, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan.

Kaynozoy erasining paleogen davri yotqiziqlari Sherobod-Sariqamish ko’tarilmasining qanotlarini, Zevar daryosi havzasini va Bobotog’ tizmasining gumbazsimon balandliklarini qanotlarini qoplaydi, ular konglomeratlar, alevrolitlar, glinalar, kristallashmagan ohaktoshlardan tuzilgan. Neogen davri yotqiziqlari Bobotog’, Tuyuntog’, Oqtog’, Jasmanachi tog’larida uchraydi, konglomeratlar, qumtosh, slaneslardan tuzilgan bo’lib 500-1500 metrni tashkil etadi (Gridnev, 1955).

To’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’lib, bular daryo vodiylarida allyuvial yotqiziqlar ko’rinishida, tog’ etaklarida prolyuvial yotqiziqlar, tog’ yonbag’rlarida delyuvial yotqiziqlar shaklida uchraydi. Surxondaryo vodiysida ularning qalinligi 150-300 metrni tashkil qiladi. Bular Yoshi bo’yicha Toshkent, Mirzacho’l, Sirdaryo sikllariga bo’linadi.

Surxondaryo havzasi relyefining hozirgi qiyofasini olishi uzoq davom etgan ichki va tashqi relyef hosil qiluvchi kuchlarning qarama-qarshi harakatlarini natijasida shakllandi. Suvsiz paleozoy erasida Surxondaryo havzasi hududi suv tagida bo’lib hozirgi krislatall slaneslar, ohaktoshlar, qumtoshlar dengiz tagi yotqizig’i bo’lgan. Bu tog’larda kaynozoy erasida ro’y bergan alp tog’ burmalanishi juda kuchli bo’lgan va hozirgi tog’lar shakllana boshlagan. Neogen davri tog’ ko’tarilishi tufayli dengiz chekindi va relyef to’liq hozirgi holatida shakllandi.

Amudaryo, Surxondaryo va Sherobod daryosining qayirlari antropogen davrining gil, qumoq, qum va shag`allaridan tashkil topgan bo`lib, ularning ustini ancha qalin qumoq, lyossimon jinslar qoplab olgan.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish