Surxondaryo okrugi foydali qazilmalarga boy. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari koʻp.Sharg`unsoydan toshko’mir, Ko’kaydi, Lalmikor, Uchqizil, Xovdog`dan neft, tabiiy gaz qazib olinmoqda. Okrugda nodir va qimmatbaho metallar, har xil tuzlar, binokorlik materiallari ham bor. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, gips, ohak konlari bor. O’zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu oikada joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi.
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlari orasida Surxandaryo viloyatining o‘rni alohidadir. Bu respublikamizda birinchi o‘rinda turadi. Viloyat respublika hududlarining 5% ga yaqinini egallangani holda uning tog‘ va tog‘oldi hududlari mamlakatdagi shunday maydonning 14% ni tashkil yetadi.
Surxondaryo viloyati relefi tog‘ va tekisliklardan iborat, shimoldan
janubdan qiyalanib va kengayib boradi. Tog‘lardan oqib tushunadigan ko‘pdan-ko‘p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va SHeroboddaryo oqib o‘tadigan tekislik shimol, g‘arb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog‘, Ko‘hintangtog‘, Bobotog‘) bilan o‘ralgan.
Surxondaryo viloyati shimoli - sharqdan janubi-g`arbga tomon taxminan 170 km cho`zilgan. Viloyatning shakli uchburchakka o`xshaydi, janubi-g`arbiy qismida esa kengayadi va 110-116 km ga yetadi, shimoli - sharqiy qismida esa kengligi atigi 16-20 km dir.
Viloyatda balandligi 270-550 m keladigan, parchalangan, jarlarga boy tog` oldi qiya tekisliklar hamda marzalar mavjud. Viloyatning janubiy qismida qumliklar (Kattaqum va boshqalari), taqir, sho`rxoklar, Amudaryo sohilida botqoq bosgan yerlar uchraydi. Viloyatning o`rta qismidan Surxondaryo oqib o`tib qayir va terrasalar hosil qilgan. Viloyatning shimoliy qismini o`rab turgan Hisor tizmasining balandligi 4000 m gacha boradi. Uning viloyat hududidagi janubiy yonbag`irlari tor va chuqur vodiylar bilan parchalangan. Hisor tizmasidan janubi-g`arb va janubga qarab Chaqchar, Boysun, Ko`hitang kabi tizmalar tarqalib ketgan. Boysun tog`lari suvayirg`ich qismining o`rtacha balandligi 2500-3000 m, ayrim cho`qqilarining balandligi esa 3160 m dan 3920 m gacha boradi. Ko`hitang tog`larining eng baland nuqtasi Ayribobo tog`ining balandligi 3137 m. Bu tizma tog`lar ohaktosh, konglomerat, slanest, qumtosh, qisman otqindi jinslardan tashkil topgan. Boysun tizma tog`idan sharqda parallel cho`zilgan qator tizmalar bor. Ularni Boysun, Ko`hitangtog` tizmalaridan Boysun, Kofrun, Sayrob botiqlari ajratib turadi.
Bobotog` tizmasi okrug sharqida shimoldan janubga Amudaryogacha cho`zilib tushgan bo`lib, Kofirnihon daryosi havzasi bilan Surxondaryo havzasini bir-biridan ajratib turadi.
Surxondaryo viloyatida uning relyefi va balandlik mintaqalarining iqlimiy, gidrologik sharoiti va tuproq-o`simlik qoplamidagi tafovutlar asosida quyidagi 3 ta tabiiy geografik rayonlar ajratiladi. Bular Quyi Surxon, O`rta Surxon va Yuqori Surxon rayonlari.
Quyi Surxon tabiiy geografik rayoni Amudaryo vodiysini, Surxondaryo vodiysining quyi qismini (Yangiqishloqdan quyida joylashgan) va Sheroboddaryo yoyilmasining 300-450 m mutlaq balandlikdagi qismini o`z ichiga oladi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi (vegetastiya davridagi harorat yig`indisi (57500 59500 ga teng), yillik yog`in miqdorining kamligi (130-150 mm), kuzining quruqligi, yozining quruq va jazirama issiqligi (iyulda havoning o`rtacha harorati +31,50, +320), qishining yumshoq va iliqligi (yanvarning o`rtacha harorati +3, +3,50), “afg`on” shamolining ko`p va kuchli esishi, vegetastiyali qishning ko`pligi (90-100 %), taqirli va qumli tuproqlarning keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Rayonda geologik, geomorfologik, tuproq-grunt sharoitining xilma-xilligidan kelib chiqib, 5 ta landashft xili ajratilgan.
O`rta Surxon tabiiy geografik rayoni Surxondaryo vodiysining o’rta qismini va unga sharq tomondan tutashgan Bobotog` va g`arb tomondan tutashgan Saritog` va Ko`hitangtog` yonbag`irlarini o`z ichiga oladi. Surxondaryo vodiysidagi och tusli bo`z tuproqlari tarqalgan yerlar rayonning eng past qismi hisoblanadi. Bu yerda mutlaq balandlik 390-400 m. Bobotog` yonbag`rida rayon chegarasi 700-800 m mutlaq balandlikdan, Ko’hitangtog`da esa 3000 m gacha bo`lgan yonbag`irlardan o`tadi. Rayonda iqlim ko`rsatkichlari Quyi Surxon rayonidagidan pastroq. Masalan, yanvarning o`rtacha harorati +10 C, +20 Cni, vegetastiyali qishlar 70-80 % ni, vegetastiya davridagi haroratlar yig`indisi 47500 - C 51000Cni, iyul oyining o`rtacha harorati +28 +290C ni, eng yuqori harorat vodiyning past qismida +460 C ni, tog`li hududlarida esa +400 ni tashkil etadi. Lekin yillik yog`in miqdori Quyi Surxon rayonidagiga nisbatan ko`proq bo`lib, 230 mm dan 450 mm gacha boradi. Rayon hududining har xil mutlaq balandlikda joylashganligi sababli tabiiy sharoitida anchagina xilma-xillik kuzatiladi. Rayondagi har bir balandlik mintaqasiga o`ziga xos landshaft xillari to`g`ri keladi. Rayonda 9 ta landashft xili ajratilgan.
Yuqori Surxon tabiiy geografik rayoni okrugning shimoliy baland qismini egallaydi. Unga Hisor tog`ining janubiy yonbag`irlari, Boysun tog`ining janubi-sharqiy va Bobotog`ning g`arbiy va shimoli-g`arbiy yonbag`irlari kiradi. Rayonning eng past qismi mutlaq balandligi 400 m, eng baland yeri 4700 m mutlaq balandlikka ega. Hisor tog`larining janubiy yonbag`irlari O`zbekistonda eng ko`p yog`in-sochin tushadigan hududlardan hisoblanadi. Rayon okrugda iyul oyi o`rtacha havo haroratining pastligi (+27,50, +28,50), termik resurslarning biroz kamligi bilan ajralib turadi. Rayonda 8 ta landshaft xili ajratilgan. Bu yerda ham har bir balandlik mintaqasiga o`ziga xos landashft xillari to`g`ri keladi.
Bobotog’ okrugini g`arbda Surxondaryo shimoldan Hisor, sharqda Kofirnihon, janubdan Amudaryo vodiylari o`rab turadi.Bizokrugningsharqiy chegarasinishartli ravishda O`zbekistonning Tojikiston bilan bo`lgan ma'muriy chegarasi orqali o`tkazamiz. Bobotog` okrugi bo`r, paleogen, neogen davr yotqiziqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular alp tog’ hosil bo’lish bosqichida shakllangan tektonika ta'sirida ko`tarilgan. O`zining geologik tuzilishi jihatidan eng yosh o`lka hisoblanadi. Bu yerdagi keksa tog` jinslari bo`r davriga xos bo`lib, qizil gil, qizil qumtosh, qizil mergolkonglomerat hamda ohaktoshlardan iborat. Tog`ning quyi qismlari esa paleogen vaneogen davr ohaktoshlari mergellari, Qizilqumlari va konglomeratlar uchraydi. Okrugning tog` etaklaridagi daryo vodiy va botiqlarida antropogen davrning allyuvial, prolyuvial yotqiziqlari, lyosslijinslar, qumloq, shag`al va boshqa yotqiziqlar ko`p uchraydi. Bobotog` okrugi relyefiga ko’ra ham Hisor – Zarafshon okrugidan farq qiladi. Bobotog` Hisor tog`idan Hisor vodiysi orqali ajralgan bo`lib janubda 370 30 min. shimoliy kenglikkacha taxminan 100 km cho`zilgan. tog`ning janubiy qismi Tusuntog`, Turtog` so`ngra Kakitog` deb atalib, to Amudaryogacha borib yetadi. Lekin okrug hududiga Bobotog`ning o`zi kiradi. Uning janubiy qismi Tojikistonga qaraydi. Okrug hududida Bobotog`ning o`rtacha balandligi 1200-1500m. Eng baland qismi 38 0 shk. Zarkosa cho`qqisidir (2286m).
Do'stlaringiz bilan baham: |