Tuproqshunoslik va geografiya


Surxondaryo viloyati iqlimi



Download 1,43 Mb.
bet10/37
Sana02.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#312488
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
“surxondaryo viloyati ko’llari va daryolari geografiyasi”

Surxondaryo viloyati iqlimi

Viloyatning janubiy kengliklarda joylashganligi hamda baland tog`larning shimoldan keladigan sovuq havo massalarining okrugga o`tishiga to`sqinlik qilishi sababli qishining ancha yumshoqligi bilan ajarlib turadi. Viloyatning katta qismida yanvar oyining o`rtacha harorati musbat, tekisliklarida, tog` oldi qiyaliklarida O`zbekistondagi uchun eng yuqori ko`rsatkich +2,50, +2,80, Sherobodda hattoki +3,40 kuzatiladi (tog`larda 3000 m balandlikda -60). Lekin ayrim yillar yanvarda mutlaq past harorat -200, -240 gacha pasayadi. Ko`p yillik kuzatuvlar viloyatning tekislik va tog` oldi qismida haqiqiy qish bo`lmasligini ko`rsatadi. Vegetastiya davom etishi mumkin bo`lgan qishlar 90-100 % gacha boradi. Shuning uchun yilning sovuq davridagi manfiy haroratlar yig`indisi juda kam bo`lib, -15-300 dan ortmaydi. Yoz viloyatda quruq va jazirama issiq keladi. Iyulning o`rtacha harorati +290, +320C (Termizda 310,6 Sherobodda 320,1 ), eng yuqori harorat +420, +480 daraja bo`ladi. Termiz shahrida harorat +49,50 gacha ko`tarilgazni kuzatilgan (1914 yil 21 iyulda). Harorati +50 dan yuqori bo`lgan kunlar soni bir yilda 290-320 ga etadi. Vegetastiya davridagi haroratlar yig`indisi 51000-60000 ga teng.

Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha tra 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanv.niki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv nurlar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori quyoshli kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi.

Viloyat tog`lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog`in kam (133-700 mm va undan ko`p). Yog`in miqdori relyefning tuzilishiga bog`liq bo`lib, janubi-g`arbdan (tekislikdan) shimoli-sharqqa (tog`larga) tomon ortib boradi. Masalan, Termizda yillik yog`in miqdori 133 mm ga, Sherobodda 154 mm ga, Sho`rchida 228 mm ga, Zarcho`l qishlog`ida 495 mm ga, Boysunda 445 mm ga, Sharg`unda 625 mm ga teng. Yog`inning ko`p qismi (88 %) bahor va qishda yog`adi, yozda esa juda kam tushadi. Bir yilda qorli kunlar o`rta hisobda Termiz va Sherobodda 15 kun, Denovda 23, Boysunda 45 kun bo`ladi. Ba`zi yillar qishda qor butunlay yog`maydi. Ammo tog`larga qor qalin tushadi va uzoq vaqt erimay turadi.

Viloyatda yozda g`arbiy, janubi-g`arbiy, qishda esa shimoli-sharqiy shamollar ko`p esadi. Shamollarning o`rtacha tezligi 2,6 m/sek, lekin ba`zan 15 m/sek gacha boradi. Afg`on shamoli janubi-g`arbiy quruq, chang-to`zonli shamol bo`lib, okrug janubida 10-15 kungacha davom etishi mumkin. Bu shamol ko`proq bahorda esadi, tezligi sekundiga 15 m ga etadi va undan ham ortadi.Qishloq xo`jaligiga katta zarar yetkazadi. Viloyat uchun yilning iliq davrida esadigan issiq va quruq garmsel shamoli ham xosdir. U esganda havo harorati ko`tariladi, namligi kamayadi. Natijada o`simliklarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Togʻlar shimoldan keladigan sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan Surxon-Sherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan.

Surxondaryo viloyatini g`arbdan, shimoldan va sharqdan o`rab turgan tog`lar yozda ham, qishda ham havo massalarining viloyatga o`tishiga ancha to`sqinlik qiladi. Shuning uchun ham okrug respublikamizdagi eng issiq o`lkadir. Yillik o`rtacha harorati +17C Yoz quruq va jazirama issiq, qish yumshoq va iliq keladi: Shuning uchun ham subtropik o`simliklar o`sa oladi. Yanvarning o`rtacha harorati +1,+4C bo`ladi. Lekin ba'zan qish oylari ancha sovuq kelib, eng past harorat -20,-27C ga tushadi. Iyulning o`rtacha harorati 28+32gr. eng yuqori harorat esa 42 +48gr. darajada bo`ladi. Termiz shahrida yoz kunlarida harorat xatto +50gr. gacha ko`tariladi.

. Viloyatning janubiy tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi etadi.. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi.

Okrug tog`lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog`in kam (133-360mm), yog`in miqdori hudud relyefining tuzulishiga bog`liq bo`lib, janubi - g`arbdan, shimoli-sharqqa tomon ko`payib boradi. Okrugning janubi g`arbiy tekislik qismida (Termizda) bir yilda 133 mm ga yetadi.





Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish