Hayvonlardan viloyatda bo`ri, tulki, jayron, kalamush, qo`shoyoq, yumronqoziq kabi hayvonlar bilan birga Hindiston maynasi, qaldirg`och, ko`rshapalak kabi subtropik mintaqaga xos bo`lgan turlar uchraydi, ilonlar ko`p. To`qaylarda bug`u, to`qay mushugi, qirg`ovul, Buxoro bug`usi (xongul), yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, tulki, g`oz, o`rdak uchraydi. Surxondaryo qo`riqxonasi tarkibidagi Ko`hitang buyurtmasida tog` landshafti hamda morxo`r, Buxoro tog` qo`yi, burgut himoya ostiga olingan. Shuningdek, bu yerda Zarautkamar arxeologik yodgorligi ham joylashgan.
Tog’lari hayvonot dunyosi ancha boy: bo’ri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayron, qoplon, yovoyi echki, arxar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ularga togʻ kurkasi, qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp. Shuningdek hududda bug`u, to`qay mushugi, qirg`ovul, Buxoro bug`usi, yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, tulki, g`oz, o`rdak uchraydi. Okrugda o`qilon, gekkon kaltakesagi, Turkiston kobrasi, Jayra, tasqara, so`fito`rg’ay, chil kaklik ham bor.
Surxondaryo viloyatida uning relyefi va balandlik mintaqalarining iqlimiy, gidrologik sharoiti va tuproq-o`simlik qoplamidagi tafovutlar asosida quyidagi 3 ta tabiiy geografik rayonlar ajratiladi. Bular Quyi Surxon, O`rta Surxon va Yuqori Surxon rayonlari.
Rayonda quydagi landshaftlar uchraydi.
1. Qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi o`tloq -botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landshafti.
2. Sug`oriladigan bo`z, allyuvial o`tloq va taqir tuproqlari tarqalgan madaniy landshaft.
3. Efemer o`simliklar bilan qoplangan, och bo`z tuproqli lyossli sertepa tekisliklar landshafti.
4. Iloq, butasimon psammofit tur o`simliklar o`suvchi allyuvial tekisliklarning eol qum landshafti.
5. Mezakaynazoy negiziga ega bo`lgan, shuvoq o`suvchi sur- qo`ng`ir tuproqli past tog`lar va balandliklar landshafti.
Sherobod tabiiy - geografik rayoni asosan Sherobod cho`lini o`z ichiga olib, sharqdan Havotog`, Uchqizil balandliklari orqali Termiz-Denov rayonidan ajralib tursa, junubda Amudaryo bilan shimoli - g`arbda Kelif - Sherobod marzasi bilan, shimolida esa Sherobod - Sariqamish marzasi bilan chegaralanadi.
Okrugning qumliklarida o`simliklardan qandim, oq saksovul, cherkez, tariqbosh o`sadi, daryo vodiylarining quyi qayirlarida va ayniqsa Amudaryoning o`ng qirg`oqlarida yulg`un, jiyda, turong`il, terak, qamish, savagich o`sadigan to`qaylar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |