1.4 Viloyatda tabiatni muhofaza qilish masalalari
Surxondaryo viloyati hududida ham ekologik xavf keltirib chiqarayotgan omillar mavjud. Bular suvning ifloslanishi, tuproqlarning sho`rlanishi, tobora ko`payib borayotgan sanoat chiqindilarining inson salomatligiga hamda atrof-muhit musaffoligiga salbiy ta`siri, cho`llashishning kuchayishi, havosining ifloslanishining ortib borishi va boshqalar. Viloyatning vodiy qismida ekologik xavfning kelib chiqishida qo`shni Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining ta`siri katta bo`lmoqda. Mazkur korxonaning ishlab chiqarish chiqindilari Surxondaryo viloyatining Tojikistonga chegara tumanlarida (Sariosiyo, Sho`rchi) ekologik tanglikning kuchayishiga sabab bo`lmoqda. Ko`rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan bu hududda aholi orasida bo’qoq, kamqonlik, suyak, tish va milk xastaliklarining kamaymayotganligi, o`simlik va hayvonot dunyosiga ham salbiy ta`sir etayotganligi kuzatilmoqda. Ana shundau salbiy ta’sirlardan tabiatni asrash maqsadida bir qancha qo’riqxonalar tashkil qilinib, tabiatning noyob o’simlik va hayvonlar tarqalgan hududlari huhofaza ostida olingan.
Masalan, Amudaryo to`qayzorlarini va u yerdagi o`simlik va hayvonlarning ba'zi turlarini himoya qilish maqsadida Surxondaryo Qo`riqxonasi tashkil etilgan. Qo`riqxona maydoni 28014 gektar bo`lib, ikki qismdan iborat. Birinchi qismi 1960- yil tashkil etilgan bo`lib sobiq Payg`ambarorol qo`riqxonasini o`z ichiga oladi.
Surxandaryo viloyati Sherobod tumanning shimoli-g‘arbiy qismida joylashagan. 2 mustaqil maydonda-Qo‘hitang tog‘ining sharqiy yon bag‘ri va Payg‘ambarorol qismi vodiy – to‘qay ekosistemalari va buxoro bug‘usini muhofaza qilish maqsadida 1971 yilda tashkil etilgan. Ko‘hitang davlat buyurtma qo‘riqxonasi bilan birlashtirilib Surxon davlat qo‘riqxonasiga aylantirildi. Vazifasi qo‘riqxona hududidagi o‘simlik va hayvonot olamini muxofaza qilish, tog‘-o‘rmon ekosistemasiga kiruvchi Qo‘hitang qismi (24583 ga) gidrologik tarmoqqa katta-kichik soyalarga boy, Layloxon, Qizilolmasoy kabi yirik daryolari ham bor. Qo‘riqxona hududida Zarautsoy rasmlari saqlangan dara mashhur. Qo‘hintangda Turkiston va Zarafshon archalari (8030 ga), Turkiston zarangi (104 ga), Turong‘il (512 ga), Buxoro bodomi (891 ga), Jiyda (183 ga) shirin bodom, pista, o‘rik, yong‘oq, saksovul va boshqalar o‘sadi. O‘simliklarning 810 turi mavjud, ularning 29 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Tog‘ va tog‘yon bag‘rilarida Turkiston silovsini, bo‘ri, tulki, quyon, bo‘rsiq xar xil zaxarli ilonlar va qushlarning 130 ga yaqin turi uchraydi. Qo‘riqxonaning Payg‘ambarorol hududi (Amudaryodagi kichik orol uzunligi 8km, ya’ni 3044 ga) o‘rmonzor va to‘qayzordan iborat. 1986 yilgacha etalon to‘qayzorlarining o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holida saqlash maqsadida tashkil etilgan. Mustaqil qo‘riqxona bo‘lgan.) 970 gektarni o‘rmonzorlar, qolgan qismini jiyda, terak-jiyda, yulg‘un va galofit o‘simliklar o‘sadi.
To‘qayzorlarda buxoro xonquli, yovvoyi to‘ng‘iz, qamish mushugi, qushlardan qirg‘ovul, burgut, tasqara, qirg‘iy, hind jayrasi; sudraluvchilardan cho‘l agamasi, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va boshqalar uchraydi. XII-XIII asrlarda orol muqaddas ziyoratgoh bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, orolda musulmon arboblaridan biri dafn etilgan va uning qabri ustida Zulkifl masjidi bo‘lgan. SHu bois, musulmonlar bu orolni muqaddas joy, ya’ni “Payg‘ambarorol” deb atashgan.
Surxandaryo viloyatining tabiiy-iqlimiy sharoiti va ekzotik tabiati bu erda rekratsion dam olish zonalarini rivojlantirish, aholining sog‘lig‘ini tiklash va tabiat ne’matlaridan to‘laroq baxramand qilish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Masalan, Boysun-Hisor tog‘laridan topilgan minerallar buloqlar asosida tashkil etilgan Omonxona; Bando, bolalar sil kassaliklari sanatoriyalari, Vaxshivor , Xondizza dam olish va davolanish maskanlari, bolalar oromgohlarida yiliga minglab dam oluvchilar va bolalar o‘z sog‘liklar tiklab, dam oldilar. Viloyatning Machay, Teshiktosh g‘orlari Sangardak sharsharasi To‘palang, Dekrez, Janubiy Surxon suv omborlari bir kunlik uch kunlik va haftalik sayog‘atalrni tashkil qilish orqali aholini tabiatning noyb yodgorliklari bilan tanishtirish va ulardan estetik zavq olishlarini ta’minlash mumkin. Sayohat uchun eng qulay davr may-avgust oylari bo‘lib o‘lkaning iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqib, suv sporti, o‘simliklar yig‘ish va dam olish uchun turli marshrutlarni tuzish lozim.
Omonxona dam olish va davolanish maskani shifobaxsh buloqlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, yiliga 500-550 bemor davolanadi. Bu erda oshqozon-ichak kasalliklari,gastrit, duodonet surunkali gepatit, jigar serrozi, o‘t-tosh kasalliklarini davolashadi. Xo‘jaikon davolash maskani tuz koni asosida tashkil etilgan. Bu profilaktoriyada o‘pka va nafas olish yo‘llari kasallliklari, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar davolanadigan maxsus xonalar mavjud. Asosan Xorazm, Buxoro, Navoyi, Samarqand, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Afg‘oniston va Qozog‘istondan xam bemorlar kelib davolanib ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |