Bitiruv malakaviy ishining obyekti-Surxondaryo viloyatining yer usti suvlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti- Surxondaryo viloyati daryolari va ko’llariga umumgeografik tavsif berish va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini yoritib berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Sug’orma dehqonchilikning rivojlanishini, yangi yerlarning o’zlashtirilishi, aholi sonining ko’payishi, shaharlar va qishloqlarning yiriklashishi antropogen yukni kuchaytirib suvga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi. Suv omborlari va kanallarning qurilishi daryolarning o’rta va quyi qismlarida suvning yillik rejimiga ta’sir ko’rsatmoqda. Ana shu o’zgarishlarni ashyoviy dalillar bilan ko’rsatish bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishida Surxondaryo hududidagi oqar suvlardan samarali foydalanish, kichik suv omborlari qurish, sug’orishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish bo’yicha qator takliflar va tavsiyalar berilgan , xulosalardan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, umumta’lim maktablarida geografiya darslarini o’qitishda foydalanish mumkin. Bu bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |