UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI TAHLIL QILISH
Amaliy ishning maqsadi:
Umumgeografik kartalarning har xil turlari bilan tanishish, kartalarning annatatsion matnini tuzish, ko’nikmalarga ega bo’lish.
Amaliy ishning bajarilish tartibi:
Kartaning nomi, nashrga oid ma’lumotlarni (masshtabi, nashr joyi, nashriyot nomi, yili, o’lchamlarini) yozib olish. Kartaning kimlarga mo’ljallanganligini (ma’lumotnoma, o’quv va boshqalar) imkoni boricha foydalanish turini aniqlash (devoriy, alohida hodisalarni o’rganish uchun, shaxsan o’zi foydalanish uchun va boshqa holatlarda).
Elementlari bo’yicha kartaning tuzilishini bayon qilish:
gidrografik tarmoqlar;
daryolar, ko’llar va suv omborlari, tasnifi, prinsipi;
relyef tasvirlash usullari (izoliniyalar, baland-pastliklar, otmetkalar, qavatma-qavat bo’yash soya, nurlar va boshqalar);
o’simliklar olami va gruntlar;
kartada bo’lishi va tasvirlash xususiyatlari;
aholi punktlari;
aloqa yo’llari, aloqa yo’llari turlari va ularni tasvirlash usullari;
boshqa mazmun elementlari (muzliklar chegarasi, foydali qazilmalar va hakazolar):
Ishning natijalari kartaning qisqacha annatatsion bayoni shaklida taqdim etiladi.
Amaliy ishning bajarilishi:
Kartaning nomi: O’quv kartasi. Qog’oz bichimi: 62x100
Bosma taboq: 5 Masshtabi: 1:50000
Adadi: 500 nusxa
Bu karta 2008-2009-yillarda “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida tuzilgan. “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi buyurtmasiga asosan nashr etilgan.
Elementlari bo’yicha kartaning tuzilishini bayon qilish:
Gidrografik tarmoqlar: Kartada gidrografiya tarmoqlari mavjud. Ko’llar, suv omborlari, daryolar, kanallar, quduqlar va buloqlar tasvirlangan.
Relyefi: Kartada gorizontallar izoliniyalarda tasvirlangan. Past-balandliklar otmetkalari ko’rsatilgan. Kartada gorizontallar, quruq o’zanlar, balandlik, chuqurliklar, jarlar, quvilma o’yiqlar, qo’rg’onlar va do’nglar tasvirlangan.
O’simlik olami: Kartada o’rmonlar, bog’lar, butalar, uzumzorlar, texnik ekinlar plantatsiyasi va qamishzorlar ko’rsatilgan.
Aholi punktlari: Kartada aholi yashash joylari va alohida mahalliy obyektlar tasvirlangan. Aholi yashash joylari kvartallari, oranjereyalar, issiqxonalar, parniklar, qabristonlar, yoqilg’i quyish shahobchalari va neft, gaz quduqlari tasvirlangan.
Aloqa yo’llari: Kartada aloqa liniyalari, elektr uzatish liniyalari, temir yo’llar, avtomobil yo’llari, dala yo’llari va so’qmoq yo’llari tasvirlangan.
Boshqa mazmun elementlari: Kartada koordinata to’rlari ko’rsatilgan. Kartografik tasvirlash usullaridan belgilar usuli, izoliniyalar, chiziqli belgilaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |