Tuproqshunoslik va geografiya



Download 1,43 Mb.
bet22/37
Sana02.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#312488
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
“surxondaryo viloyati ko’llari va daryolari geografiyasi”

Zevarsoy - Sariosiyo tumani hududida joylashgan, Kishtut soyining oxirgi chap irmog‘i. Hisor tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘ridan oqib tushadi. Uzunligi 18 km, havzasi 95 km2 . Qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Unda fevral oyining oxirida suvi ko‘paya boshlaydi, may iyunda eng ko‘p bo‘ladi, kuz va qishda kamayib ketadi. O‘rtacha yillik suv sarfi 1.8 2 m3 sek.

Ilonsoy - Boysun tumani hududida joylashgan, SHeroboddaryoning o‘ng irmog‘i. Boysuntog‘ning janubiy tarmog‘i Suvsiztog‘ning sharqiy yon bag‘rida 2000 metr balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 11 km. YUqori qismida shimoli sharqqa, quyi qismida sharqqa qarab oqadi. Sayrob qishlog‘i yonida SHeroboddaryoga quyiladi Ilonsoy havzasida yog‘in ko‘p yog‘adi, buloqlar ko‘p.

Umuman aytganda Surxondaryoning ko‘plab daryo va soylari suvi xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga sarflanadi.

To`polondaryo Qoratog`daryoga nisbatan sersuv. Uning o`rtacha yillik suv sarfi 52 m3/sekund bo`lsa, Qoradaryoniki 23 m3/sekundga teng. Surxondaryoga bu ikki daryo qo`shilgan yerdan to Amudaryogacha 60 ga yaqin soy va Sangardak, Xo`jaikon kabi irmoqlar qo`shiladi. Viloyatning yirik daryolaridan yana biri bu Sheroboddaryodir. U Ko`hitang va Cho`lbayir tog`larining yonbag`irlaridan, Hisor tog`larining janubi-g`arbiy tarmoqlaridan boshlanadi,u qor, yomg`ir, buloq suvlaridan to`yinadi. Yuqori Machay qishlog`igacha Machaydaryo deb ataladi. Undan o`tgandan so`ng Sheroboddaryo nomini oladi. Daryo Darbant qishlog`idan o`tgach, asta-sekin kengaya boradi va quyi oqimida g`oyat keng quruq delta hosil qilib tugaydi. Sheroboddaryo bu yerda ko`p tarmoqlarga bo`linib ketadi. Uning tarmoqlaridan biri bo`lgan Qorasuv bazan suv ko`payganda Amudaryogacha yetib keladi.

Sheroboddaryoning Machaydaryo bilan birga umumiy uzunligi 186 km, o`rtacha ko`p yillik suv sarfi tog`dan oqib chiqqach 7,5 m3/sek ga teng. Bobotog`ning Surxondaryoga qaragan yonbag`rida doimiy oqar suvlar yo`q. Viloyat daryolarining bahorgi toshqin suvlarini to`plab qolish maqsadida Surxondaryoda Janubiy Surxon (suv sig`imi 800 mln m3), Uchqizil (1960 yil suv sig`imi 165 mln m3) suv omborlari qurilgan.Suv tanqisligiga barham berish maqsadida Amu-Zang mashina kanali bunyod etilgan. U Uchqizil suv omboriga suv beradi. Janubiy Surxon suv omboridan Sheroboddaryoga 100 km li Sherobod mashina kanali chiqarilgan. Bu suv ombori Surxon-Sherobod cho`lida qariyb 130 ming ga qo`riq yerni sug`orib, 50 ming dan ortiq obikor yerning suv ta`minotini yaxshilaydi.



Viloyat gidgeologik jihatdan Sherobod-Surxondaryo artezian havzasiga kirib, yer osti suvlariga juda boy. Yer osti suvlarining ishlatish miqdori sekundiga 33,9 m3 ni tashkil etadi. Yer osti suvlari bo`r, paleogen, neogen va antropogen davrlar yotqiziqlari orasida joylashgan. Lekin katta yer osti suv zahiralari neogen jinslari orasida uchraydi, u 140-150 m chuqurlikdan chiqib, suvi minerallashgan va issiq. Xalq xo`jaligida faqat atropogen jinslari orasidagi uchraydigan kam minerallashgan, chuchuk va harorati past bo`lgan suvlardan foydalanish mumkin.Surxondaryo viloyatida oqar suvlar ko`p. Uning yer osti suvlari resurslari qo`shni O`rta Zarafshon va Qashqadaryo viloyatidan ancha ko`p. Surxondaryo va Sheroboddaryo okrugning eng yirik daryolaridir. Bu ikki daryo havzasining maydoni 8406 km2, umumiy suv resurslari 153 m3/sek, oqim moduli bir kvadrat kilometrda o`rtacha 18,2 m/sek ni tashkil etadi. Hisor tog`larining janubiy yonbag`irlaridan boshlanadigan sersuv To`polondaryo va Qoratog`daryoning qo`shilishidan Surxondaryo hosil bo`ladi va u Amudaryoga kelib quyiladi. O`sha ikki daryo qo`shilish yeridan Amudaryogacha Surxondaryoning uzunligi 169 km bo`lib, yillik suv sarfi 3,78 mlrd m3ga teng. Surxondaryo qor va yomg`ir suvlaridan to`yingani uchun suvining 58 % i mart-iyun oylarida, 25,7 % i iyul-sentyabr, 18,3 % i oktyabr-fevral oylarida oqib o`tadi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish