Jarqo‘rg‘onsoy - Oltinsoy tumani hududida joylashgan, Xo‘jaipokdaryosining chap irmog‘i CHo‘lbayir tog‘laridan boshlanib janubga qarab oqadi. Uzunligi 15 km, qor yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. YOz oylarda suvi kamayishi va sug‘orishga sarflanishi sababli quyi qismi qurib qoladi.
Zarcho‘psoy - Sariosiyo tumani hududida joylashgan, To‘polondaryoning chap irmog‘i. Hisor tog‘ tizmasining janubiy etaklaridan boshlanib, yuqori va o‘rta qismida janubga, quyi qismida g‘arbga qarab oqadi va Zarcho‘p qishlog‘i yaqinida To‘polondaryoga quyiladi. Uzunligi 12 km, bahor oylarida to‘lib oqadi, yoz oylarida suvi kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |