Tuproqshunoslik va geografiya


-jadval Surxondaryo havzasidagi daryolar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar



Download 1,43 Mb.
bet17/37
Sana02.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#312488
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
“surxondaryo viloyati ko’llari va daryolari geografiyasi”

1-jadval

Surxondaryo havzasidagi daryolar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar

(Shuls, Shalatova, 1961)


Daryolar

Suv yig’ilish maydoni, km2

Uzunligi, km

O’rtacha yilik suv sarfi, m3/sek

Yillik oqim iqdori, % da

O’rtacha ko’p yillik oqim, l/sek 1 km3 da

Mart-aprel

Iyul-sentabr

Oktabr-noyabr

To’palangdaryo

2200

112

52,2

61,1

28,5

10,4

23,6

Sangardak

889

98

15,2

68,0

19,2

12,8

17,0


Xo’jaipok

794

88

6,49

79,4

9,0

11,6

8,0


Sherobod

2950

171

7,53

62,3

17,4

20,3

2,50


Surxondaryo

13610

196

23,4

70,2

10,4

19,3

22,0


Dashnobod

311

64

6,12

68,6

16,0

15,3

19,7


Sharg’un

56

38

0,91

67,3

14,0

18,7

16,1



To‘palangdaryo Hisor tog‘ tizmasidagi 4688 m. balanddan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv o‘ng irmog‘i. Uzunligi 117 km. Suv yig‘ish maydoni 2200 km2. Eng yuqori oqimi Sariosiyo yoki Qorasuv, so‘ngra Tamshush deb ataladi. G‘ovasoy qo‘shilgandan so‘ng To‘polondaryo nomini oladi. Boshlanish joyidan Zarcho‘p qishlog‘iga qadar chuqur va tor, ba’zi joyida kanonsimon vodiydan oqadi. Vodiyning kengligi 20-30 metrdan 200 metrgacha. Zarcho‘p qishlog‘idan o‘tgandan so‘ng daryo vodiysi bir oz keng, yon bag‘irlari qiya. Tog‘lar orasidan chiqqach, qayirdan tashqari yana 3 ta ko‘hna qayir (terrasa) hosil bo‘lgan.

To‘polondaryoning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan - Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km); o‘ngdan - Shartut (25 km), Chosh (37 km); Balandsoy (18 km). To‘polondaryo asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan to‘yinadi. Havzasida umumiy maydoni 22,5 km2 ga yaqin muzlik va qorliklar mavjud. Qor chizig‘i o‘rtacha 3900 metr balandda. Eng ko‘p sutkalik suv sarfi (470 m3/sek.) 1941 yil yanvar oyida va eng kam suv sarfi (5,48 m3/sek.) 1946 yil dekabr oyida kuzatilgan. Yillik suv hajmining 51,8% mart - iyun, 37,4% iyul - sentyabr, 10,8% oktyabr - fevral oylarida oqib o‘tadi. Bir yilda o‘rtacha 850 ming tonna loyqa olib keladi. Daryo vodiysida yong‘oqzor, archazor, yaylovlar bor. To‘polondaryodan chiqarilgan Hazorbog‘ kanali Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarini suv bilan ta’minlaydi.

To‘palangdaryo Qoratog‘daryoga nisbatan ikki martadan ortiqroq sersuvdir, uning tog‘lardan chiqish yeridagi o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 52 m31sek. To‘palangdaryoga o‘zining Sharg‘un irmog‘i bilan Dashnabod (Obizarang) daryosi kelib quyiladi. Zarcho‘p qishlog‘igacha, ya’ni tog‘lardan chiqish joyiga qadar To‘palangdaryo ayrim joylarda tagidan oqadi. Shatrut irmog‘ining quyilish yeriga qadar vodiyning eni 100-120 m, undan quyida esa 60-80 m; faqat irmoqlar kelib quyilish joylarida vodiy 200 m gacha kengaygan. Vodiyning yon bag‘irlari tik, baland. Daryo o‘zani ancha turg‘un, u kamdan kam joylardagina tarmoqlashgan; faqat tog‘ etaklariga yaqin kelgandagina u ikki-uchta tarmoqqa ajralib, uzunligi 300 m, eni 50 m keladigan orolcha hosil qilgan.

Hisor tizmasi etaklaridan boshlab To‘palangdaryo kengligi 2-5 km bo‘lgan vodiyda oqadi, biroq Xonim qishlog‘idan o‘tgandan so‘ng vodiy yana torayadi. Tog‘ etaklaridan boshlab daryoda qayir paydo bo‘ladi; qayirning eni dastlab 50-400 m orasida bo‘lsa, daryo tekislikka chiqqandan so‘ng deyarli 2 km ga yetadi, biroq daryo etagiga kelganda yana 100-200 m ga tushib qoladi. Tog‘lardan chiqqandan so‘ng, ayniqsa daryoning quyilish qismida daryo o‘zani bir necha tarmoqlarga ajralib ketadi, u o‘z qiyofasini o‘zgartirib “daydib” yuradi.

To‘palangdaryo suv yig‘ilish maydonining o‘rtacha balandlign 2546 m; 4000 m dan baland joylar unda atigi 3,1% ni, 3500 metrdan baland joylar esa 15,4% ni tashkil etadi. Suv yig‘ilish maydoni uncha baland bo‘lmaganligidan To‘palangdaryoning suvi asosan mavsumiy qorlarning erishidan hosil bo‘ladi, uning to‘yinishida abadiy qor va ayniqsa muzliklar juda kam ishtirok etadi. Shunday qilib, To‘palangdaryo qor-muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar qatoriga kiradi va shu tipdagi daryolar uchun xos bo‘lgan rejimga ega: daryoda suv fevral oxirlarida ko‘paya boshlab, to iyunning oxirlariga qadar ko‘paya boradi; may-iyun oylarida suv eng ko‘p oqadi, iyun oyidan boshlab esa suv kamaya boshlaydi; sentyabrning ikkinchi-uchinchi o‘n kunliklariga borganda to‘lin suv davri tamom bo‘ladi, biroq suvning asta-sekin kamayib borishi yanvar oyining oxirlariga qadar davom etadi.

To‘palangdaryo Surxondaryo havzasidagi eng sersuv daryodir. uning yillik oqimi Surxondaryo havzasining tog‘li qismida hosil bo‘ladigan oqimning taxminan 44 foizini tashkil etadi. Tog‘lardan chiqish joyida (Zarcho‘p qishlog‘i yonida) To‘palangdaryoning o‘rtacha oqim moduli 23,6 l/sek. km2 ga teng, uning o‘rtacha yillik suv sarfi 33,4 m3/sek dan (1957 yil) 71,1 m3/sek gacha (1934 yil) o‘zgarib turadi. Eng katta maksimal suv sarfi 470 m3/sek ni (yanvar 1941 yil), eng kichik o‘rtacha oylik suv sarfi 5,71 m3/sek ni (yanvar 1947 yil), eng minimal suv sarfi esa 5,48 m3/sek ni (1946 yil) tashkil etgan.



To‘palangdaryoning suvi ancha loyqa, uning o‘rtacha loyqaligi Zarcho‘p qishlog‘i yonida 0,305 kg/m3 ga teng, oqiziqlar miqdori esa 15,6 kg/sek yoki yiliga 491 ming tonna. Demak, bu daryoning har 1 km2 suv yig‘ilish maydoni yuzasidan o‘rtacha hisobda har yili 224 tonna oqiziq yuvib ketiladi.

Obizarang (Dashnobodsoy) - Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, To‘polon daryosining chap irmog‘i. Uzunligi 58 km, suv to‘plash maydoni 330 km2. 60 ga yaqin irmog‘i bor. Hisor tizmasining janubiy tarmog‘i — Qoldirg‘a tog‘larining janubiy yon bag‘irlaridagi buloqlardan boshlanadi. Obizarangdaryo mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Obizarangdaryoda 1928 yildan gidrologik kuzatishlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘rtacha yillik suv sarfi 3,5 m3/sek. Obizarangdaryo oqimining 80—85% mart—iyun oylariga to‘g‘ri keladi, aprel—may oylarida o‘rtacha oylik suv sarfi 25 m3/sek. gacha etadi. Obizarangdaryoda tez-tez sel toshqinlari ham kuzatilib, suv sarfi 100 m3/sek. ortadi. Yozning oxiri va kuzda quyi oqimida o‘zani quruq bo‘ladi. Obizarangdaryo suvi, asosan, sug‘orishga sarflanadi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish