Tamshushdaryo - Surxondaryo viloyatidagi daryo. Xisor tizmasining janubidan boshlanadi. Uzunligi 38 km, havzasining maydoni 380 km2. Daryoga 22 ta soy quyiladi. Tamshushdaryo o‘zanining kengligi 60 metr, qirg‘oklari tik va baland. O‘rtacha yillik suv sarfi 6 m/sek. To‘polondaryoga quyiladi. Qor yomg‘irdan to‘yinadi. Bahorda suvi ko‘payadi, tez-tez sel keladi. Vodiysida o‘tloqlar bor, yovvoyi tok, tol, olcha, bodom, do‘lana o‘sadi. Tamshushdaryo Tamshush, SHartut qishloqlari va chorva yaylovlarini suv bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |