Uchqizil suv ombori- Surxondaryo viloyati Termiz shahridan shimol tomonda, 20 km uzoqlikda, Uchqizil yo’li yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan o‘ralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957 yilda foydalanishga to‘liq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali hajmi 80 mln. m3. Zang kanali va uning Janubi Zang suv keltirish kanali orqali Surxondaryo suvi bilan to‘ldiriladi.
1-rasm Uchqizil suv ombori
Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan ko‘tarilgan janubiy va g‘arbiy dambalar; minora ko‘rinishidagi suv chiqargich va bosh rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi jaubiy dambaning balandligi 11,5 m, tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining yuqori qismiga armobeton plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi g‘arbiy dambaning balandligi 5,2 m. Suv chiqargichdan 70 m masofada ochiq suv bo‘lgich – bosh rostlagich qurilgan bo‘lib, u suvni sharqiy va g‘arbiy taq-simlash kanallariga bo‘lib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |